• Yechish .
  • -rasm. Ekstraksiya darajasining Hg




    Download 91.55 Kb.
    bet7/10
    Sana27.04.2023
    Hajmi91.55 Kb.
    #54216
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Ekstraksiya tayanch iboralar

    7.1-rasm. Ekstraksiya darajasining Hg2+, Bi3+, Pb2+, Zn2+, Cd2+ ditizonatlarining (mos ravishda) xloroformda ajralishining pH ga bog‘liqligi

    Odatda, ekstarksiya uchun suv bilan aralashmaydigan yoki kam aralashadigan erituvchilar tanlanadi. Ular ajratilgan moddalar bilan muayyan barqarorlikka ega bo‘lgan birikmalar – solvatlar hosil qiladi. Solvatlar hosil bo‘lishi ekstraksiya jarayonini yengillashtiradi va moddaning organik qavatga to‘laroq o‘tishini ta’minlaydi. Erituvchining zichligi amaliy ahamiyatga ega. Ekstraksiya uchun suvdan og‘ir erituvchilar qulayroq bo‘lib, ular suvning tagida bo‘ladi, ekstraksiyani takrorlaganda ham ular afzal, bundan tashqari ular bug‘lanmaydi. Bu zaharlanish va yong‘inning oldini oladi. Ekstraksiya faqat suvdan organik erituvchi qavatiga emas, balki organik erituvchi qavatidan suv qavatiga o‘tkazish uchun ham ishlatiladi. Masalan, karbon kislotalarni fenol va uning hosilalari aralshmasidan suv fazasiga o‘tkazib ajratish mumkin. Buning uchun natriy gidrokarbonatning suyultirilgan suvli eritmasidan foydalaniladi.


    1-misol. Yodning uglerod (IV) xlorid va suv orasidagi taqsimlanish konstantasi 85 ga teng. Dastlabki konsentratsiyasi 1·10-3 M bo‘lgan yodni har biri 45 ml bo‘lgan CCl4 bilan ikki marta qayta ekstraksiyalaganda, 100 ml suvda qoladigan yodning millimollar sonini toping.
    Yechish.
    a=100·1·10-3=0,100m/mol; x2=100/(45·85+100)2·0,1=6,49·10-5 m/mol.
    7.6. Ichki kompleks birikmalar ekstraksiyasini elementlar identifikatsiyasi
    va aniqlash usullari bilan bog‘lash

    Ichki kompleks birikmalar ekstraksiyasi umuman ekstratsiya kabi bu eng avval ajratish usulidir.
    Tanlab ta’sir etuvchanlikni oshirishning turli usullaridan foydalanib, xossalari bir-biriga juda yaqin bo‘lgan elementlarni ham ajratish mumkin. Ajratishni turli maqsadlar uchun amalga oshirish mumkin. 1) Elementni ketma – ket aniqlash va uni identifikatsiyalash, radioizotopini ajratish, elementlarni tozalash va boshqalar.
    Eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan analitik aniqlash usullarini amalga oshirish usuli bo‘yicha hamma qo‘llaniladigan usullari ikki gruppaga bo‘linadi.
    Bir tomondan ekstraktni bug‘latgandan so‘ng aniqlashni ho‘l yoki quruq parchalash bilan yoki reekstraksiyadan so‘ng amalga oshirish mumkin. Bu holda ekstraksion ajratish va aniqlash usullari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq emas, ya’ni ajratish usuli ekstraksion usul yoki boshka biror usul bilanmi baribir. Bunday usullar keng tarqalgan.
    Ikkinchidan ekstraksiyalangan elementni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekstraktda aniqlash mumkin. Buning uchun masalan, kompleksning nurni yutishidan yoki fluoressensiyasidan elementning radioaktivligidan va boshqa xossalaridan foydalaniladi.
    Bundan tashqari ekstraktni to‘g‘ridan-to‘g‘ri alangaga purkash (alangali fotometrik aniqlashda) bilan aniqlash mumkin, yoki ekstraktni polyarografiyalash mumkin va boshqalar.
    Bunday hollarda aniqlash usullari ekstraksiya bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Ya’ni alohida olingan usulning kombinatsiyalangani deb tasavvur etish mumkin.

    Download 91.55 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 91.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Ekstraksiya darajasining Hg

    Download 91.55 Kb.