Ekstraksion usullarning umumiy tavsiflari




Download 91.55 Kb.
bet4/10
Sana27.04.2023
Hajmi91.55 Kb.
#54216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekstraksiya tayanch iboralar

7.3. Ekstraksion usullarning umumiy tavsiflari
Tarkibida aniqlanadigan modda bo‘lgan suyuqlik bilan boshqa biror o‘zida kam eriydigan erituvchi bilan aralashsa, aniqlanadigan modda shu suyuqliklar orasida qayta taqsimlanadi. Hozirgi analitik kimyoda keng (tarqalgan) qo‘llaniladigan ekstarksiya usuli suyuqliklarni shu xossasiga asoslangan. Suyuqliklar o‘zaro kam aralashgani uchun ikki faza o‘rtasida muvozanat o‘rnatiladi. Bu muvozanatda fazalarda taqsimlangan moddalar konsentratsiyalari nisbati doimiy bo‘ladi. Moddani suv qavatidan erituvchi qavatiga o‘tkazilganda qavatlar miqdoriga ko‘ra konsentrlash amalga oshishi mumkin. Odatda suv qavatiga ko‘ra organik erituvchi qavati ancha kichik bo‘ladi. Bu usulda mutloq (absolyut) konsentrlashdan tashqari nisbiy konsentrlash ham amalga oshadi. Nisbiy konsentlashda mikro tarkibiy qism makro tarkibiy qismga ko‘ra ko‘proq organik qavatga o‘tadi, natijada makrotarkibiy qismini aniqlashning o‘ziga xosligi ortadi.
Ekstraksiya usulida moddalarni ajratish to‘laroq va samaraliroq bo‘ladi. Agar cho‘ktirish usuli bilan ekstraksiya taqqoslanadigan bo‘lsa, ekstraksiyada ikki faza orasidagi yuza cho‘ktirish dagiga ko‘ra ancha kichik bo‘lishini ko‘ramiz. Yuzaning katta bo‘lganligi tufayli cho‘ktirishda birgalashib cho‘kish (adsorbsiya) kuzatiladi. Ekstraksiya usulida ham birgalashib cho‘ktirishdagi singari birga ekstraksiyalanish kuzatilishi mumkin. Bunda organik fazaga ekstraksiya tufayli o‘tayotgan modda bilan shu fazada erimaydigan modda birga bo‘lganida o‘tishi mumkin. Biroq ekstraksion sistemalar to‘g‘ri tanlansa bunday hodisalar kam uchraydi.
Ekstraksiya usuli universal, sodda va tezkor usuldir. Ekstraksiya usuli yordamida istalgan ionni ajratish uchun sharoit tanlash va tanlangan reaktiv yordamida ajratish mumkin. Ajratish uchun murakkab asboblar – qurilmalar talab etilmaydi, atigi slindr ajratish varonkasi bo‘lsa kifoya. Ajratish tez (3-5 min) sodir bo‘ladi. Ekstraksiya tufayli ajratilgan moddani quydagi usullardan biri yordamida aniqlash mumkin.

Download 91.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 91.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekstraksion usullarning umumiy tavsiflari

Download 91.55 Kb.