|
Rasm. Tabiiy resurslarning tasnifi
|
bet | 7/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20212.1. Rasm. Tabiiy resurslarning tasnifi
SHamol, quyosh tomonidan bizning planetamizni turli nuqtalarini turli harorat hisobiga isitish natijasida hosil bo’ladi. Bundan tashqari Quyoshning er sathiga to’g’ri keladigan bevosita nurlantirishi, katta energiya imkoniyatiga egadir.
Yuqorida ta`kidlanganidek organik yoqilg’ining hosil bo’lishi bir tomondan quyosh energiyasining tabiiy o’zgarishi natijasida bo’lsa, ikkinchi tomondan ko’p yuz yilliklar davomida barcha geologik formatsiyalarda o’simlik va hayvonot olami qoldiqlariga mexanik, biologik va issiqlik ta`siri natijasidir. Bu yoqilg’ilarning hammasi uglevod asosiga ega va energiya undan uglevod dioksidi (SO2) hosil bo’lishi jarayonida ajralib chiqadi.
Zamonaviy tabiatdan foydalanishda energetik resurslar uch guruhga taqsimlanadi bular: energiya oqimi va aylanishida ishtirok etuvchi (Quyosh, kosmik energiya va boshqalar), saqlanyotgan energetik resurslar (neft, gaz va hokazo) va sun`iy faollashgan energiya manbalari (atom va termoyadro energiya).
Tabiatdan foydalanish iqtisodiyotida quyidagilar ajratiladi:
Umumiy (nazariy) resurs – bu energoresursning aynan ko’rinishi ichidagi jamlangan energiyani tashkil etadi.
Texnik resurs – bu energiya fan va texnikaning hozirdagi rivojlanishida mazkur energiya resurs turidan olinishi mumkin. U umumiyning juda kichik foizdan o’nlab foizgacha bo’lgan ulushini tashkil etadi, lekin energetik jihozlarni takomillashuvi va yangi texnologiyalarni o’zlashtirish natijasida doimo ortib boradi.
Iqtisodiy resurs – bu mazkur resurs turidan olinib, jihoz, materiallar va ishchi kuchining hozirdagi baholar nisbatida iqtisodiy jihatdan qulay bo’lgan energiya.
2.2. Shartli yoqilg’i
Turli ko’rinishdagi energetik resurslar yoqilg’ining energiya sig’imi bilan xarakterlanadigan turli sifatlarga ega. Solishtirma energiya hajmi deb, energiya resurs tanasi massasining birligiga to’g’ri keladigan energiya miqdoriga aytiladi.
Turli energiya resurslarning ko’rinishi va hisob-kitob imkoniyatlarini taqoslashning qulay bo’lishi uchun, barcha turdagi yoqilg’ilarning sarfini shartli yoqilg’i deb nomlanadigan yoqilg’i sarfi bilan solishtiriladi. SHartli shunday yoqilg’i deb qabul qilinganki, uning bir kilogrammi yoqilganda 29,3.106 J, yoki 7000 kkal energiya ajralib chiqadi. 2.1. jadvalda bir qator energetik resurslar uchun shartli yoqilg’i bilan taqqoslangandagi solishtirma energosig’im qiymatlari keltirilgan.
|
| |