• 2.1-rasm: Sarf o’lchagichlar turlari
  • 2.2-rasm: Sarf o’lchagichlarning asosiy tavsiflari.
  • -Sarf va miqdorni o’lchash




    Download 290,3 Kb.
    bet8/10
    Sana15.01.2024
    Hajmi290,3 Kb.
    #137332
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    azimjon11111

    2.2-Sarf va miqdorni o’lchash.
    Sarfni o'lchash. Umumiy qoidalar va tasnif Suv ta’minoti va kanalizatsiya qurilmalarining texnologik jarayonlarida va umuman suyuqliklar va gazlarning miqdori va sarfmi o'lchash eng mas’uliyatli hisoblanadi. Suyuqlik va gazlarning miqdori va sarfini o'lchaydigan asboblarga sarf o'lchagichlar deyiladi. Ushbu qurilmalar hisoblagichlar (integratorlar) bilan jihozlanishi mumkin. Bunday qurilmalar oqim tezligini va moddaning miqdorini o'lchashga imkon beradi. Modda miqdori deganda - vaqt birligida quvur liniyasi kesimidan o'tadigan modda miqdori tushuniladi. Moddaning miqdori hajm yoki massa birligida (ya’ni m3 yoki kilogrammda) ifodalanadi. Suyuqlik miqdori yetarlicha aniqlikda hajmiy va vazniy usullarda, gaz miqdori esa faqat hajmiy usulda o'lchanishi mumkin. Qattiq va sochluvchan materiallar uchun uyumli yoki hajmiy massa tushunchasi qo'llaniladi, bu sochiluvchan materialning granulometrik tarkibiga bog'liq.
    Aniqroq o'lchash uchun sochluvchan materialning miqdori vaznini aniqlash yo‘li bilan aniqlanadi. Moddaning sarfi - bu vaqt davomida (soat, sutka, hafta va boshq.) quvur liniyasining m a’lum bir qismidan o ‘tadigan modda miqdori. Vazniy sarf kg/s, hajmli - m3/s o'lchanadi.

    2.1-rasm: Sarf o’lchagichlar turlari

    Sarf o’lchagichlar chiqish malumotining turiga va tabiatiga qarab o'zgaradi. Ular quyidagilami ko'rsatishi mumkin: 1) har qanday vaqtda lahzali sarfni (m3/s, m3/soat);


    2) har qanday vaqt oralig'i uchun bir zumdagi sarflar summasi sifatida suyuqlik yoki gaz miqdorini (m3, L). Ushbu qiymatlaming ikkalasini bir vaqtning o‘zida ko'rsatadigan va yozadigan (qayd qiladigan) qurilmalar mavjud. Ishlash prinsipi va o’lchash usuli bo'yicha tasniflash: - hajmli usul; - tezlik usuli; - induktsion; - o'zgaruvchan bosimli; - o'zgarmas bosimli; - ultratovushli; - koriolisli. Sarf o'lchagich sinflari: Sarfo'lchagichlar ish prinsipi va konstruktiv ishlanishiga qarab farq 176 qiluvchi qurilmalar guruhlariga bo‘linadi. Masalan, bosimlar farqiga asoslangan usul bilan ishlaydigan sarfoichagichlari o'zgaruvchan bosim va doimiy bosimli sarfo'lchagichlariga bo‘linadi.


    2.2-rasm: Sarf o’lchagichlarning asosiy tavsiflari.
    Trubkaning ishlash prinsipi o'lchanayotgan muhit oqimining to‘liq bosimi va trubkaning atrofidan o'tayotgan oqim yuzaga keltiradigan statik bosim o'rtasidagi bosimlar farqini (differensial bosim) o'lchashga asoslanadi. Trubka bir qator teshiklarga ega (teshiklar soni naychaning modeliga va quvur liniyasining diametriga qarab belgilanadi), ular o ‘rta qismga nisbatan simmetrik ravishda taqsimlangan. Teshiklaming bir qatori oqim tomon yo‘naltirilgan va o'lchanadigan muhitning umumiy (dinamik va statik bosimlarning yig‘indisini), trubaning qarama-qarshi tomonida joylashgan boshqa qator teshiklari quvur liniyasida faqat statik bosimni qabul qiladi. Trubka quvur ichki diametrining butun uzunligi bo‘ylab oqimga perpendikulyar holda joylashgan. Trubkaning ichida ikkita kamera mavjud bo‘lib, ularda quvur liniyasi kesimida o'rtacha bosimni ko'rsatadi.


    Download 290,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 290,3 Kb.