|
-rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o’lchagich
|
bet | 4/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 290,3 Kb. | | #137332 |
Bog'liq azimjon11111
1.1-rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o’lchagich.
2.1-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rtburchak korpus 2 dan iborat. Shtutserlardan biri korpusning yonida joylashgan va suyuqlikni kiritish uchun, ikkinchisi esa pastda joylashib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun xizmat qiladi. Korpus ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa profillangan teshikln shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pezometrik trubka 1 cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas tsilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Siqilgan havoni rostlovchi va dozalovchi apparatura maxsus 2.1-rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o’lchagich. 116 panelga o‘rnatiladi. Pezometrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfi bilan bir xilda bog‘liq.
Pezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 2.1- rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir. Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: 𝑄𝑥 = 4,43 ∙ 𝑎 ∙ 𝑆0√𝐿 (4.19) bu yerda, a – sarf koeffitsienti; S0 – tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning balandligi.
Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffitsienti tirqishning geometrik shakliga, ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda sarf koeffitsienti a ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffitsientining aniq qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi. Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 m dan, difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 m3 /soat bo‘lgan qurilmaning asosiy xatosi
±3,5%.Induksion (elektromagnit) sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYuK ni o‘lchashga asoslangan. Induksion sarf o‘lchagichning sxemasi 4.2- rasmda ko‘rsatilgan.
1.2-rasm. Elektromagnit sarf o’lchagich.
Magnitning N va S qutblari orasidan magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda suyuqlik truboprovodi 1 o‘tadi. Truboprovodning magnit maydonidan o‘tadigan qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Truboprovod devorlarida bir biriga diametral qarama-qarshi yo‘nalgan o‘lchash elektrodlari 2 o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o‘z zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga berib, ularda Ye EYuK hosil qiladi, u oqim tezligiga proporsional. EYuK ning qiymati, magnit maydoni o‘zgarmas bo‘lganda, elektromagnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadi: E = B D vo‘rt bu yerda B — magnit qutblari oralig‘ida hosil bo‘lgan elektr magnit induksiya, Tl; D —truboprovodning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa). m; vo‘rt — oqimning o‘rtacha tezligi. Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak, 𝐸 = 4𝐵 𝜋𝐷 ∙ 𝑄 Bu formuladan o‘zgarmas magnit maydonida EYuK ning qiymati sarfga to‘g‘ri proporsional ekanligi kelib chiqadi. Hozir induksion sarf o‘lchagichlar elektr o‘tkazish qobiliyati 10-3 . . 10-5
sm/m dan kam bo‘lmagan suyuqliklarda ishlatiladi. O‘zgarmas magnit maydonga ega bo‘lgan inluktsion sarf o‘lchagichlarning asosiy kamchiligi — magnit elektrodlarida qutblanish va galvaniq EYuK ning paydo bo‘lishidadir. Bu kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan 4.2-rasm. Elektromagnit sarf o’lchagich. 118 induksiyalangan EYuK ni to‘g‘ri o‘lchashga yo‘l qo‘ymaydi yoki qiyinlashtiradi.
Shuning uchun o‘zgarmas magnit maydoniga ega bo‘lgan sarf o‘lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi oqimi sarfini o‘lchashda va qutblanish o‘z ta’sirini ko‘rsatishga ulgurmaydigan qisqa vaqtli o‘lchashlarda ishlatiladi.
Hozir induksion sarf o‘lchagichlarning ko‘pchiligida o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar mag- nit maydon τ vaqtda f chastota bilan o‘zgarsa,
EYuK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 𝐸 = 4𝑄𝐵𝑚𝑎𝑥/ 𝜋𝐷 𝑠𝑖𝑛2𝜋𝑓𝜏 bu yerda 𝐵𝑚𝑎𝑥
|
| |