• Ko’rsatuvchi olchash asboblari keltirilgan xatoliklarning ruhsat etilgan qiymati bo’yicha sakkizta aniqlik klassiga bo’linadi: Δ an.kl .€
  • O’lchash tizimlari
  • (E=>E)
  • Ishlatilish sharoitiga qarab elektr o’lchash asboblari




    Download 58.92 Kb.
    bet4/5
    Sana31.10.2023
    Hajmi58.92 Kb.
    #91778
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Davlat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy (davlat) etalon deb ataladi.
    Документ, NAMUNALASH TURLARI VA USULLARI., Самостоятельная работа ответ, 95 100 steam oqitishda talim nazariyasi va amaliyoti ozaro tasirining (2), Маҳкумга ариза, O\'qituvchi kitobi 8-sinf, Mavzu Natural sonlarni qo’shish va uning xossalari-fayllar.org, Akmal Babajanov, “Avesto”ning asosiy g\'oyasi mazmuni va mohiyati, 2023-10-09-05-14-43 1813807f9efcb8cbfe1fa90f500bfd3b, Fotima To\'xtayeva, Формирование представлений детей о форме предметов и геометрических, 30610401- Axborot vositalari mashinalari (2), 10-sinf test
    Ishlatilish sharoitiga qarab elektr o’lchash asboblari A,B,V va T guruhlarga ajratiladi. Masalan, A guruhdagi asboblar havoning nisbiy namligi 80% gacha yetadigan, harorati
    +10†+350C gacha bo’lgan quruq va isitiladigan yopiq xonalarda ishlatishga mo’ljallangan. T guruhga kiruvchi asboblar esa quruq va nam, eng issiq iqlim (tropik) sharoitida foydalanishga mo’ljallab tayyorlangan.
    Elektr o’lchash asboblari mexanik ta’sirlarga bardoshligiga qarab chidamli, mustahkam asboblarga bo’linadi. Mexanik ta’sirlar (silkinish, tebranish yoki zarbali silkinish)ning salbiy oqibatlarga bardosh berib, so’ngra (ularning ta’siridan keyin), maromida ishlash xususiyatini saqlab qolgan asboblar chidamli elektr o’lchash asboblari jumlasiga kiradi. Silkinish, tebranish sharoitida maromida ishlash imkoniyatini saqlagan asboblar silkinish yoki tebranishga mustahkam elektr o’lchash asboblari deb ataladi.
    Toklarning turiga qarab elektr o’lchash asboblari o’zgarmas va o’zgaruvchan hamda ikkala xil tok zanjirlarida ham ishlatiladigan (o’lchay oladigan) asboblarga bo’linadi.
    Ko’rsatuvchi olchash asboblari keltirilgan xatoliklarning ruhsat etilgan qiymati bo’yicha sakkizta aniqlik klassiga bo’linadi:
    Δan.kl.€{4;5.2;2;5.1;1;5.0;2.0;1.0;05.0;02.0}
    O’lchash qurilmalari – bir joyda joylashgan ham funksional, ham konstruktiv bog’langan o’lchash vositalarining (o’lchovlar, o’lchash o’zgartgichlari, o’lchash asboblar) va yordamchi vositalar yig’ilmasidan iborat bo’lib, o’lchash jarayonini ratsional tashkil etishda xizmat qiladi.
    O’lchash qurilmalariga, suyuqlik va gazlarni sarfini o’lchash uchun ishlatiladigan o’lchash komplekslari, elektr o’lchash asboblarini sinovdan o’tkazish va darajalash (graduirovkalash) qurilmalari misol bo’ladi.
    O’lchash tizimlari – bir – biri bilan maxsus aloqa kanallari orqali yig’ilgan va funksional bog’langan o’lchash vositalari (o’lchovlar, o’lchash o’zgartgichlari va o’lchash asboblari), yordamchi qurilmalar va hisoblash texnikasi vositalari majmuidan iborat bo’lib, o’lchash informatsiyasi signalini avtomatik tarzda qayta ishlash uchun qulay formada ishlab berish uchun mo’ljallangan.
    Davlat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy (davlat) etalon deb ataladi.
    O’lchash o’zgartkichi – deb, o’lchash informatsiyasi signalini ishlab berish, uzatish, keyinchalik o’zgartirish, ishlab berish va uni saqlashga mo’ljallangan, lekin kuzatuvchining ko’rishi (kuzatishi uchun moslanmagan o’lchash vositasiga aytiladi).

    Y=f(x), ba’zida o’lchash o’zgartkichining kirishiga bir qancha X1,X2,…Xn kattaliklar kiritiladi va u holda Y quyidagicha ifodalanadi Y=f(X1,X2,…Xn). Odatda, o’lchash zanjirida birinchi bo’lgan, yani o’lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o’lchash o’lchash o’zgartkichiga birlamchi o’lchash o’zgartkichi deyiladi. Undan keyingi joylashgan o’lchash o’lchash o’zgartkichlariga esa oraliq o’zgartkichlar nomi beriladi. O’lchash o’zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va parametrik o’lchash o’zgartkichlari kiradi. Birlamcha o’lchash o’zgartkichlari, ko’pincha datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o’lchanayotgan kattalik ta’siridagi qismi sezuvchan element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda – termojuftlik, monometrik termometrda, termoballon ana shunday elementlardir. Bazida datchik bitta yoki bir nechta o’lchash o’zgartkichlarining konstruktiv yig’ilmasidan iborat bo’ladi. O’lchanadigan kattalikning xarakteriga qarab, o’lchash o’zgartgichlari quyidagi turlarga bo’linadi:

    1. Elektr kattaliklarni yana elektr kattaliklarga o’zgartiruvchi o’zgartgichlar (E=>E).

    2. Noelektrik kattaliklarni elektr kattaliklarga o’zgartiruvchi o’zgartgichlar (NE=>E).

    1- turdagi o’zgartgichlarga masshtabli (shunt qarshiligi, qo’shimcha rezistorlar, kuchlanish bo’lgichlari, o’lchash tok va kuchlanish transformatorlari, kuchaytirgichlar va h.k) o’zgartkichlar, hamda to’g’irlagichli o’zgartgichlar (yarim o’tkazgichli elementlardan ishlangan
    (diodli) o’zgartkichlar) kiradi.
    2 – turdagi o’lchash o’zgartgichlariga noelektrik (elektrmas) kattaliklarni (masalan, mexanik, issiqlik,kimyoviy, optik va boshqa turdagi) elektr kattaliklariga (tok, E.Yu.K., qarshilik kabi) o’zgartiruvchi o’zgartkichlar datchiklar deb yuritiladi va o’lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo’ladi. Masalan, bosim datchigi, moment datchigi, siljish datchigi, sath datchigi, issiqlik datchigi va h.k. Ta’kidlab o’tilgan parametrik o’lchash o’zgartkichlarida kirishdagi signal (mexanik siljish, bosim, o’g’irlik kabi) bo’lib, chiqishdagi esa faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig’imi, elektr yurituvchi kuch va boshqalar) bo’ladi.

    Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini (yoki miqdorini) bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog, raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqaml i Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).


    Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblashechish va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
    Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
    Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar (mas, tarozi) oʻlchov vositalari deb ataladi.
    Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda.



    Download 58.92 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 58.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlatilish sharoitiga qarab elektr o’lchash asboblari

    Download 58.92 Kb.