|
Elektron resurlarni yaratish texnologiyasi article · January 021 citations reads 20,220 authorsBog'liq QULMURODOVDURBEKI.
Xulosa
Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari
ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni
ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va
qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga
hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini,
Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni
talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi
muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan
resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat.
Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab
tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan
olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi
muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning
nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak
bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli,
grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu
muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak?
– bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat
etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli
jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish
uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi.
Bunday.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi
tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli
ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni ko’proq darajada oqlaydilar, chunki
qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha materiallar ichida amalga oshiriladi.
|
| |