Ekstraksiya jarayoning qonuniyatlari




Download 91.55 Kb.
bet6/10
Sana27.04.2023
Hajmi91.55 Kb.
#54216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekstraksiya tayanch iboralar

7.5. Ekstraksiya jarayoning qonuniyatlari
Ekstraksiya vaqtida, odatda, moddaning hammasi organik fazaga o‘tmasdan, uning biroz qismi suv qavatida qoladi. Moddaning organik fazaga o‘tgan qismi bilan suv fazasidagi muvozanat konsentratsiyalari nisbati taqsimlanish konstantasi deb yurutiladi.
yoki
Bu tenglamalar eritmaning ion kuchi nolga teng bo‘lganda va modda har ikkala fazada ham bir xil shaklda bo‘lganda o‘rinli bo‘ladi. Bu vaqtda moddalar aktivligi konsentratsiyaga, aktivlik koeffisienti esa birga teng bo‘ladi. Suv muhitida biror aralshma bo‘lsa, tenglamada konsentratsiya o‘rniga aktivlik qo‘yiladi. Haqiqatda har ikkala fazada ham moddaning bir xil ko‘rinishining bo‘lishi kamdan kam uchraydi. Olingan HgCl2 misolni e’tiborga olsak, eritmada HgCl2 dan tashqari Hg2+, HgCl+, HgCl3-, HgCl42- ham bo‘ladi. Shuning uchun ham konstanta o‘rnida taqsimlanish koeffisienti qo‘llaniladi:

Taqsimlanish koeffisienti taqsimlanish konstantasidan faqr qilib, doimiy qiymatga teng emas. Agar eritmadagi Cl- ionining konsentratsiyasi o‘zgartirilsa, D ning ortishi yoki kamayishini osongina ko‘rsa bo‘ladi. Amalda ko‘pincha, ekstraksiya darajasi (ajratib olish omili) – R ishlatiladi.

Bu yerda QA,O – moddaning organik fazadagi miqdori
QA,S – moddaning umumiy miqdori
Bundan ekstarksiya darajasi R bilan taqsimlanish koeffisienti D orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatish mumkin.
va
Bu tenglamalar faqatgina har ikkala fazalar hajmi teng bo‘lganda haqlidir. Miqdoriy to‘liq ajratish R=9999,9 bo‘lganda kuzatiladi, deb qabul qilinadi. Ayrim hollarda R=90% va undan kam ham bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda ekstraksiya 2-3 marta takrorlanadi va shu tariqa to‘liq ajratishga erishiladi. Masalan, R=90% bo‘lsa, eritmada 10% modda qo‘ladi, qayta ekstarksiyalanganda R=90% bo‘lgani uchun yana 9% modda organik fazaga o‘tadi va hokazo. Shunday qilib 3 marta qayta ekstraksiyalanganda 99,9% modda ajratiladi. Ko‘p hollarda ekstarksiya jarayonini ifodalash uchun ekstraksiya konstantasidan foydalaniladi. Ekstraksiya konstantasi Keks – taqsimlanish reaksiyasining muvozanat konstantasidir. Misol tariqasida suvli eritmadagi Al3+ ionini eritmadan 8-oksixinolinning xloroformli eritmasi bilan ekstraksiyalashni ko‘rib chiqaylik:
Al3+(suv) + 3HOx (org) = AlOx(org)3 + 3H+(suv)
muvozanat o‘rnatiladi. Bu muvozanatga massalar ta’siri qonuniga tadbiq etilsa, ekstraksiya konstantantasi:

hosil bo‘ladi.
Ekstraksiyani n marta takrorlagandan keyin qoladigan moddaning millimollar soni quydagi formuladan topish mumkin.

Bu yerda a-V2 hajmli fazadagi A moddaning millimollar soni.
Ekstraksiya konstantasini bilgan holda ekstraksiya sharoitini, ekstraksiyaning eng maqbul muhitini (pH) va boshqalarni tanlash mumkin. Ajratib olish darajasi, taqsimlanish koeffisienti, ekstraksiya konstantasi, taqsimlanish konstantasi qiymatlari ajratib olinadigan birikma va organik erituvchining xossalariga uning turiga bog‘liq.


Download 91.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 91.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekstraksiya jarayoning qonuniyatlari

Download 91.55 Kb.