|
-mavzu. Yoqilg’i-energetika resurslari
|
bet | 6/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20212-mavzu. Yoqilg’i-energetika resurslari
Reja:
2.1. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari
2.2. Shartli yoqilg’i.
2.3. O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasining tavsiflari.
Tayanch iboralar: qayta tiklanuvchi energiya manbalari, resurs tejamkorligi, daryolar oqimi, energiya tejamkorligi, texnika, texnologiya, shartli yoqilg’I, tabiiy resurslar, energiya resurslari, energiya ishlab chiqarish, yoqilg’i balansi, energetika rivoji, elektr tizim, tabiiy resurs.
2.1. Tiklanuvchi va tiklanmaydigan energetika resurslari
Yoqilg’i-energetika resurslari (YOER) – bu material ob`ekt bo’lib, unda inson tomonidan amaliy foydalanishga yaroqli energiya to’plangan.
Energetika resursi deb – tabiiy yoki sun`iy faollashgan har qanday energiya manbaiga aytiladi. Energiya resurslari – hozirgi vaqtda ishlatilayotgan yoki kelajakda ishlatilishi mumkin bo’lgan energiya tashuvchilardir.
Tabiiy resurslarni, shu jumladan energetika resurslarini, o’rganishda ularning ilmiy tasnifi, ya`ni xomashyo, ob`ektlar va tabiiy muhit hodisalar yig’indisini funktsional muhimlik belgilari bo’yicha ajratish kerak.
Tabiiy resurslarning tasniflaridan biri – bu tugallanish belgisi bo’lib, unga muvofiq energetika resurslarini tugallanadigan va tugallanmaydiganlarga bo’linadi (2.1-Rasm). O’z navtabatida, tugallanadiganlar tiklanuvchi va tiklanmaydigan bo’lishi mumkin. Tiklanuvchilarga tabiat (er, o’simliklar, xayvonlar va h.k.) tomonidan tiklanadigan rusurslar kiradi, tiklanmaydiganlarga – ilgari tabiatda to’plangan lekin, yangi geologik sharoitlarda hosil bo’lmaydigan resurslar (neft, ko’mir va boshqa er osti zaxiralari) kiradi. Tugallanmaydiganlariga kosmik, iqlimiy, suv resurslari kiradi.
Energiya resurslarining barcha turlaridan Quyosh energiyasi muhim ahamiyatga ega. Energiya resurslarining barcha turlari Quyosh energiyasini tabiiy o’zgartirish natijasidir. Ko’mir, neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi tog’ jinslari va o’tinlar – bu o’simliklar tomonidan olingan va o’zgartirilgan quyoshning nurli energiyasi zaxiralaridir. Surat sintezi (fotosintez) reaktsiyasi jarayonida atrof-muhitning noorganik elementlaridan, ya`ni, suv (N2O) va karbonot angidrit gazi SO2 lardan quyosh nuri ta`sirida o’simliklarda asosiy elementi uglerod(S) bo’lgan organik modda hosil bo’ladi. Million yillar o’tgandan so’ng, ma`lum geologik davrda, bosim va harorat rejimi ta`sirida, qotib qolgan o’simliklardan asosini oldin o’simliklarda yig’ilgan uglerod tashkil etadigan organik energetik resurslar hosil bo’ladi va bu erga tushayotgan quyosh energiyasining aniq miqdori natijasida amalga oshadi. Suv energiyasi ham suvni bug’lantiradigan va bug’ni atmosferaning yuqori qatlamlariga ko’taradigan quyosh energiyasi hisobiga hosil bo’ladi.
|
| |