|
II-BOB. Buykli sath o’lchagich xatoliklarining tahlili. 2.1 Buykli sath o’lchash usuli
|
bet | 7/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 290,3 Kb. | | #137332 |
Bog'liq azimjon11111II-BOB. Buykli sath o’lchagich xatoliklarining tahlili. 2.1 Buykli sath o’lchash usuli.
Suv sathini oichash uchun ishchi suyuqlikka cho'ktirilgan buyokka ta’sir ko‘rsatuvchi itaruvchi kuchni o'lchaydigan buyokli satho'lchagichlar qo'llaniladi. Arximed qonuniga muvofiq, cho‘kayotgan buyokka cho‘kish darasiga va suyuqlik sathiga mos bo‘lgan itaruvchi kuch qiladi. Ushbu kuch tenzoo‘zgartgich yoki induktiv o‘zgartgich (UB-EM), yoki soploni to'sib turuvchi to‘sqich (pnevmatik sathoichagichlar) tomonidan seziladi. Buyokli satho'lchagichlar - 10 m gacha boigan diapazondagi sathni o'lchash uchun mo'ljallangan, harorat - 50 .. + 120 °C va bosim 20 MPa gacha. 0,25..1,5 % aniqlikda. Nazorat qilinadigan suyuqlikning zichligi: 0,4 ... 2 g/sm3.
Buyokli satho'lchagichlar ko'pincha ikki suyuqlikning fazaviy bo'linish sathini o'lchash uchun ishlatiladi. O'zgarmas sathda ishchi muhitning zichligini aniqlash uchun ulardan foydalanish ham mumkin.
Gidrostatik sath o’lchagichlar suyuqlik ustunning bosimini o'lchaydi va uni sath ko‘rsatkichiga aylantiradi, chunki gidrostatik bosim suyuqlik sathi va zichligiga bog'liq va idishning shakli va hajmiga bog‘liq emas.
Ular differensial bosim datchiklar ko‘rinishida tayyorlanadi. Sig'imga ulangan kirishlardan biriga muhit bosimi ta’sir qiladi. Boshqa kirish joyi atmosferaga - ortiqcha bosimsiz ochiq sig'im holatida yoki yopiq bosimli idish holatida ortiqcha bosim zonasiga ulanadi.
Afzalliklari: oson sozlash, maqbul aniqlik Cheklovlar: mahsulotning nisbiy zichligiga bog'liq.
Chegaraviy sathning tebranish datchigi Datchik - bu havoda aks sado beradigan (rezonans) tebranish vilkasi yoki o'q ko'rinishida bo'ladi. Tebranish vilkasi mahsulot bilan qoplanganida, rezonans chastotasi pasayadi. Tebranishlar chastotasi yoki amplitudasining o'zgarishi chiqish signaliga o'zgartiriladi.
Datchiklar sochiluvchan mahsulotlar yoki suyuqliklar uchun ishlab chiqiladi (farqi tebranish chastotasida va ba’zan vilkaning shaklida). Afzalliklari: universal usul, sozlash talab qilinmaydi, o'rnatish qulayligi, arzon narxlar Cheklovlar: zarracha o‘lchamlari vilkasini blokirovka qilishi mumkin bo'lgan don mahsulotlariga mos kelmaydi. 1.1rasm:chegaraviy sathning tebranish datchigi.
Buyokli sath o'lchagichlar Suv sathini o‘lchash uchun ishchi suyuqlikka cho'ktirilgan buyokka ta’sir ko‘rsatuvchi itaruvchi kuchni o‘lchaydigan buyokli satho'lchagichlar qo'llaniladi. Arximed qonuniga muvofiq, cho'kayotgan buyokka cho'kish darajasiga va suyuqlik sathiga mos b oigan itaruvchi kuch talab qiladi.
Ushbu kuch tenzoo'zgartgich yoki induktiv o‘zgartgich (UB-EM), yoki soploni to'sib turuvchi to'sqich (pnevmatik sathoMchagichlar) tomonidan seziladi. Buyokli sathoMchagichlar - 10 m gacha bo'lgan diapazondagi sathni o'lchash uchun mo'ljallangan, harorat - 50 .. + 120 °C va bosim 20 MPa gacha. 0,25.. 1,5 % aniqlikda.
Nazorat qilinadigan suyuqlikning zichligi: 0,4 ... 2 g/sm3. Buyokli sathoMchagichlar ko'pincha ikki suyuqlikning fazaviy boMinish sathini oMchash uchun ishlatiladi. O'zgarmas sathda ishchi muhitning zichligini aniqlash uchun ulardan foydalanish ham mumkin. Ultratovushli sath datchiklari Ekolokatsiya usuli sensor tomonidan chiqarilgan tovush impulsining tarqalish vaqtini o'lchashga asoslangan. Impuls yuzadan aks etadi va xuddi shu sensor tomonidan qabul qilinadi. Signalning o'tish vaqti sig'imning bo'sh qismining balandligini ko'rsatadi. Afzalliklari: mahsulot bilan kontakt qilmaslik, turli xil suyuqliklar va sochiluvchan mahsulotlar uchun mos.
