|
Rasm. Dunyodagi 1971-2009 yillarda yoqilg‘i manbalarining elektr energiya uchun sarflanishi
|
bet | 12/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20213.2. Rasm. Dunyodagi 1971-2009 yillarda yoqilg‘i manbalarining elektr energiya uchun sarflanishi.
Ko‘mir bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari va ularning xujaliklari. Bu elektr stansiyalarda bug‘ qozoni, turbina va generatordan tashqari bir qancha yordamchi xujaliklari ham mavjuddir. YOqilg‘ini tushirish, saqlash va foydalanishga tayyorlash yoqilgi xo‘jaliginingmashina va mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi. Ko‘mir vagonlarda stantsiyaga keltiriladi va omborlarga joylashtiriladi. Katta IES lar bir sutkada 30 ming tonnagacha ko‘mir iste’mol qiladi.
Ombordan ko‘mir transporter lentalari orqali maydalash uchun maydalagichga o‘zatiladi va u erda maydalangan ko‘mir parshalarini kukun holiga keltirish maqsadida peshma – pesh tegirmonga yuboriladi. Ko‘mir kukuni qizigan havo bilan birga aralashtiriladi va yoqish uchun bug‘ qozonining uchogiga quvurlar orqali ma’lum bosim ostida yuboriladi.
Energiya tashuvchi – suv bug‘ini olish uchun bug‘ kozonining ustki qismida po‘lat quvurchalar joylashtirilgan bo‘lib, bu quvurchalardan kimyoviy tozalangan toza suv (ichimlik suvi) oqadi. Quvurchalarning ichki qismida har xil to‘zlarning utirib qolmasligi uchun suv albatta tozalangan bo‘lishi kerak. Qizdirilgan suvli muhit yuqori temperaturali va ma’lum bosimli bug‘ga aylanadi. Kimyoviy toza suvni olish maxsus kimyoviy xujalikda amalga oshiriladi.
Yoqilg‘ining yonishi natijasida qozonning uchogida kul hamda tarkibida kul, qattiq zarrachalar va zararli moddalar bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi. Bu mayda zarrachalardan iborat gazlar ushlab qoluvchi qurilmalarda tozalanib, tutun chiqaradigan minoralar orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi va hozirgi paytda bu minoralarning balandligi 300 metrgacha etadi. Bug‘ qozonining uchogidagi kul suv bilan yuvilganidan hosil bo‘lgan quyqa quvurlar orqali maxsus kul yigiladigan maydonchaga junatiladi.
Qozondan chiqayotgan bug‘ turbinaga kelib, uni aylantirgandan so‘ng kondensatorga keladi, u erda esa bug‘ yana suvga aylantiriladi va nasos yordamida yana qozonga qaytariladi. Toza suvdan foydalanishning bu yopiq sikli tozalangan ichimlik suvdan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi. Kondensator quyidagi prinsipda ishlaydi. Kondensatorning quvurchalariga doimiy ravishda sovuq suv berib turiladi. Turbinadan chiqayotgan issiq bug‘ning kondensator sovuq quvurchalarining ustki qismiga urilishi natijasida bug‘ kondensatsiyalanadi, ya’ni suvga aylanadi. Kondensator uchun sovuq suv alohida suv havzalaridan va daryolardan olinadi yoki maxsus tayyorlanadi. Bug‘ turbina xujaligi sanab chiqilgan agregat va qurilmalardan tashqari yana bir qancha qurilma va xujaliklardan iborat bo‘ladi. Umuman olganda IES ning bug ‘– turbina xujaligi turli – tuman agregatlarning kattagina texnik majmualaridan iboratdir.
IES ning elektr xo ‘jaligining asosiy agregati bu o ‘zgaruvchan tok mashinasi – sinxron generatordir. Turbina vali generatorning rotori bilan mexanik boglanganligi sababli uning aylanish mexanik energiyasi generatorda elektr energiyaga aylanadi. Generatorda hosil qilingan o‘zgaruvchan tok elektr energiya iste’molchilarga uzatish uchun katta quvvatli kuchaytiruvchi transformator urnatilgan bo‘lib, uning vazifasi generatordan chiqayotgan kuchlanishni ko‘paytirib, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari yordamidauzokmasofada joylashgan iste’molchilarga uzatishdan iboratdir. Elektr energiyaniuzokmasofalarga uzatishda uning kuchlanishini ko‘paytirishdan maqsad, elektr uzatish liniyalarida sodir bo‘ladigan quvvat isroflarini kamaytirishdir. Ma’lumki, har qanday o‘tkazgichdan elektr toki utganida o‘tkazgich qiziydi, bu esa o‘tkazgichdan tok utishi natijasida hosil bo‘lgan quvvat isrofining issiqlikka o‘zgarishidir. O‘tkazgichdagi quvvat isrofi tok qiymatining kvadratiga va o‘tkazgichning aktiv qarshiligiga togri proporsionaldir. SHuning uchun ham elektr uzatish liniyalarida kuchlanishning oshishi tokning kamayishiga olib keladi va bu esa quvvat isrofini kamaytiradi.
|
| |