Javob: Qayish va shkiv orasidagi ishqalanish natijasida elektr zaryadlarning qayta taqsimlanishi ro‘y beradi.
Ular ortiqcha biror turdagi elektr zaryadlariga ega bo‘lib qolishadi. Bu zaryadlar biror qiymatga yetganidan
so‘ng ular orasida zaryadlarning o‘tishi, ya’ni uchqun ro‘y beradi.
4. Agar elektroskopning sharchasiga zaryadlangan jism tegdirilsa, yaproqlari nega
ochiladi?
Javob: Bunda elektroskop yaproqlarining ikkalasi ham bir xil zaryadlanib qoladi
va natijada bir– birlarini itarishadi.
5. Ingichka ipga osib qo‘yilgan zaryadlangan sharchaga elektroskoplar
yaqinlashtirildi. Bunda sharcha o‘ng tomonga og‘di (5-rasm).
Bundan qanday
xulosa chiqarish mumkin.
Javob: Demak, chap tomondagi elektroskop va sharchaning zaryadlari bir xil
ismli, yoki bir-birlarini itarishadi. O‘ng tomondagi
elektroskop va sharcha
zaryadlari turli ismli, ya’ni bir-birlarini tortishishadi.
6. Musbat zaryadlangan sharga qo‘limizni tegdirsak, uning massasi o‘zgaradimi?
Agar shar manfiy zaryadlangan bo‘lsa-chi?
Javob: Qo‘limizni tegdirsak, shar zaryadlanib qoladi. Ya’ni unga barmog‘imizdan
qanchadir miqdorda
elektronlar o‘tib yetishmagan elektronlar o‘rnini to‘ldiradi. Sharning massasi esa o‘tgan elektronlar
massalariga teng miqtorda ortadi.
Agar shar manfiy zaryadlangan bo‘lsa ortiqcha elektronlar qo‘limizga o‘tadi. Demak,
manfiy zaryadlangan
sharning massasi qo‘limizga o‘tgan elektronlar massalarining soniga teng miqdorda kamayadi.
7. Zaryadlangan elektroskopning shariga qo‘lni yaqinlashtirsak(tekkizmadan) uning yaproqchalari bir-biriga
yaqinlashadi. Bunga sabab nima?
Javob: Elektroskop yaproqlarining bir-birlariga yaqinlashishiga sabab ulardagi zaryad miqdorining
kamayishidir. Qo‘lni elektroskop shariga yaqinlashtirganimizda (qo‘l juda yaxshi o‘tkazgich) unda
elektroskopnikiga teskari ishorali zaryadlar yig‘iladi (induksiyalanadi). Natijada
elektroskopdagi zaryadlar
sharga yig‘ilib yaproqchalarda kamroq qoladi va ular bir-birlariga yaqinlashishadi.
8. Zaryadlangan elektroskop shariga (tegdirmasdan) zaryadlangan metall tayoqcha yaqinlshtirilgan.
Elektroskop yaproqlarining joylashuvi qanday o‘zgaradi?
Javob: Agar tayoqchaning zaryadi elektroskopning zaryadi bilan bir xil ismli bo‘lsa, yaproqchalar yanada
uzoqlashadi. Bunga sabab elektroskop sharida teskari ishorali zaryadlarning induksiyalanishi va
yaproqchalardagi zaryadlarning yanada ortishidir. Agar tayoqchaning zaryadi
elektroskopning zaryadiga
teskari bo‘lsa yaproqchalar yaqinlashishadi. Bunga sabab zaryadning bir qismi sharda yig‘lib
tayoqchalardagi zaryad miqdorining kamayishidir.
9. Nima uchun elektrostatikada zaryadlangan jismlarni oddiy ipga emas, balki
shoyi ipga olishni tavsiya
qiladilar (Quruq bo‘lishi maqsadga muvofiq)?