• KES – kondensatsion issiqlik elektr stantsiyalari
  • AES – atom elektr stantsiya




    Download 3,27 Mb.
    bet17/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    AES – atom elektr stantsiya – yadro yoqilg’isining atom energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
    OES – oqim elektr stantsiyasi – okean suvi quyilishi (priliv) va ortga qaytishi (otliv) energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
    SHES – shamol elektr stantsiyasi – shamol energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
    QES – quyosh elektr stantsiyasi – quyosh nuri energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
    KES – kondensatsion issiqlik elektr stantsiyalari, faqat elektr energiya ishlab chiqaradi.
    IES lar organik yoqilg’ida (gaz, mazut, ko’mir) va ham yadro yoqilg’ida ishlashi mumkin.
    IESlarning asosiy qurilmalari (3.1- rasm) qozon bug’ generatoridan (BG), turbina (T) va generatordan (G) iboratdir. Yoqilg’i yonganda issiqlik energiyasi ajralib chiqadi va u suv bug’i energiyasiga aylanadi. Turbinada suv bug’i, aylanuvchi mexanik energiyaga o’zgaradi turbina minutiga 3000 aylana tezlik bilan (ya’ni 50 Gerts chastota bilan) elektr generatorni aylantiradi. Issiqlik energiya, o’z iste’moli uchun bug’ ko’rinishida, turbinadan yoki qozondan olinishi mumkin. Rasmda IESning asosiy qurilmalaridan tashqari, ishlatilgan bug’ tashqi suv tasirida kondensatsiyalanadi, bunda bug’dan bir qancha issiqlik miqdori chetlatilib, atrof muhitga chiqarib tashlanadi, bug’ kondensatori [K] va kondensatni yangidan qozonga beradigan sirkulatsion nasos (N) ko’rsatilgan. Shunday qilib davr yopiladi. IEM sxemasi shu bilan farqlanadiki, u erda kondensator o’rniga issiqlik almashgich o’rnatilgan bo’lib, bu yerda bug’ katta bosimda suvni isitadi hamda bu suv bosh issiqlik magistraliga uzatiladi.
    Ko’rib chiqilgan IES sxemasi asosiy bo’lib, u yerda bug’ generator ishlatiladi va bu generatorda suv bug’i energiya tashuvchi bo’lib xizmat qiladi. Gaz turbina qurilmali issiqlik elektr stantsiyalari ham bor. Bu qurilmalarda energiya tashuvchi havo bilan gazdir. Organik yoqilg’i yonganda, gaz ajralib chiqadi va qizdirilgan havo bilan aralashadi. Gaz-havo aralashmasi 750 -s- 770 °C haroratda turbinaga uzatiladi va u generatorni aylantiradi. Gaz turbinali IES bug’ turbinalikka qaraganda ancha kirishadi: yengilishga tushiriladi, to’xtatiladi va rostlanadi. Hozircha bunday turbinalar bug’likka qaraganda 5-8 marta kichik va ular yuqori navli yoqilg’ida ishlaydi.

    3.10- Rasm. IES asosiy qurilmalari
    Bug’ turbinali va gaz turbinali qurilmalar birgalikda bug’ gaz qurilmalarni hosil qiladi va ularda ikkita energiya tashuvchidan bug’ va gazdan foydalaniladi.
    IESlarda elektr energiya ishlab chiqarishni uchta davrga bo’lish mumkin:
    • kimyoviy — yonish jarayoni natijasida issiqlik bug’ga uzatiladi;
    • mexanik – bug’ning issiqlik energiyasi turbinaning aylanish
    energiyasiga uzatiladi;
    • elektr – aylanishning mexanik energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi.
    IES umumiy foydali ish koefftsienti (f.i.k) tjuk. Yuqorida sanab o’tilgan davrlarning f.i.klari ko’’aytmasiga teng ya’ni:
    ηies = ηk ·ηm·ηe
    IESning FIKi nazariy jihatdan quyidagiga teng:
    ηies = 0.9*0.63*0.9=0.5,
    Amalda yo’qotishlarni hisobga olganda IES f.i.k 36-39% ni tashkil etadi. Bu shuni ko’rsatadiki, 64-61% yoqilg’i "bekorga" atrof-muhitni ifloslab, atmosferaga issiqlik chiqindilari sifatida chiqib ketadi. IEMning FIKIESga haraganda 2 marta yuqori. SHuning uchun IEMlardan foydalanish energiya tejamlashning sezilarli omili hisoblanadi.
    Atom elektr stantsiyasi IESdan farq qiladi, bu yerda qozon yadro reaktori bilan almashtirilgan. Yadro reaksiyasining issiqligi bug’ olish uchun ishlatiladi.
    AESlarda birlamchi energiya ichki yadro energiyasi bo’lib, bu yerda yadroning bo’linishida juda katta kinetik energiya hosil bo’ladi va u o’z navbatida issiqlikka aylanadi. Bu o’zgarishlar kechadigan qurilma reaktor deb ataladi.
    Reaktorning faol zonasi bo’yicha issiqlik tashuvchi modda o’tadi, u issiqlikni chiqarish, suv inertgazlari va h.k. uchun xizmat qiladi. Issiqlik tashuvchi uni suvga beradi va issiqlikni bug’ generatorga olib boradi. Hosil bo’lgan suv bug’i turbinaga kelib tushadi. Reaktor quvvatini rostlash maxsus sterjetilar yordamida amalga oshiriladi. Ular aktiv zonaga kiritiladi va neytronlar oqimini o’zgartiradi, natijada yadro reakwiyasining izchilligi o’zgaradi. (3.2-rasm).



    1 2 3 4 5

    Download 3,27 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




    Download 3,27 Mb.