|
«elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari»
|
bet | 3/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-2021Issiqlik uzatish - elektr texnik, elektr mexanik va elektr termik va issiqlik qurilmalar qismlaridan havo va gazli muhit orqali issiqlikning uzatilishi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik - o‘zaro kontaktda bo‘lgan elektr texnik, elektr mexanik va elektr termik qurilmalar qismlarida issiqlikning bir qismidan ikkinchisiga uzatilishi.
Energiya iqtisodli qurilmalar - ya’ni issiqlik va elektr energiya sarfini eng minimal qiymatlarida foydalanayotgan qurilmalar.
Energiya tejamkor qurilmalar - ishlatilishi davrida yuklanish darajasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar foydali ish koeffitsiyenti va quwat koeffitsiyenti eng yuqori bo‘lgan ish rejimida ishlovchi elektr qurilmalar.
“Energomenejment” fanining predmeti va uslublari.
« Energomenejment » fani zamonaviy energetiklar tayyorlashning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Energiya tejamkorligi - O’zbekiston respublikasining butun xalq xo’jaligi energetikasi mazmunnini rivojlantirishning strategik yo’nalishidir.
Energiyadan regional foydalanish va energiya tejamkorligi savollarini mazmun o’rganish fanning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda energiya tejamkorligini siyosiy, tashkiliy, boshqaruv, iqtisodiy, texnikaviy va texnologik qirralari qaraladi. Energiya tejashni qaralayottgan savollarini o’rganishga mazmun yondoshish elektr va issiqlik energiyadan oqilona foydalanish hamda tejash borasida sezgirlarni natijalarni olish imkonini beradi.
« Energomenejment » fanining vazifalariga iqtisod qilish, optimizasiyalash, hisob va nazorat qilish masalalarida turli usul va yondoshishlarni o’rganish hamda elektr va issiqlik energiyalari, energiya boyliklaridan foydalanishni urganish kiradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, o’quviga va ko’nikmasiga quyidagi talablar ko’yilgan:
- talabalarni energiyani tejashni siyosiy masalalari energiya tejash siyosatini asosiy yunalishlari bilan tanishtirish;
- talabalarga energiyani tejovchi tadbirlarni boshkarish va rejalashtirishni urgatish;
- sanoatda energiyani boshqarish masalalarni: nazoratning maqsad va mazmuni, energiyani tejash imkoniyatlari haqida bilimlarni berish;
-energiyani tejovchi tadbirlarni tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish haqida ko’nikmalarini shaqllantirish;
-talabalarga energiyani tejashni iqtisodiy masalarini urgatish hamda energiyani tejovchi tadbirlar samaradorligini hisoblash usullari, ko’rsatkichlari va asosiy mezonlarini o’qitish;
-hisob va nazorat masalalari, hisoblagichlar, energetikada ishonchligi va tejamkorlik munosabatlarini asosiy tamoyillari bilan tanishtirish;
-elektr iste’molini va rejimini optimallash va oldindan bashorat qilish (prognoz) masalalarini o’rganish;
-energiyani tejishni texnik va texnologik masalalarini bilan chuqur tanishtirish: xonadon va ijtimoi-maishiy sektorda energiyani tejash imkoniyatlarini urganish;
-elektr energiyasi ishlab chikarish va o’zatishda yokilg’i va energiyani tejash masalalari bilan yaqindan tanishish;
-zamonaviy texnologik qurilmalarini qo’llash asosida elektr energiyasini tejash masalalarini urgatish;
-talabalarni elektr yuritgichlarda energiyani tejovchi texnik yechimlar bilan tanishtirish;
-elektr pechlarida energiyani tejovchi texnologiyalar haqida ulardagi isroflarni kamaytirish masalalari bo’yicha bilimlar berish;
-sanoat korxonasining qo’shimcha ehtiyojlari uchun elektr energiyasini tejash masalalarini o’rgatish;
-xalq xo’jaligini sohalari bo’yicha elektr energiyasini tejash masalalari: mashinasozlik, rangli va qora metallurgiya, to’qimachilik sanoati va boshqa sohalarda qo’llashni o’rgatish;
-sanoat korxonalarida elektr energiyaisni tejash yo’llari bilan yaqindan tanishtirish;
-progressiv texnika va texnologiyalarni tadbiq etish, energiyani tejash manbalari, turli xildagi guruhlarini potensial resurslari baholashni urgatish;
-issiqliq va gaz bo’yicha energiyani tejash masalalarini o’rgatish, talabalarini yoqilgi energetik resurslarni oqilona iste’mol qilish, tejashni uslubiy asoslari bilan tanishtirish.
|
| |