|
Rasm. Angren IES ning bug‘ generatorlari urnatilgan zal
|
bet | 13/71 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 3,27 Mb. | | #140050 |
Bog'liq Ma\'ruzalar matni-20213.3. Rasm. Angren IES ning bug‘ generatorlari urnatilgan zal
3.4. Rasm. Bug‘ qozonli issiqlik elektr stansiyalari. Steam power plant.
3.5. Rasm. Ko‘mirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi.
Coal power plant. Source: Fotosearch.
Mahalliy sharoitlarda qo‘llanadigan ko‘chma elektr stansiyalari (dvijoklar) benzin yordamida elektr energiyasi hosil qiladi.
GES – gidroelektrstantsiyasi, suv harakatining mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi.
GAES – gidroakkumlaydigan elektr stantsiyasi, oldindan sun`iy havzalarida yig’ilgan suvning harakati mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi;
Suv energiyasidan foydalanish. Er yuzasining to‘rtdan uch qismi suv bilan qoplangan bo‘lib, faqat to‘rtdan bir qismigina quruqlikdan iboratdir. SHuning uchun ham insoniyat o‘zining taraqqiyoti davomida har doim suvdan unumli foydalanishga intilib kelgan. Insonlarning suv energiyasidan foydalanishi avvalambor uning mexanik energiyasidan foydalanish bilan cheklangan. Masalan, suv tegirmonlari parraklarini suv oqimi kuchi yordamida aylantirilib tegirmon toshlari harakatlantirilib don boshoqlari maydalanilib un holiga keltirilgan va h. k. Nihoyat suv mexanizmlarining tadrijiy davomi bo‘lgan suv turbinalari ixtiro qilinganidan so‘ng, suvning kinetik energiyasini elektr energiyaga o‘zgartiruvchi gidroelektr stansiyalar haydo buldi va bu stansiyalar dunyoning deyarli barcha toglik va togoldi xududlarida eng arzon elektr energiya manbai sifatida keng qo‘llanilmoqda.
Suvning qanday turdagi potensial energiyasidan foydalanib elektr energiya olishiga qarab gidroenergetik qurilmalar uch turga bo‘linadi:
– daryolarga tugonlar qurilib suv sathi ko‘tariladi va hosil qilingan suv omborlarda yigilgan suvning potensial energiyasidan foydalanib, elektr energiya hosil qiluvchi gidroelektr stansiyalar (GES);
– okean va dengizlarda sodir bo‘lib turadigan kuchli tulqinlar ta’sirida qalqib kutarilib, kurfazlarda yigiladigan ko‘p miqdordagi suvlarning hamda shuningdek bahorgi toshqinlar vaqtida daryo chetlarida yigilib qoladigan suvlarning potensial energiyalarini elektr energiyaga o‘zgartiruvchi toshqin gidroelektr stansiyalar;
– sun’iy suv omborlar va kullarga nasoslar yordamida yigilgan suvlarning potensial energiyasini elektr energiyaga o‘zgartiruvchi gidroakkumulyatorli gidroelektr stansiyalar (AGES).
|
| |