|
Elektr o‘tkazgichlar va dielektriklar (o‘tkazmaslar)
|
bet | 6/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 29,26 Kb. | | #233808 |
Bog'liq Elektrodinamika asoslariElektr o‘tkazgichlar va dielektriklar (o‘tkazmaslar).
Ikkita bir xil elektrometr olaylik. Ulardan birining sharchasi elektrlangan
bo‘lsin. Ularni yonma-yon qo‘yib, elektrometrlar sharchalarini shisha tayoqcha
bilan o‘zaro ulaylik. Elektrlangan elektromet
rning ko‘rsatishi o‘zgarmaydi.
Undagi elektr zaryadlari ikkinchi elektrometrga shisha tayoqcha orqali o‘tmaydi (4-a rasm). Bunga sabab,
shisha elekt
rni o‘tkazmaydi.
Endi elektrometrlar sharchalarini metall tayoqcha bilan o‘zaro ulaylik.
Birinchi elektrometrdagi elektr zaryadlari ikkinchi elektrometrga o‘tadi.
Natijada birinchi elektrometr ko‘rsatishi kamayadi, ikkinchisiniki esa ortadi (4-b
rasm). Bunga sabab, metall elektrni yaxshi o‘tkazadi.
Moddalardagi elektronlar miqdori. Erkin elektronlarining miqdoriga qarab
moddalar o‘tkazgichlarga, dielektriklarga va yarim o‘tkazgichlarga ajraladi.
Butun hajmi bo‘ylab elektr zaryadini erkin o‘tkazuvchi moddalar o‘tkazgichlar
deyiladi. Barcha metallar, tuz va kislotaning suvdagi eritmalari hamda yer,
beton, ko‘mir va boshqalar elektr o‘tkazgichlardir. Odam tanasi ham elektrni
o‘tkazadi. O‘tkazgichlar ikki guruhga bo‘linadi: 1) birinchi tur o‘tkazgichlar
(metallar)−ularda zaryad (erkin elektronlar) ko‘chganda kimyoviy o‘zgarish ro‘y
bermaydi; 2) ikkinchi tur o‘tkazgichlar (eritmalar) −ularda zaryadning ko‘chishi
kimyoviy o‘zgarishlarga olib keladi.
O‘zidan elektrni o‘tkazmaydigan moddalar dielektriklar deb ataladi. Dielektriklardan
tayyorlangan buyumlar esa izolyatorlar deyiladi.
«Dielektrik»−grekcha so‘z bolib, «o‘tkazmas» degan ma’noni bildiradi.
«Izolyator» esa lotincha «izolyaro» so‘zidan olingan bo‘lib, «yakkalangan»
degan ma’noni anglatadi. Dielektriklarga barcha turdagi shishalar, pastmassalar,
rezina, kauchuk, sopol, havo kiradi.
Ularda amalda erkin elektronlar mavjud bo‘lmaydi. Yarim o‘tkazgichlar
(germaniy, kremniy va hokazolar) o‘tkazgichlar va dielektriklar oralig‘ida
bo‘ladi.
|
| |