• 3.1. Rasm. Иссиклик электр станциясила электр энергия олиш схемаси
  • IES-issiqlik elektr stantsiya




    Download 3,27 Mb.
    bet11/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    IES-issiqlik elektr stantsiya, issiqlik energiyasini elektr energiyaga o’zgartiradi.
    Issiqlik elektr stansiyasi qanday ishlaydi? Issiqlik elektr stansiyalarida (IES) yoqilg‘ining kimyoviy energiyasi issiqlik va elektr energiyalarga o‘zgartirilib iste’molchilarga o‘zatiladi (1– rasm). Qozon, turbina va generatorlar IES ning asosiy texnologik qurilmalaridir. YOqilg‘ining 4 yonishi natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi qozonda 1 suv bug‘i energiyasiga 5 o‘zgartiriladi. Turbinada 2 suv bug‘i energiyasi aylanuvchi mexanik energiyaga o‘zgaradi. Generator 3 aylanuvchi mexanik energiyani elektr energiyaga o‘zgartiradi. Issiqlik energiyasi bug‘ ko‘rinishida iste’molchilarning hojatlarini qondirish maqsadida turbinadan yoki bulmasam qozonning o‘zidan olinishi mumkin. 1

    3.1. Rasm. Иссиклик электр станциясила электр энергия олиш схемаси:
    1 – буг козони, 2 – буг турбинаси, 3 – генератор, 4 – учок, 5-ишчи буг, 6 – ишлатилган буг, 7 – турбина куракчалари


    Qozon – bu bug‘ generatori. Qozonda yoqilgi sifatida turli organik yoqilgi turlari ishlatilishi mumkin. YOqilgi yonganida undan yonish energiyasi ajralib chiqadi. Agar yoqilgi Ko‘mir bo‘lsa, u holda yoqilishidan oldin kukun holiga keltirilib so‘ngra yoqiladi va bu Ko‘mirning tuliq yonishini ta’minlaydi. Zamonaviy qozonlar – bug‘ generatorlari – balandligi besh qavatli imoratga teng keladigan murakkab texnik inshoatdir. YOqilg‘ining yonish temperaturasi 2000 0S gacha etadi va bu o‘z navbatida bug‘ qozonlarini yasash uchun ishlatiladigan metall alohida issiqlika chidamli bo‘lishi kerakligini bildiradi. Bir bug‘ qozonida soatiga 4000 tonna suv bug‘i ishlab chiqarish mumkin. Bug‘ qozonida yoqilg‘ining tuliq yonishini ta’minlash uchun hamda yoqilg‘ining yonishidan hosil bo‘ladigan kul, gaz va boshqa zaharli moddalarning atrof – muhitga tarqalishini oldini olish maqsadida ko‘plab qurilma va jihozlar qo‘llaniladi. Qozonlarning quvvati, o‘lchamlari va texnik ko‘rsatkichlari tobora oshib bormoqda.
    Bug‘ turbinasi – issiqlik energiyasini iste’mol qilib va uni aylanuvchi mexanik energiyaga o‘zgartiruvchi motordir. Konstruktiv jihatdan bug‘ turbinasi ishchi kurakchalari joylashtirilgan bir necha disklardan tashkil topgan bo‘ladi. Disklarning o‘lchamlari har xil bo‘ladi. Xar bir navbatdagi pogona (disk) diametri oldingi pogonadagiga nisbatan katta bo‘ladi va kurakchaning yuzasi ham kattaroq bo‘ladi. Bug‘ pogonalar orasidan o‘tayotganida o‘z energiyasini ularga o‘zatadi.
    Issiqlik elektr stansiyalarining turlari. Hozirgi paytda issiqlik elektr stansiyalarining uch turi mavjuddir. Birinchi turdagi IES larga bug‘ turbinali issiqlik elektr stansiyalari kiradi. Bu IES larda suv bug‘i energiya tashuvchi vazifasini bajaradi. Ikkinchi turdagi IES larga gaz turbinali issiqlik stansiyalari kiradi. Bunday stansiyalarda energiya tashuvchi sifatida gazning havo bilan aralashmasi qo‘llaniladi. Organik yoqilgi yonganida ajralib chiqqan gaz qizdirilgan havo bilan aralashtiriladi. Gaz va havoning aralashmasi issiqlik energiyasini tashuvchi vazifasini bajaradi. Bu aralashmaning temperaturasi 750 – 770 0S gacha qizigan bo‘ladi. Gaz va havoning aralashmasi turbinaga o‘zatilib, issiqlik energiyasi aylanuvchi mexanik energiyaga o‘zgartiriladi. Bunday IES birinchi turdagi issiqlik elektr stansiyalariga nisbatan ihsham (bug‘ qozoni yo`q), turbinaning tezligi juda yuqori, tez ishga tushiriladi, tuxtatish va quvvatini rostlash oson. Hozircha bunday IES larning quvvati 150 MVt dan oshmaydi, ya’ni bug‘ turbinali stansiyalarning quvvatidan 5- 8 barobar kamdir. Gaz turbinali stansiyalarning asosiy xususiyatlaridan biri yoqilg‘ining yuqori sifatli bo‘lishi shartligidir.
    Uchinchi turga kiruvchi issiqlik elektr stansiyalari, bu bug‘ va gaz turbinalari o‘zaro birlashtirilgan IES lardir. Bunday elektr stansiyalarda energiya tashuvchi vazifasini bug‘ va gaz bajaradi, bug‘ qozonidagi issiqlik energiya asosan bug‘ hosil qilish uchun sarf bo‘ladi. Ammo yoqilg‘ining yonishi natijasida gaz ham ajralib chiqadi. Bu gaz ma’lum qayta ishlovdan so‘ng gaz turbinasiga yuboriladi.
    Bunday IES lar faqat suyuq yoki gazsimon yoqilgilardagina ishlaydi. Bu IES lar istiqbolli stansiyalar bo‘lib, hozircha ularning quvvati 250 MVt dan oshmaydi.
    IES larda yoqilg‘idan unumli foydalanish. Agar issiqlik elektr stansiyalarida issiqlik energiyasining elektr energiyasiga o‘zgarish jarayonini kuzatadigan bo‘lsak, u holda issiqlik energiyasining bor yo`gi 40% gacha qismigina elektr energiyaga aylanadi, xolos. Agar O‘zbekistondagi IES larda yoqilgi sifatida kimyo sanoati uchun bebaho xomash’yo bo‘lgan tabiiy gaz qullanilayotganligini hisobga oladigan bo‘lsak va bu esa o‘z navbatida bu elektr stansiyalarda ishlab chikarilayotgan elektr energiya tannarxini oshirib yuborayotganligini anglash mumkin. Hozirda barcha IES larda tabiiy gaz o‘rniga Ko‘mirdan foydalanishning istiqbolli rejalari ishlab chiqarilgan va amalga oshirilmoqda.


    Download 3,27 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   71




    Download 3,27 Mb.