Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning o’rni




Download 3,27 Mb.
bet4/71
Sana18.01.2024
Hajmi3,27 Mb.
#140050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni-2021

1.3. Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning o’rni
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda to’plangan energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, undan maksimal samaradorlik olish maqsadida doimo takomillashib kelmoqda. Energetika insoniyat hayotida doimo muhim rol o’ynaydi. Inson faoliyatining barcha turlari energiya sarfi bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, inson o’zining evolyutsion rivojlanishining boshida inson faqat o’z tanasi mushaklarining energiyasidan foydalangan. Keyinchalik esa inson olov energiyasini olishni va undan foydalanishni o’rgandi. Insoniyat jamiyati evolyutsion rivojlanishining navbatdagi o’rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi va natijada birinchi suv va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, o’z harakati uchun shamol kuchidan foydalanuvchi elkanli kemalar paydo bo’ldi. XVIII asrda o’tin yoki ko’mirni yoqish natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasini mexanik harakat energiyasiga aylantiruvchi bug’ mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf qilindi. Elektro dvigatel, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish usularini o’zlashtirish bo’yicha haqiqiy inqilobni amalga oshirish asri bo’ldi. YA`ni: juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr stantsiyalar, yuqori va o’tayuqori va ultra yuqori kuchlanishga ega bo’lgan elektr energiyasini uzatuvchi liniyalar qurildi. Elektr energiyani ishlab chiqarish, o’zgartirish va uzatishning yangi turlari ishlab chiqilmoqda (boshqariluvchi termoyadro reaktsiyasi magnit gidrodinamik generator, o’ta o’tkazuvchan turbogenerator va shunga o’xshash). Katta quvvatli energiya tizimlari barpo qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz ta`minoti tizimlari paydo bo’lmoqda.
Shunday qilib bizni o’rab turgan dunyo turli ko’rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir. Hozirda ularning ba`zilaridan, ya`ni: quyosh energiyasi, er va oyning o’zaro ta`siri natijasida hosil bo’ladigan energiya, termoyadrosintezi energiyasi, er issiqligi energiyasidan to’laqonli foydalanilmayapti. Hozir inson tamaddunining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol o’ynaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy o’zaro bog’liklik mavjud. Insoniyat hayotida energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot imkoniyatlarini va aholi turmush darajasini aks ettiradi.
Afsuski inson tarafidan iste`mol etilayotgan energiyani ko’p qismi, mavjud bo’lgan energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi tufayli befoyda issiqlikka aylanmoqda. Dunyoda bir yilda foydalaniladigan energiyaning tahminiy taqsimoti 1.1 - jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldagi energiya qiymati, yoqilganda mavjud energiyani beruvchi ko’mir miqdorining megatonnalardagi (Mt) o’lchamida keltirilgan.
Dunyoda yillik energiya iste`moli
1.1– jadval


Download 3,27 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Download 3,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning o’rni

Download 3,27 Mb.