O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasining tavsiflari




Download 3,27 Mb.
bet9/71
Sana18.01.2024
Hajmi3,27 Mb.
#140050
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni-2021

2.3. O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasining tavsiflari
Davlatimizning energiya tejash siyosati – bu qo’yidagi yo’llar bilan energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha uzoq kelajakka mo’ljallangan tadbirlar majmuasidir:

  • Jamiyat talabini zarur hajmini qoniqtirishda ohirgi (so’nggi) energiya sarfini qisqartirish;

  • “Qazib olish, o’zgartirish – taqsimlash – foydalanish” tizimining har bir bosqichini takomillashtirish hisobiga energiya resurslaridan samarali foydalanishni oshirish;

  • Zaxirasi chegaralangan energiya manbalarini (tabiiy gaz va neft) boshqa ancha arzon bo’lgan (ko’mir) va tiklanuvchi energiya manbalari bilan almashtirish;

  • Ekologiya talablarini qondirgan holda, energiya resurslaridan foydalanishning energiya samaradorligini oshiradigan kelajagi porloq texnogoliyalarni qo’llash.

Energiya tejashning davlat tomonidan rostlanadigan va amalga oshiriladigan tadbir majmuasi tizimining asosiy masalalari:

  • Energiya tejash tadbirlarini amalga oshirishni rag’batlantirishga mos keladigan qonuniy, huquqiy - me`yoriy va uslubiy asoslarni hosil qilish;

  • Elektr energiya ishlab-chiqaruvchilarni huquqiy va iqtisodiy jihatdan qiziqtiradigan mos sharoitlar bilan ta`minlash;

  • Iste`molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish samaradorligi darajasini va energiya tejamlash potentsialini aniqlash.

Energiya tejash, energetik sinovlar o’tkazish (korxonani loyihalash va ishga tushirish arafasida) natijalari asosida va mahsulot ishlab chiqarishda hamda xizmat ko’rsatishdagi haqiqiy solishtirma energiyasig’im, sarf-xarajatlarini solishtirma energiyasig’imning me`yoriy qiymatlari bilan taqqoslash asosida amalga oshiriladi.
Har qanday ko’rinishdagi mahsulot ishlab-chiqarish va xizmatlar uchun sarf etilgan yoqilg’i energetik resurs (YO.E.R.)dan foydalanish samaradorligining darajasi, ishlayotgan va yaratilayotgan texnikaning mamlakatda erishilgan iqtisodiy oqlangan rivojlanish darajasiga to’g’ri kelishi kerak va bunda atrof-muhitni himoyalash talablari ham qondirilishi zarur. Bu daraja, mahsulot ishlab-chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishdagi, haqiqiy solishtirma elektr sig’imi xarajatlarini, ularning me`yoriy qiymatlariga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ba`zi tuzatishlarni ham hisobga olish zarur. Bu eng kam (minimal) solishtirma yoqilg’i sarfi ta`minlanishi kerak bo’lgan energetika korxonalari uchun katta ahamiyatga ega.
Energiya tejashning iqtisodiy samaradorligi, qazib chiqarishni tezlashtirish va energiyaresurslarni ishlab-chiqarishga nisbatan shunchalik kattaki, uni amalga oshirish bir vaqtda asosiy fondlarni yangilashni va modernizatsiya qilishni, iqtisodiy va sotsial muammolarni echadi, yoqilg’i va energiya ishlab chiqarishni, qazib chiqarishni ko’paytirish uchun sharoitlar yaratadi, agarda bu uzoq kelajakda talab etilsa ham. Bunda iste`molchida iqtisod qilingan bir tonna shartli yoqilg’i kamida 1,3-2 tonna qazib olingan shartli yoqilg’iga teng bo’ladi. Mutaxassislarning baholashi bo’yicha energiya tejam qilingandan olingan foyda unga qilingan sarfdan uch barobar yuqoridir.
SHu narsa ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy va mineral resurslari etishmovchiligi tufayli asosiy fondlarni keng yangilash va modernizatsiyalashni kon qazish ishlarini va energiyaresurslarni ishlab chiqarishni ko’paytirishni amalga oshiradi, amalda energiya tejash siyosatini olib boradi, ekologik va sotsial muammolarni birgalikda va zarur masshtablarda echishni amalga oshiradi. Ammo bu masalani nazorat ostida ushlab turish, kerak bo’lgan huquqiy, me`yoriy xujjatlarni va majmuaviy davlat dasturlarini ishlab chiqish zarur. Mazkur ishlar hozirda bizning respublikamizda amalga oshirilmoqda.


Download 3,27 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Download 3,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasining tavsiflari

Download 3,27 Mb.