3.9. Rasm. O‘zbekistonda eng birinchi qurilgan Bo‘zsuv GESning tashqi ko‘rinishi va gidrogeneratorlar zali
CHirchiq-Bo‘zsuv traktida elektr stansiyalarining qurilishi tez sur’atlar bilan davom ettirilib, 1926 yildan 1940 yilga qadar mazkur yo‘nalishda 67 ming kVt quvvat ishga tushirildi.
1940 yilda O‘zbekistondagi elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 170,5 ming kVt ga teng bo‘lib, elektr energiyasini ishlab chiqarish 482 mln. kVtsoatga etdi.
SHundan 200 mln. kVtsoat gidravlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarildi.
1940 yilda respublikada elektr energiyasini ishlab chiqarish jon boshiga 72,5 kVtsoat ni tashkil qilgan bo‘lsa, 90 chi yillarga kelib ko‘rsatkich 220 kVtsoat dan ortib ketdi.
O‘zbekistonning energetika tizimi yiliga 60 mlrd. kVtsoat ga yaqin elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega, unda umumiy o‘rnatilgan quvvati 12,3 mln. kVt bo‘lgan 39 ta issiqlik va gidravlik stansiyalari ishlab turibdi.
Uzbekiston gidravlik elektr stansiyalari:
O‘zbekistondagi qayta tiklanadigan energiya manbasining imkoniyatlari
Ko‘rsatkichlar
|
Jami
(mln.t.n.e.)
|
SHu jumladan, energiya (mln.t.n.e.)
|
Gidro
|
quyosh
|
shamol
|
biomassa
|
YAlpi1
|
50984,6
|
9,2
|
50973
|
2,2
|
–
|
Texnik2
|
179
|
1,8
|
176,8
|
0,4
|
0,3
|
O‘zlashtirilgan
|
0,6
|
0,6
|
–
|
–
|
–
|
1 –belgilangan territoriyaga tushadigan yoki hosil qilinadigan nazariy energiya miqdori
2– yalpi imkoniyatlarni amalga oshirib, foydalanish mumkin bo‘lgan mavjud texnologiyaning bir qismi
|
Xozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi va dunyo miqyosida mikro GESlardan foydalanish ustuvor yo‘nalishlarning biriga aylangan. Mikro GESlar atrof-muxitga sezilarli ta’sir etmaydi, jumladan: iflos gazlar chiqarish (SO2, CO2, NO2), kislotali yomg‘irga, tuproqni suv bosishga, iqlimni o‘zgartirishga, azon qatlami emirilishiga va x.k. olib kelmaydi.
SHu bilan birga aytish mumkinki, kichik GESlar ishlatilishida daryoning florasi va faunasidan o‘zgarmaydi va biologik turlarning kamayishiga olib kelmaydi. Katta GESlardagi kabi kichik quvvatli gidrostansiyalar qishloq xo‘jaligi erlarining suv bosimiga daryo qirg‘oqlariga tegishli erlar gidrologik rejimini o‘zgartirmaydi.
|