• Ozuqa energiyasi.
  • Jamiyat ishlab-chiqarishini yuritishini ta`minlaydigan energiya.
  • «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»




    Download 3,27 Mb.
    bet5/71
    Sana18.01.2024
    Hajmi3,27 Mb.
    #140050
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
    Bog'liq
    Ma\'ruzalar matni-2021

    Energiya shakli

    Miqdori, Mt

    Manba

    Insonlarni boqish va ish hayvonlariga em

    650

    Quyosh yorug’ligi (hozirda)

    O’tinlar

    150

    Quyosh yorug’ligi
    (o’tgan zamonda)

    Gidroelektrstantsiyalar

    100

    Suv harakati

    Ko’mir, neft, gaz, torf

    6600

    Quyosh yorug’ligi
    (o’tgan zamonda)

    Shu bilan bir vaqtda insonlarni ozuqasi uchun har yili taxminan 400 Mt energiya sarflanadi, shundan 40 Mtga yaqini foydali mehnatga aylanadi. Xo’jalik zururatlariga 800 Mt, jamiyat ishlab-chiqarishiga esa 1000 Mt energiya sarflanadi.


    Shunday qilib 7500 Mt ni tashkil etuvchi yillik energiya iste`molidan 2200 Mt foydali ravishda, qolgani esa issiqlik ko’rinishida bekorga sarflanadi. Lekin hatto 2200/7500 Mt samaradorlik bilan ham insoniyat maqtana olmaydi, chunki er yuziga quyoshdan taralayotgan va yiliga 10000000 Mt ni tashkil etuvchi energiya bu erda hisobga olinmagan.
    Tamaddunning rivojlanishida energiya hal etuvchi rol o’ynadi. Energiya iste`moli va axborotning to’planishi, vaqt bo’yicha taxminan bir xil xarakterdagi o’zgarishga ega, mahsulot ishlab-chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida mustahkam bog’liqlik mavjud.
    Energiya iste`molining o’sishi ajablanarli darajada yuqori, lekin shuning natijasida, inson o’z hayotining sezilarli katta qismini dam olishga, maorifga, yaratuvchanlik faoliyatiga bag’ishlashi mumkin bo’ladi va natijada hozirda uzoq umr ko’rishga erishmoqda.
    Biz energiyani zaruriy va bizga ishlash qobiliyatiga ega deb hisoblaymiz. Jamiyatni energiya bilan ta`minlash quyidagilarga bo’linadi, ya`ni: imoratlarni isitish, harakatni ta`minlash, bizga zarur bo’lgan mahsulotlarni ishlab-chiqarish, turli mashina, mexanizm, asbob-uskunalarni ishlash qobilyatini ta`minlash, ovqat tayyorlash, yoritish, hayot faoliyatini ta`minlash va boshqalar uchun zarurdir.
    Energiyani qo’llashning bu misollarini quyidagi uchta katta guruhlarga bo’lish mumkin:
    a) Ozuqa energiyasi. U boshqa energiya turlariga nisbatan qimmatroqdir: bug’doy Joulga qayta hisoblanganda, ko’mirdan ancha qimmat. Ozuqa tana haroratini ushlab turish uchun issiqlik, uning harakati uchun, aqliy va jismoniy mehnatini amalga oshirishi uchun energiya beradi;
    b) Uylarni isitish va ovqat tayyorlash uchun issiqlik ko’rinishidagi energiya. U turli iqlim sharoitlarida yashash va inson oziq ovqatini turlicha bo’lishi imkonini beradi;
    v) Jamiyat ishlab-chiqarishini yuritishini ta`minlaydigan energiya. Bu energiya tovar va xizmat ko’rsatish, inson va yuklarni fazodagi shaxsiy harakati, kommunikatsiyaning (aloqa yo’li, fikr almashinish) barcha tizimlarini ishlash qobiliyatini ushlab turishi uchun kerak. Bu energiyaning aholi jon boshiga bo’lgan sarfi, ozuqaga sarf etiladigan energiyadan sezilarli darajada yuqoridir.


    Download 3,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




    Download 3,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»

    Download 3,27 Mb.