|
«elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»
|
bet | 21/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021Shamol elektr stansiyasi (SHES) — shamol oqimining kinetik energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi kurilma. Shamol dvigateli, elektr toki generatori, generator va dvigatelning ishini boshkaruvchi avtomatik qurilma xamda ular oʻrnatiladigan inshootlardan iborat. Shamol elektr stansiyasis.dan, koʻpincha, shamol oqimining oʻrtacha yillik tezligi yuqori (5 m/sek dan katta) boʻlgan va markazlashtirilgan elektr taʼminot tarmoqlaridan uzoqda joylashgan hududlarda (mas, Oʻrta Osiyoda — dasht, chul va chala chullarda) elektr energiyasi manbai sifatida foydalaniladi. Shamol elektr stansiyasie.da 8 kVt dan 1,2 mVt gacha quvvatli elektr energiyasi hosil qilish mumkin.
SHamol energiyasidan foydalanish xozirgi kunda jaxon energetikasining keskin o‘suvchi tarmog‘idir. Masalan: 2000-yilda jaxonda shamol energetik qurilmalarining umumiy quvvati 17,8 pvt bo‘lgan bo‘lsa 2002-yilga kelib esa 31,1 GVTga etdi.
Bundan 10 –yillar avval shamol elektr qurilmasi quvvati 300-500 KVT bo‘lgan bo‘lsa, 2000-2002-yillarga kelib shamol elektr qurilmasi quvvati 1-2 MVTli bo‘ldi. Bu esa elektr energiyani tannarxini pasayishiga olib keldi, xozirda elektr energiya tannarxi 1000 dollor/KVt. Qatta shamol elektr qurilmalari normal ish rejimida ishlaganda, uni ishlab chiqargan elektr energiyasi tannarxi yoqilg‘i ishlatiladigan elektr stansiyalarining enerpgiyasi qiymatiga yaqinlashadi.O‘zbekistonning ko‘p qismida xususan tekisliklarida kuchli shamol esadi. Aniqlangan ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston cho‘llarida esadigan shamoldan xar m2 maydon xisobiga 240 KVt elektr quvvati olish mumkin. Kuchli esadigan Bekobod, Afg‘on shamollari yo‘nalishida bu ko‘rsatgich bundan xam yuqori. Quyosh energiyasidan issiqlik olish yoki issiq suv bilan ta’minlashda ishlatish nisbatan qulayroq va soddaroq. Quyosh suv isitish qurilmalarining asosiy elementi bo‘lib, yassi quyosh kollektori xisoblanib, u quyosh radiyayiyasini qabul qilib, uni foydali issiqlikka aylantirib beradi. SHuning uchun. Quyosh suv isitish qurilmalarini masshtabi, o‘rnatilgan quyosh kollektorlari yuzasi bilan o‘lchanadi. Hozirgi kunda Dune bo‘yicha o‘rnatilgan quyosh kollektorlari umumiy 50-6- mln. m2 ni tashkil qiladi, bu esa yiliga 5-7 mln. tonna shartli yoqilg‘i ekvivalentligiga teng issiqlik energiyasi deganidir.
|
| |