Rasm. Quyosh batareyalarining uy tomiga joylashtirilishi




Download 3,27 Mb.
bet25/71
Sana18.01.2024
Hajmi3,27 Mb.
#140050
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni-2021

4.3.4. Rasm. Quyosh batareyalarining uy tomiga joylashtirilishi.
Tahlillarning ko‘rsatishicha, hozir noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanishda AQSH, Germaniya, Italiya, Ispaniya, YAponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Braziliya kabi davlatlar etakchilik qilmoqda. Keyingi yillarda esa mazkur jabha Osiyo mintaqasida ham jadal taraqqiy etib, undan ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda foydalanish ko‘lami tobora kengayib borayotgani e’tiborga loyiqdir. Bu borada, xususan, O‘zbekistonda salmoqli tajriba to‘plangan bo‘lib, ilmiy va eksperimental tadqiqotlar olib borilayotgani holda, shu asosda tayyorlangan ishlanmalar hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Qaytalanuvchan energiya manbalarining asosiy afzalligi tugallanmasligi va ekologik tozaligi. Ulardan foydalanish planetaning energetik muvozanatini o‘zgartirmaydi. Bu sifatlari tiklanuvchan energetikaning chet ellarda ham va ularning yaqin o‘n yillik ichida rivojlanishining optimistik prognozlarining keng rivojlanishiga hizmat qiladi. Tiklanuvchan energiya manbalri insoniyat oldida turgan uchta global muammolarni echishda sezilarli rol o‘ynaydi: energetikada, ekologiyada, savdo-sotiqda.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan, Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘q ilmiy-eksperimental markaz — Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir. Negaki, ushbu jamoa tadqiqotlarining samaralari jahon miqyosida allaqachon e’tirof etilgan. Bu erda issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun past quvvatli qurilmalarni yaratish, elektr energiyasi olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‘zgartkichlar, maxsus materiallar sintezi texnologiyalari, materiallar va konstruksiyalarga termik ishlov berishda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Uning natijalari esa mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlarida qo‘llanilmoqda. SHundan kelib chiqib, O‘zbekiston quyosh energiyasi sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni Markaziy Osiyoda tajriba tariqasida joriy etishda amaliy makon sifatida xizmat qiladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Evropa fotoelektrik sanoati assotsiatsiyasi (EPIA) ma’lumotiga qaraganda, butun dunyoda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish sur’ati muttasil o‘sib bormoqda. Aytaylik, 2012 yilda jahon bo‘yicha umumiy quvvati 100 GVtga teng bo‘lgan fotoelektrik panellar o‘rnatilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan o‘n oyi ichida 30 GVtli shunday qurilmalardan ham foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Pirovardida birgina Germaniyada fotoelektrik stansiyadan olingan elektr energiyasining narxini 0.07 AQSH dollarigacha kamaytirishga erishildi.
Mamlakatimizda esa, ta’bir joiz bo‘lsa, Prezidentimizning 2013 yil 1 martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni noan’anaviy energiya resurslari, jumladan, quyosh energiyasidan foydalanish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi. CHunki ushbu hujjatga ko‘ra, to‘plangan tajribani hisobga olgan holda, quyosh va biogaz energiyasidan foydalanish sohasidagi eksperimental va amaliy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish, bunda muqobil manbalardan energiya hosil qilish bo‘yicha tajriba loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘zimizda tegishli uskunalarni, butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish, ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. SHuningdek, fotoelektrik panellar tayyorlash bo‘yicha loyihalar imtiyozli kreditlar bilan moliyalashtirilishi, quyosh hamda biogaz energiyasini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berilishi belgilab qo‘yilgan.
Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutining tashkil qilingani esa sohada olib borilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Nega deganda, quyosh energiyasidan sanoat ko‘lamida foydalanish uchun yuqori texnologik ishlanmalarni amalga oshirish, quyosh energiyasi potensialini ilg‘or va samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va ijtimoiy sohada qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash, shu jumladan, maxsus materiallarni sintez qilish va ularga termik ishlov berish texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, quyosh energetikasi sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish ushbu ilmiy dargohning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, mazkur institut fan va sanoat tarmoqlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini ham o‘taydi. Boshqacha aytganda, Xalqaro quyosh energiyasi instituti olimlarimiz tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalarni, shuningdek, chet elning ilg‘or ishlanmalarini texnologiyalar transferi orqali arzonlashtirgan holda bozorbop sanoat namunasi darajasiga olib chiqib, uning to‘liq konstruksiyaviy texnologik hujjatlarini tayyorlashda faollik ko‘rsatadi. SHu ma’noda, u “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va iqtisodiyotimizning boshqa sohalari uchun texnologik maydon bo‘lib xizmat qiladiki, bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Osiyo qit’asining boshqa mamlakatlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lishi, shubhasiz.