Cheklovlar: mahsulot yuzasida ko‘pik bo'lmasligi kerak, yuqori bosim va haroratga mos kelmaydi, vakuum uchun mos emas.
Mikroto'lqinli sath datchigi yordamida modda yuzasidan aks etayolgan mikroto'lqin impulsining tarqalish vaqti o'lchanadi. Impulsni zond bo'ylab o'zak shaklida yo'naltirish mumkin. Afzalliklari: turli xil mahsulotlar uchun mos, mahsulot bilan kontakt qilmaslik, yuqori bosim va harorat uchun mos, usulning yuqori aniqligi 1 mm gacha. Cheklovlar: mahsulot talab etilgan darajadagi nisbiy dielektrik o'tkazuvchanlikka ega bo‘lishi kerak. Sig'imli sath datchigi Sisternaning devorlari (yoki boshqa idishlar) kondansator plitalari rolini bajaradi. Ushbu kondensatorning sig'imi plitalar orasidagi mtuhitga bog'liq.
Moddaning sathi o‘zgarganda, kondensatorning sig'imi o'zgaradi. Afzalliklari: chegaraviy va doimiy sathni o'lchash uchun mos, fazalami ajratish sathini nazorat qilish uchun ishlatilishi mumkin, sochluvchan va suyuq mahsulotlar uchun qo'llanilishi mumkin, yuqori korroziyali muhit uchun mos. Cheklovlar: o'zgaruvchan dielektrik xususiyatlarga ega mahsulotlar uchun mos emas. Magnitostriksion sath datchigi Magnitostriksion sath datchigida chulg'am ichiga joylashgan yo'naltiruvchi qalqovucho'zak to'lqiri moslamasini o'z ichiga oladi va u orqali tok impulslari uzatiladi.
Tokning magnit maydonlari va harakatlanuvchi magnit ta’siri ostida to‘lqin moslamasi bo'ylab tarqaladigan uzunlama deformatsiya impulslari paydo bo‘ladi va u o‘q yuqorisida joylashgan piezoelement tomonidan qabul qilinadi. Qurilma impulslarning tarqalish vaqtini tahlil qiladi va uni chiqish signallariga aylantiradi. Afzalliklari: usulning yuqori aniqligi 1 mm gacha. muhit
Mikroto’lqinli refleksion sath o'lchagich.Yo‘naltirilgan mikroto'lqinli satho'lchagich boshqa qurilmalardan foydalanish qiyin bo'lgan hollarda qo'llaniladi, masalan, changning yuqori miqdori yoki energiya yetishmasligi tufayli ultratovashli qurilmalar ishlamay qoladi. Ushbu sath datchigi to'lqin moslamasi bo'ylab harakatlanadigan va dielektrik doimiyidagi keskin o'zgarish chegarasida aks ettirilgan elektromagnit impulslardan foydalanadi, bu havo va mahsulot o'rtasidagi chegarani anglatadi. Chiqarilgan impulslar juda past kuchga ega va zond bo'ylab to'plangan, shuning uchun nurlantirilgan energiya deyarli yo'qolmaydi, Bu shuni anglatadiki, aks etib tarqalayotgan signalning kuchi (amplituda) zondning uzunligidan qat’iy nazar deyarli bir xil bo'ladi. Sath o'lchash asboblarining ekspluatatsion xususiyatlari Sath oichash vositalarining barqaror ishlashini ta’minlash uchun kunlik texnik xizmat ko'rsatishni ta’minlash kerak: uskunaning to‘liqtigi, ulanishlarning germetikligi, yerga ulanishning mavjudligi, isitish tizimining holati va ishonchliligi, alohida uzel va kabel elementlarida mexanik shikastlanishning yo'qligi va siqilgan havo bilan ta’minlangan bosimning to‘g‘riligini nazorat qilish.
Ishlash holati tekshiruvini uzilgan va mahsulotlardan ozod qilingan sath oichash kolonkasida amalga oshiriladi. Sath oichash kolonkasini uzish pastki qismni, keyin yuqori qismini ketma-ket uzish bilan amalga oshirilishi kerak. \ Sath oichash kolonkalarini ulash teskari tartibda, avval yuqori qismni, keyin esa pastki qismini ulash orqali amalga oshirilishi kerak. Qish mavsumida ish paytida asboblar shkaflari, impulsli quvur oikazgichlari, sath o'lchash kolonkalarining isitiladigan liniyalari • holatiga alohida e’tibor berish kerak. Muzlashning dastlabki belgilari - bu sath ko'rsatkichlarining o'zgarmay qolishligi yoki chiqish maksimal qiymatiga keskin ko'tarilishi hisoblanadi.
|
| |