• Asimmetrik sxema
  • Elektron raqamli imzo nima?




    Download 194.03 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/3
    Sana06.05.2023
    Hajmi194.03 Kb.
    #57128
    1   2   3
    Bog'liq
    Elektron raqamli imzo
    httpsmy.soliq.uzsearchtintin pdftin=631998062, 2 Axborotni ximoyalashning doimiy dasturiy aparat vositalari, Yuksak ma\'naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O\'rta Osiyo allomala, gronert2004, 10.1021@ja01646a024, 1, SAMPLE TOPICS AND QUESTIONS(1), kurs ishi haqiqiy, savol 01, 1mustaqil ishi, portal.guldu.uz-3-mavzu MUSTAQIL O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI, С Ў Р О В Н О М А, 4-amaliy ish, 3- lek Maǵlıwmat informaciya xızmeti
    Simmetrik sxema. 
    Simmetrik ERI lar asimmetriklariga nisbatan kam tarqalgan, chunki raqamli 
    imzo konsepsiyasi paydo bo’lgandan so’ng, o’sha vaqtlarda ma’lum bo’lgan 
    simmetrik shifrlarga asosan imzoning effektiv algoritmlarini shakllantirib bo’lmadi. 


    Raqamli imzoning asimmetrik sxemalari, hisoblash qiyin bo’lgan, isbotlanmagan 
    masalalarga asoslanadi va shuning uchun yaqin yillarda ushbu sxemalarni buzish 
    mumkin yoki yo’qligini aytib bo’lmaydi. Bundan tashqari, kriptobardoshlilikni 
    oshirish uchun kalitlar uzunligini oshirish kerak, bu esa ba’zan asimmetrik sxema 
    dasturini qayta yozishga, ba’zida esa qurilmalarni qayta loyihalash zaruriyatini 
    keltirib chiqarad. Simmetrik sxemalar keng o’rganilgan blokli shifrlarga asoslangan. 
    Asimmetrik sxema
    ERI ning asimmetrik sxemalari ochiq kalitli kriptotizimlar turiga kiradi. 
    Raqamli imzo sxemalarida imzolash yopiq kalitni qo’llash orqali, tekshirish esa – 
    ochiq kalit yordamida amalga oshiriladi. 
    Umumiy qabul qilingan raqamli imzo sxemasi uch jarayonni o’z ichiga oladi:
    − Kalit juftligini tanlash. Kalitni tanlash algoritmi yordamida yopiq kalit 
    tanlanadi, keyin esa unga mos ochiq kalit hisoblanadi;
    − Imzoni shakllantirish. Berilgan elektron hujjat uchun yopiq kalit yordamida 
    imzo hisoblanadi;
    − Imzoni tekshirish. Ochiq kalit yordamida hujjat berilganlari va imzoning 
    haqiqiyligi tekshiriladi. 
    Kalitlar juftligini (yopiq va ochiq) hosil qilish uchun ERI algoritmlarida bir 
    yo’nalishli funksiyalarga asoslangan turli matematik sxemalardan foydalaniladi. Bu 
    sxemalar ikki guruhga ajratiladi. Ushbu ajratishning asosida ma’lum murakkab 
    hisoblanadigan masalalar yotadi:
    − katta butun sonlarni faktorialini hisoblash masalasi;
    − diskret logarifmlash masalasi. 
    RSA 
    RSA ning ochiq va yopiq kalitlarini hosil qilish algoritmi 


    Xabarni raqamli imzolash algoritmi 
    Faraz qilaylik, A tomon B tomonga raqamli imzolangan pt=15 habarni 
    jo’natishi kerak bo’lsin. 
    Jo’natuvchi algoritmi 
    Qabul qiluvchi algoritmi 
    Raqamli imzo RSA ning kamchiliklari 


     − Raqamli imzo tizimi RSA uchun n modul, e va d kalitlarni hisoblashda 
    amalda bajarish qiyin bo’lgan katta sondagi qo’shimcha shartlarni tekshirish 
    zaruriyati tug’iladi. Ushbu shartlardan ixtiyoriy birining bajarilmasligi, ushbu 
    kamchilikni aniqlagan tomonidan raqamli imzoning soxtalashtirilishiga olib 
    keladi[5].
    − RSA raqamli imzoning soxtalashtirilishiga kriptobardoshliligini ta’minlash 
    uchun hisoblashga katta xarajatlar talab qiladi (masalan, AQSh milliy shifrlash 
    standarti (DES algoritmi) darajasida ya’ni 1018 bo’lishi uchun, n, d va e ni 
    hisoblashda har biri uchun 2512 dan kam bo’lmagan butun sonlardan foydalanish 
    kerak), bu esa boshqa algoritmlar yordamida xuddi shu darajadagi kriptobardoshli 
    raqamli imzoni yaratishga ketuvchi xarajatdan 20-30% ko’pdir.
    − Raqamli imzo RSA multiplikativ hujumlar bilan bog’liq. Boshqacha 
    aytganda, RSA raqamli imzo algoritmi buzg’unchiga d yopiq kalitni bilmagan holda 
    avval imzolangan hujjatlar xeshlarining ko’paytmasini hisoblagan holda imzoni 
    aniqlash imkonini beradi. 
    Savol va topshiriqlar 
    1. Raqamli imzo nima? 
    2. Elektron imzoning turlari 
    3. Oddiy elektron imzo (SES) 
    4. Kengaytirilgan elektron imzo (AES) 
    5. Malakali elektron imzo (QES) 
    6. Qanday Elektron raqamli imzo qurish sxemalari mavjud. 
    7. RSA asosida raqamli imzolash algoritmi 

    Download 194.03 Kb.
    1   2   3




    Download 194.03 Kb.
    Pdf ko'rish