Mutaxassislarga ayonki, quyosh elektr stansiyalari va suv isitish geliokollektorlarini barpo etishda kremniy, germaniy, galliy arsenidi, kadmiy-tellur, galliy fosfidi kabi yarimo‘tkazgich materiallaridan foydalaniladi. Bugungi kunda esa kremniy asosida yaratilgan qurilmalar keng qo‘llanilayotgan bo‘lib, ulardan 25-30 yil, hatto 35-40 yil davomida foydalanish mumkin.
Ana shu noyob sanoat xom ashyosi yurtimiz zaminida bisyor ekanligi, keyingi yillarda u sanoat usulida ishlab chiqarilayotganiga, ochig‘i, bugun barchaning havasi kelmoqda. Misol uchun, 2012 yilda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida ishga tushirilgan “Uz-Kor Silikon” O‘zbekiston — Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi yiliga 12 ming tonna texnik kremniy ishlab chiqarish quvvatiga ega. “Angren” maxsus industrial zonasida bunyod etilayotgan yana bir korxona ishga tushirilgach esa, bu erda yiliga 5 ming tonna shunday qimmatbaho xom ashyoni tayyorlash o‘zlashtiriladi.
SHu bilan birga, mamlakatimizda sohaga ixtisoslashtirilgan “Eko-Energiya”, “Mir Solar”, “Intellekt Dialog”, “CHigatay invest”, “Solar Energy Products”, “Solar Plus”, “Hi-Tech Solar”, “Nova Engineering” kabi o‘nlab korxonalar faoliyat yuritayapti. Ularda elektr quvvati olish uchun kichik quyosh stansiyalari, issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun past potensialli qurilmalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xususan, quritish uskunalari tayyorlanib, yurtimiz aholisiga etkazib berilayapti.
Forum ishtirokchilari yuqorida nomlari tilga olingan korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yuqori ekanligini, xususan, mintaqa iqlimiga moslashtirilganini alohida e’tirof etdilar. Simpoziumlar saroyida O‘zbekistonda va xorijiy mamlakatlarda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha yaratilgan zamonaviy texnolok uskunalar va qurilmalar, ularni amaliyotga tatbiq etish borasida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, fotoelektrik stansiyalardan dastlabki bosqichda yurtimizning tog‘li va chekka qishloqlari aholisi foydalangan bo‘lsa, keyingi bosqichda u ijtimoiy soha ob’ektlari — qishloq vrachlik punktlari, ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylarida tatbiq qilindi. So‘ngra paxta tozalash zavodlari va punktlari, shuningdek, sanoatning boshqa tarmoqlarida ham foydalanila boshlandi. Bugungi kunga kelib esa, muqobil energiya poytaxtimizdagi korxonalarda ham keng qo‘llanilmoqda. OAT “Aloqabank” binosi va uning hududini yoritish maqsadida fotoelektrik stansiyasi va svetodiod chiroqlari o‘rnatilgani, “Unitel” MCHJ o‘zining reklama shchitlarini yoritishda shunday stansiyalardan foydalanish ustida ish olib borayotgani bunga misol bo‘la oladi.
Sohada bunday muvaffaqiyatlarga erishishda ko‘plab oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida malakali kadrlar tayyorlanayotgani, ilmiy ishlanmalar mualliflari moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilayotgani ham muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda, albatta. Jumladan, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi institutlari va boshqa oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar kollejlari bilan mustahkam hamkorlik o‘rnatilgani ilmiy izlanishlarni sanoat muammolari echimiga yo‘naltirish, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlikda olib borish imkonini bermoqda. Bularning barchasi mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan elektr energetikasi sohasini rivojlantirishga eng muhim ustuvor vazifalardan biri sifatida alohida e’tibor qaratilib, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar va uskunalarni joriy etish hisobiga energetika quvvatlarini oshirish, uning muqobil manbalaridan chuqurroq foydalanishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan oqilona islohotlarning amaliy natijasidir.
Konferensiya ishtirokchilari Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Materialshunoslik instituti faoliyati, Katta Quyosh pechi, Samarqand viloyatidagi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasi loyihasi va joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilgan zamonaviy turarjoylar bilan tanishib, bunga yana bir karra ishonch hosil qildilar.
