Rivojlangan mamlakatlarda SHES




Download 3,27 Mb.
bet22/71
Sana18.01.2024
Hajmi3,27 Mb.
#140050
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni-2021

Rivojlangan mamlakatlarda SHES
Bugungi kunda mazkur mu­qobil energiya quvvatini ishlab chiqa­rish garbiy Evropada ancha ommalashgan. Sababi, buning uchun tabiiy shart-sharoit­lar mos bo‘lishi barobari­da ushbu turdagi energiyaga talab ham ortib bormoqda. Zamonaviy SHESlar 3–4 m/s dan 25 m/s gacha bo‘lgan tezlikdagi shamol muhiti relefiga nisbatan baland bo‘lmagan joylarda optimal ishlaydi. SHunday hududiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan Germaniya hozirgi vaqtda shamol energiyasidan foydalanish bo‘yi­cha jahonda etakchilik qilmoqda. Ma’lumotlarga qara­ganda, mazkur mamlakatda so‘ngi yillarda 9000 MVt quvvatli SHESlar bunyod etilgan va bu jarayon jadal davom etmokda. Hozir Evro­pa mamlakatlari sanoati­ning SHESlar bilan bog‘liq tarmoqlarida 60000 dan ziyod kishi doimiy ish bi­lan ta’minlangan. Maqcad­lar ham shunga yarasha. Ma­salan, 2020 yilga borib, Germaniya 20 foiz elektr energiyasini SHESlar yorda­mida ishlab chiqarishni re­jalashtirgan. Evropa Itti­foqining boshqa a’zolari esa 180 ming MVt quvvatli SHESlar o‘rnatishni mo‘ljallayotgan bo‘lsa, Xitoy o‘zi­ning milliy taraqqiyot das­turida 30 ming MVt quvvat­ga ega shunday stansiyalarni qurishni ko‘zlamokda. Bular­dan tashqari, Buyuk Brita­niya, Norvegiya, Kanada, Hin­diston, YAponiya, Ispaniya, YAngi Zelandiya yaqin kelajakda shamol energetikasi sohasini maqsadli rivojlantirish bilan bog‘­liq Davlat rejalari ishlab chiqqanligi haqida ma’lu­motlar bor. Xalqaro ener­getika agentligi (IEA) taxminlariga ko‘ra, 2030 yilga borib sayyoramizda shamol energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 4800 gegavattni tashkil etadi.
Masalaning boshqa bir tarafi ham bor, shamol energetikasini amaliyotga tatbiq etish bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjud. Jumladan, shamol tabiati­ning beqaror ekanligi SHESlarda bir maromda energiya ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatadi. SHuni inobatga olgan holda, bun­day elektr stansiyalarda quyosh batareyalaridan foy­dalanishni yo‘lga qo‘yish mumkin. Aynan shu yo‘l bi­lan noan’anaviy elektr energiyasi to‘planadi va uzluksiz ta’minotga erishila­di. SHuningdek, shaharlar yaqinidagi ko‘p sonli va zich joylashgan shamol inshoot­lari u erdagi tabiiy havo almashinuviga putur etkazishi mumkin. Ulardan hosil bo‘ladigan mexanik va aerodinamik shovqinlar odamlarning aqliy faoliyatiga xalaqit berishi ham istisno etil­maydi. Bundan tashqari, mazkur stansiyalar faoliyati davomida o‘zidan past chastotali tebranishlar tarqatadi. Bu tebranishlar yaqin masofa­dagi binolarning devorla­ri va deraza oynalari mus­tahkamligini o‘ziga xos si­novdan o‘tkazadi.
Umuman olganda, shamol energetikasi iqtisodiy taraqqiyot va ekologik sof­likka xizmat qilishi ayni haqiqatdir. Mamlakatimiz­da ham bunday muqobil energiya manbalariga ehtiyoj bor.
Bugungi kunda mamlakatning shamollar atlasi tuzilgan. Unga ko‘ra shamol energiyasining yalpi imkoniyati 2,2 mln.t.n.e. deb baholanmoqda, uning texnikaviy imkoniyati esa – 0,427 mln.t.n.e.ga teng. Mamlakat hududining 75 foizi shamol kuchi yordamida energiya hosil qilish uchun foydalanishga yaroqsiz. Bunga tekis erlar kiradi, u erdagi shamol oqimlari mavsumiga bog‘liq. SHu bilan birga ikkita mintaqa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyati shamol elektr stansiyalarini qurish uchun yaxshi sharoitlarga ega.
«O‘zbekenergo» DAKning 2011–2015 yillarda energetika tormog‘ini rivojlantirish bo‘yicha rejalarida, 2011 yilda quvvati 0,75 MVt bo‘lgan tajribaviy shamol — energetika uskunasini qurish, 2016–2018 yillarda yillarga borib, quvvati 100 MVt. li shamol-energetika qurilmalari parkini qurilishini tashkil etish mo‘ljallangan.
2016 yilda Evropada o‘rnatilgan shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati ko‘mirda ishlovchi issiqlik elektr stansiyalari quvvatidan oshib ketdi.
SHu tariqa, mintaqada shamol elektr stansiyalari quvvati 153,7 gigaVatt.ni tashkil etgan bo‘lsa, ulardan olingan elektr energiyasi Evropa mamlakatlarida iste’mol qilinuvchi barcha elektrning 10,4 foiziga teng bo‘ldi. Bundan tashqari, bir yil davomida sohaga kiritilgan investitsiyalar 4 foizga o‘sib, 27,5 milliard evroni tashkil etdi.
Ta’kidlanishicha, shamol energetikasiga eng ko‘p e’tibor hamon Germaniya tomonidan qaratilmoqda, keyingi o‘rinlarda Ispaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bormoqda.
Avvalroq Niderlandiyadagi barcha poezdlar shamol kuchi orqali ishlab chiqariluvchi elektr ta’minotiga butunlay o‘tgani xabar qilingandi.




    1. Download 3,27 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Download 3,27 Mb.