Ishning maqsadi: Elektron ta’lim resurs yaratish xaqida tushunchalar va
yaratish uchun kerak bo‘ladigan texnik kurilmalar, kompyuterlarda elektron ta’lim
resurs yaratish uchun zaruriy dasturiy taminot bilan tanishish kabi tushunchalarga
ega bo‘lish. Instrumental tizimlardan foydalanib o‘z o‘quv predmeti bo‘yicha
elektron ta’lim resurslarini yaratiщni o‘rganish.
Amaliy tajriba ishini bajarishda zaruriy vositalar va axborot manbalari ta’minoti: - Har bir tinglovchi uchun ishchi kompyuter;
- Courselab dasturi
I. ASOSIY NAZARIY QISM 1. Elektron ta’lim resurslari haqida. Insoniyat faoliyatining aksariyat
jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez o‘zgaruvchan
dinamik turi bo‘lgan ta’lim ham ushbu jaraѐndan chetda qolmadi. Bu holatda
kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e’tiborini tortish, qiziqtirish uchun
ma’lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali tarzda yetkazish
mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi.
Multimedia texnologiyalari (multi – ko‘p, media – muhit) – bir vaqtning
o‘zida ma’lumot taqdim etishning bir nechta usullaridan foydalanishga imkon beradi
: matn, tasvir, audio va video.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik – axborot
muhiti ishlashida foydalanuvchi ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi xisoblanadi.
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy maxsulotlar yaratildi
va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va
boshqa.
Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratish muallifning mahorati,
tajribasi va fantaziyasiga bog‘liq.
Multimediali elektron ta’lim resurslarini yaratishning usullarini shartli
ravishda ikki qismga ajratish mumkin.
- Dasturlash tillaridan foydalangan holda (ko‘p mehnat talab
qilinadi)