Furur bilan ta’kidlash joizki, Samarqand quyosh fotoelektrik stansiyasi Markaziy Osiyoda bunyod etilayotgan birinchi yirik muqobil energiya inshootidir. Soha mutaxassislarining uzoq izlanishlari natijasida quyosh nuri tik tushadigan, geografik jihatdan juda qulay joy tanlandi. YA’ni Pastdarg‘om tumanidagi “Torariq” QFY hududidan 400 gektar er maydoni ajratilib, qurilish ishlari boshlab yuborildi.
O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot bankining o‘zaro manfaatli bu qo‘shma loyihasi mazkur moliya institutining imtiyozli krediti va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Uning texnik-iqtisodiy asoslari “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi buyurtmasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqilmoqda.
Jami 479 mingta quyosh paneli o‘rnatiladigan ushbu noyob stansiya ishga tushirilgach, katta hajmda sof quyosh elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati vujudga keladi. Pirovardida yiliga o‘rtacha 40 million kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga chiqadigan bug‘ gazlari 200 ming tonnaga kamaytiriladi.
YUrtimizda bunday ulkan stansiyalarni barpo etish ko‘lami bundan keyin ham tobora kengayib boraveradi. Sababi, dastlabki tahlillar Karmana, Fuzor, SHerobod, Pop va Parkent tumanlarida ham ana shunday inshootlarni ishga tushirish uchun tabiiy imkoniyat mavjudligini ko‘rsatmoqda. SHunga muvofiq, ushbu hududlarda maxsus tadqiqot va o‘lchash ishlari jadal davom ettirilayotgani O‘zbekiston quyosh energiyasi sohasida yanada zalvorli yutuqlarni qo‘l kiritishidan dalolatdir.
Mamlakatimizning geografik joylashuvi quyosh energiyasining katta potensiali mavjudligini ta’minlaydi . Kuzatishlar respublikaning turli mintaqalarida quyosh nuri bilan yoritish 2413-3095 soatni , radiatsiya balalansi esa 1718-2722 MJ/kv.m ni tashkil etishini ko‘rsatadi . Quyosh energiyasining yalpi potensiali shu davrgacha tadqiq etilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari yalpi potensialining 99.97 % ni tashkil etadi. Quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha mamlakatimizda etarlicha tajriba mavjud.
SHuning uchun dunyoda energiya tanqisligini yuzaga keltirmaslik maqsadida energiyaning boshqa manbalari – yadro energiyasi, geotermal, bug‘, shamol, kuyosh energiyasidan amaliy mAqsadlar uchun foydalanishda zamonaviy muqobil energiya manbalaridan va fotoelektrik stansiyalarini Osiyo g‘ilishida I.Karimov nutq so‘zladi. Natijada O‘zbekistonda Kuyosh energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi muqobil energiya manbalarini yaratish, ilg‘or texnologik g‘oyalarni amalga joriy etish va Kuyosh panellarini (Kuyosh termobatareyalarini) o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion loyixalarni amalda qo‘llash zarur ekanligi ta’kidlandi.
Bu yuqoridagi muxim, dolzarb masalalardan biri tavsiya kilinayotgan yangi texnologik usul bilan 000”All Solar” firmasi tomonidan FES ishlab chiqarilayotgan 2012-yilda Farg‘ona vodiysining 4 ta paxta qabul qilish punktlarida FES –fotoelektr stansiyalarni har biri 1,5 kVt ostida ishga tushirildi. Elektr energiya bilan odamlarning uylarini ta’minlashda firma tomonidan yil davomida 200kVt FES lar[1] ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda, demak FES larni maqsadga ko‘ra, ularni quvvatini oshirish mumkin, ushbudan kelib chiqib, Quyosh energiyasidan elektr energiya oluvchi FES uskunalari yordamida odamlar yashaydigan uylar, xonadonlar uchun elektr energiya bilan ta’minlash, bu muqobil energiya manbalaridan foydalanishning naqadar insoniyat uchun yuqori samara berishi dolzarb muammolarning echimidir.
Quyidagi rasmlarda xonadon sohiblarini elektr energiya bilan ta’minlovchi FES 000”All Solar” firmaning qurilmalaridan umumiy ko‘rinishlar keltirildi.



Download 3,27 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Download 3,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm. Quyosh batareyalarining uy tomiga joylashtirilishi

Download 3,27 Mb.