Ekstraksion fotometrik usullar




Download 91.55 Kb.
bet8/10
Sana27.04.2023
Hajmi91.55 Kb.
#54216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ekstraksiya tayanch iboralar

7.7. Ekstraksion fotometrik usullar
Ichki kompleks birikmalardan foydalanishga asoslangan ekstraksion fotometrik usullar analitik kimyo amaliyotida jadal ishlab chiqilmoqda va o‘rganilmoqda. Bu usullar oddiy fotometrik usulga qaraganda sezgirligi katta. Ko‘pchilik hollarda sezgirlikni organik faza hajmini kamaytirish hisobiga oson amalga oshirish mumkin: organik va suvli fazalar hajmlari nisbatan 1:5 hatto 1:10 gacha etadi.
Sezgirlikni oshirishning ikkinchi imkoniyati kompleksning organik fazadagi dissotsilanishni kamaytirish hisobiga ortadi. Undan tashqari ekstraktni turli rangli moddalardan ajratish (suvli fazadagi) juda oson ajratiladi, masalan, reagentning ortiqcha miqdoridan va boshqalarni misol qilishimiz mumkin.
Ekstraksion fotometrik usulning tanlab ta’sir etuvchanligi yuqori hisoblanadi. SHuningdek, ekstraksion fotometrik usulni amalga oshirishning oddiyligi, usulni avtomatlashtirish mumkinligi, usulning universalligi. Ko‘plab elementlar uchun bu usulni ishlab chiqish mumkinligi uni qo‘llash imkoniyatini oshiradi.
Organik reagentlar va ularning helatlari, rangliligi, helatlarning asosiy turlari: neytral, kationli, anionli, bir turli, aralash, koordinatsion to‘yingan.
Analitik kimyoda ko‘pchilik hollarda polidentant xossalarini hosil qiluvchi ligandlar qo‘llaniladi. Organik reagentlarning anorganik birikmalar ionlari bilan hosil qiladigan birikmalari halqa (helat) xarakterga ega. Buning uchun organik reagent bidentant yoki polidentant xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bunday kompleks birikmalarning barqarorligi halqalar soni va halqa a’zolari soni bilan aniqlanadi. Bunday effektni helat effekti deyiladi. Besh va olti a’zoli halqalar tutgan kompleks birikmalar eng barqarorligi bilan ajralib turadi, ularda liganddagi valent burchaklar uning deformatsiyalanishi natijasida paydo bo‘ladigan kuchlanish eng kamdir.
Masalan Fe3+ ning oksalat kislota bilan kompleksi (5 a’zoli) qahrabo kislotasi bilan hosil qiladigan etti a’zoli kompleksiga qaraganda barqarordir.





Bitta kompleks hosil qilishga to‘g‘ri keladigan halqalar sonining ortishi ham kompleks birikmalarning barqarorligini oshiradi. Masalan: EDTA Ca2+ yoki Mg2+ bilan uchta besh a’zoli halqa hosil qiladi va barqaror.

Download 91.55 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 91.55 Kb.