|
Rasm. Namangan viloyati pop tumanida 48ta xo‘jalik uchun mo‘ljallangan FES
|
bet | 26/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20214.3.5. Rasm. Namangan viloyati pop tumanida 48ta xo‘jalik uchun mo‘ljallangan FES.
Noan’anaviy energetikaning boshqa turlari
Er yuzasi quyosh singari issiqlik energiyasini nurlantiradi. Bu energiya geotermal energiya deb atalib, u odamlarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashi mumkin. Uni ishlab chiqarish atrof-muhitni ifloslantirmaydi, ya’ni ekologik toza hisoblanadi.
Geotermal energiya erda yonuvchi gazlar va kosmik changlar aralashish jarayoni natijasida 4 milliard yil avval paydo bo‘lgan. Er yadrosining 6,5 ming kilometr atrofidagi chuqurligida temperatura 5000 gradusgacha ko‘tarilishi mumkin.
Qadimda odamlar er ostidan otilib chiqqan qaynoq va issiq suv manbalaridan davolash maqsadida foydalanganlar. Vaqt o‘tishi bilan bu shifobaxsh suvlardan boshqa maqsadda ham foydalana boshlagan. Qadimgi rimliklar Pompey shahrida geotermal suv yordamida o‘z binolarini isitish tizimini yaratgan. Amerikalik hindular esa deyarli 10000 yil avval issiq suv manbalaridan ovqat pishirish uchun foydalanganlar.
Er ostidagi issiq suv, issiq havo yoki bug‘ energiyalaridan, hozirgi texnologiyalar bilan elektr energiyasi ishlab chiqarish va xonani isitish uchun foydalanish mumkin.
Bioenergetika – bu bioyoqilg’idan foydalanishga asoslangan energetika. U o’simlik chiqindilari, biomassani sun`iy etishtirish (suv o’simliklari, tez o’sadigan daraxtlar) va biogazni olishni o’z ichiga oladi. Biogaz – biomassa yoki organik maishiy chiqindilarning biologik ‘archalanishi jarayonida hosil bo’ladigan yonuvchi gazlarning aralashmasi (texnik tarkibi: - 55-65% metan, 35-45% - karbonot akngidrid gazi, azot, vodorod va oltingugurt vodorod aralashmasi). Biogazni sanoatda olish yo’li, o’tgan asrdan oldingi 1885 yilda ma`lum bo’lgan. Dunyoda 8 mln.dan ortiq biogaz oluvchi qurilmalar mavjud.
Biomassa – tiklanuvchan energiyani yig’adigan eng arzon va yirik masshtabli shakli. “Biomassa” atamasi ostida, har qanday kelib chiqishi biologik bo’lgan, hayot faoliyatining ozuqasi va organik chiqindilar ko’zda tutiladi. Biomassa, erda hayot bo’lar ekan doim mavjud Erda organik moddaning yillik ortishi, zamonaviy bosqichda barcha insoniyatning bir yilda iste`mol etadigan energiyasidan 10 marta ortiq bo’lgan energiya miqdoriga ekvivalentdir.
Bizning Res’ublika uchun xarakterga ega bo’lgan biomassalar manbalarini uchta asosiy guruhga bo’lish mumkin:
tabiiy o’sish ozuqalar (o’tin, o’tin chiqindilari,barglar va h.k);
insonlarning hayot faoliyati davomidagi chiqindilari va ishlab chiqarish faoliyatini hisobga olgan holda (qattiq maishiy chiqindilar, sanoat ishlab chiqarishi chiqindilari va h.k);
maxsus etishtiriladigan yuqori hosilli o’simliklar.
|
| |