Bir xil ishorali ortiqcha elektr zaryadlar jismdagi zaryad miqdori deyiladi. Umumiy zaryad undagi
hamma elektr zaryadlarning algebraik yig‘indisiga teng.
Elektrostatika. Jismlarni zaryadlash (elektrlash) turlari.
Bu jarayonda elektrlanadigan jism elektrlanadi, ya’ni elektr zaryadi oladi.
Bunda zaryadlarning qayta
taqsimlanishi ro‘y beradi va natijada ba’zi jismlarda elektronlar ortiqcha bo‘lib qoladi (jism manfiy
zaryadlanadi), ba’zi jismlarda esa elektronlar kam bo‘lib qoladi (jism musbat zaryadlanadi). Shu bilan birga
elektr zaryadining saqlanish qonuni bajariladi.
Elektrlashning eng qadimgi turi ishqalash bilan elektrlashdir. Bir jism ikkinchisiga ishqalanganda tashqi
kuchlar zaryadlarni ajratish uchun zarur bo‘lgan ishni bajaradi. Qattiq jismlar
kristall panjarasining
defektlarida zaryadlar yig‘ilgan bo‘ladi va ustki qismda teskari zaryadlangan zarralar qatlami hosil qilinadi.
Ular birgalikda elektroneytral bo‘ladi. Tashqi ishqalanish aynan shu qatlamni buzadi va jismning
zaryadlanishi ro‘y beradi.
Kontakt usulida zaryadlangan va zaryadlanmagan jismlar bir-birlariga tegdiriladi. Bunda zaryadlangan
jism zaryadining bir qismi zaryadlanmagan jismga o‘tadi. Ya’ni elektronlarning diffuziyasi ro‘y beradi.
Kontakt usulida zaryadlanish elektroneytral jismlarda ham ro‘y berishi mumkin.
Bunda elektronlarning
diffuziyasini temperaturalar farqi, elektronlar konsentrasiyalarining teng emasligi
ham vujudga keltirishi
mumkin.