• 3.7.Rasm. GESning ishlash prinsipi
  • Rasm. Suv turbinalarini ishga tushirishning turli yo‘llari2




    Download 3,27 Mb.
    bet14/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    3.6.Rasm. Suv turbinalarini ishga tushirishning turli yo‘llari2

    GES larda elektr energiya hosil qilish quyidagi sodda texnologik sxema buyicha amalga oshiriladi. Gidroenergetik resurs bulmish suv turbinaning parraklarini aylantirib, mexanik energiyani yuzaga keltiradi va bu mexanik energiya o‘zgaruvchan tok generatorida elektr energiyaga o‘zgaradi. Generatorda hosil qilingan elektr energiya kuchaytiruvshi transformator yordamida elektr uzatish liniyalari orqali iste’molchilarga o‘zatiladi.


    Gidroelektr stantsiya quriladigan joyda suvning potensial energiyasini jamlash maqsadida gidrotexnik qurilma – tugon quriladi. Bu tugon daryoning o‘zanini tusadi va hosil qilingan sun’iy suv omborida suvning ko‘payishiga va bosim kushining oshishiga olib keladi. GES larda hosil qilinadigan elektr energiyaning miqdori turbinadan o‘tayotgan ma’lum bosimli suv miqdoriga va suv energiyasini elektr energiyaga o‘zgartirishda foydalaniladigan barcha qurilmalarning foydali ish koeffitsientlariga (FIK) bog‘liqdir.
    Gidroelektr stansiyalarning FIK yuqori bo‘lib, elektr stansiyalar ichida FIK eng yuqorisidir. Gidroelektr stansiyalarning urtacha FIK = 93 % ni tashkil etadi. Issiqlik elektr stansiyalarida esa bu kursatkich 40 % dan oshmaydi. Gidroelektr stansiyalarda boshqa elektr stansiyalardagiga nisbatan quvvatini rostlash oson amalga oshiriladi. Bu elektr stansiyalarni ishga tushirish, tuxtatish, quvvatini rostlash jarayonida turbinaga kelayotgan suvning tezligini o‘zgartirishning hojati yo‘q va ishlashining ishonshlilik darajasi juda yuqori. CHuning ushun ham quvvatini roctlashning tezkorligi va arzon elektr energiya manbai sifatida GES lar goyat ahamiyatlidir.

    3.7.Rasm. GESning ishlash prinsipi


    Gidroelektr stansiyalari – GESlar eng keng tarqalgan elektr stansiyalari bo‘lib, suv oqimidagi energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi inshootlar va jihozlar majmuidir. Ular ko‘pincha daryolarda, to‘g‘on va suv omborlarida quriladi. Elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligi ikki omilga bog‘liq: GES butun yil mobaynida suv bilan uzluksiz ta’minlanishi va nishablikda joylashishi zarur.
    GESlarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga qaraganda ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati – suv omborlari juda katta maydonni egallaydi, GES qurilishi nisbatan ko‘p mablag‘ talab qiladi. Biroq har qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik jihati bor – GESlar qayta tiklanuvchi manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi (ko‘mir, yoqilg‘i) bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin GESlarda sarflanayotgan suv tabiiy ravishda har yili qayta to‘planadi.
    GESlarning ishlash tarzi juda oson. Gidrotexnik jihozlar suvni ma’lum bosimda jo‘natib turadi. Bu suv maxsus quvurlardagi parraklarga kelib uriladi va generatorlarni harakatga keltiradi. Natijada elektr energiyasi paydo bo‘ladi.
    Suv bosimi to‘g‘on yordamida suv sathini ko‘tarish orqali yoki maxsus nishablik-kanallar vositasida (derivatsion usulda) hosil qilinadi. Ayrim paytlarda har ikki usuldan bir paytning o‘zida foydalanish mumkin.
    So‘nggi hisob-kitoblarga qaraganda, gidroenergetika jahonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 63 foizini etkazib beradi. Aholi jon boshiga hisoblaganda, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha Norvegiya, Islandiya va Kanada yuqori o‘rinlarni egallaydi. Ularning safiga Xitoy ham qo‘shilyapti. CHunki bu mamlakatda 2000 yildan e’tiboran keng ko‘lamda GES qurilishi boshlandi. Hozir Xitoy dunyodagi kichik gidroelektr stansiyalarining deyarli yarmiga egalik qiladi.
    O‘zbekistonda elektrlashtirish ishlari XX asrning ikkinchi choragidan boshlangan. Hozirda CHirchiq, CHorvoq, Farhod, Bo‘zsuv, Solor, Samarqand, To‘palang GES kabi bir qancha elektr stansiyalari bor.
    Dunyodagi eng yirik GES Xitoyning YAnzы daryosidagi 1997 yilda qurilishi boshlangan va 2011 yilda qurib bitkazilgan quvvati 700 MVt dan bo‘lgan 26 ta agregatli, umumiy quvvati 22,4 GVt ni tashkil etuvchi “Uch g‘or” GES hisoblanadi.


    Download 3,27 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm. Suv turbinalarini ishga tushirishning turli yo‘llari2

    Download 3,27 Mb.