• 1.2 O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar
  • I-BOB. Modda miqdori va sarfini o‘lchash




    Download 290,3 Kb.
    bet3/10
    Sana15.01.2024
    Hajmi290,3 Kb.
    #137332
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    azimjon11111

    I-BOB. Modda miqdori va sarfini o‘lchash.
    1.1 Miqdor va sarfni o‘lchash va ularning asosiy birliklari.
    Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajm (litr, m3 ) yoki massa (kg, t.) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi. Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarf i deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi. Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3 /s, m3 /soat, massa sarfi esa kg/s. kg/soat, t/soat va hokazolarda ifodalanadi.
    Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bo‘ asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi. Bunday asboblar modda sarfi va miqdorini o‘lchashga imkon beradi. Sanoatda keng tarqalgan hisoblagichlar va sarf o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha gruppalarga bo‘linadi.
    Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy gruppalarga ajratiladi:1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:1) bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqlari o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari: 4) o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovush sarf o‘lchagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionizatsion sarf o‘lchagichlar. O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut bug‘, gaz va hokazolarni o‘lchagichlarga bo‘linadi.
    Suyuqlik va gazlar miqdorini hisoblagichlar bilan o‘lchash Suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan hisoblagichlar o‘zlarining ishlash prinsipiga ko‘ra hajm, tezlik va vazn hisoblagichlariga bo‘linadi. Ko‘proq hajm va tezlik hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz miqdorini o‘lchashda hajm hisoblagichlaridan foydalaniladi. Vaqt oralig‘i t1—t2 dagi oqim, massa va energiya yig‘indisini ko‘rsatuvchi o‘lchash asbobi hisoblagich deb ataladi. Hisoblagichlar o‘z funksiyasini quyidagi formulaga muvofiq bajaradi: 𝑄 = ∫ 𝑔 ∙ 𝑑𝑡 bu yerda Q — vaqt oralig‘ida sarflanadigan modda miqdori; g — vaqt birligi ichida modda yoki energiya sarfi.
    Hajm hisoblagichlari modda miqdorini hajm bo‘yicha, tezlik hisoblagichlari esa oqim tezligi bo‘yicha o‘lchaydi. Ikkala hisoblagich ham moddaning asbob ishlab turgan vaqtda undan o‘tgan umumiy miqdorini ko‘rsatedi. Ma’lum vaqt oralig‘idagi modda miqdorini aniqlash uchun olingan davrning boshlanishi va oxiridagi hisoblagich ko‘rsatishini belgilash kerak. Hisoblagich ko‘rsatishlarining farqi shu davr ichida asbobdan o‘tgan modda miqdoriga teng bo‘ladi. Hajm hisoblagichlarining ishlash prinsipi suyuqlik yoki gaz oqimi muayyan miqdorga—porsiya (doza) larga bo‘linib sarflanishi va bu porsiyalar sonini hisoblash yo‘li bilan sarflanayotgan modda miqdorini aniqlashga asoslanadi. Sarflanayotgan porsiyalar soni yig‘indisi hisoblash mexanizmi yordamida aniqlanadi. Hajm hisoblagichlari asosan toza, mexaniq aralashmalarsiz bo‘lgan suyuqlik va gazlar miqdorini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning asosiy afzalliklari o‘lchash hisoblagichlari ovalsimon shesternyali, rotatsion, porshenli, diafragmali, barabanli va xatoligining kichikligi va o‘lchash diapazonining kattaligidir. Tuzilishiga ko‘ra hajm
    boshqa xil turlarga bo‘linadi.

    1.2 O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar
    O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sathni o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar ximiya sanoatida juda agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va suyuqliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfini atmosfera bosimida o‘lchaydi, shuning uchun bu . Ko’rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametr sxemasi.asboblarning ishlatilishi cheklangan . O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) va suyuqlik sathini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath o‘lchagichlar sifatida istalgan asbob ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida bo‘lishi lozim.
    Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylashgan bo‘lishi mumkin, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland bo‘lmasligi kerak.

    Download 290,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 290,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-BOB. Modda miqdori va sarfini o‘lchash

    Download 290,3 Kb.