• 1.3-rasm. O’zgaruvchan magnit maydonli induktsion sarf o’lchagich.
  • Elektronika




    Download 290,3 Kb.
    bet5/10
    Sana15.01.2024
    Hajmi290,3 Kb.
    #137332
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    azimjon11111

    = 𝐵 /𝑠𝑖𝑛2𝜋𝑓𝜏 — induksiyanish amplituda qiymati. O‘zgaruvchan magnit maydonida elektroqimyoviy jarayonlar o‘zgarmas maydonga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan magnit maydonli induksion sarf o‘lchagichning prinsipial sxemasi 4.13rasmda ko‘rsatilgan. Chizmada quyidagi belgilar qabul qilingan: SBEO‘ — o‘zgaruvchan magnit maydonli sarf o‘lchagichning birlamchi elektromagnit o‘zgartgichi; Magnit maydon elektromagnit 4 yordamida hosil bo‘ladi: OK—oraliqdagi o‘lchash
    kuchaytirgichi 0...5 mA o‘gzarmas tok chiqish signaliga ega bo‘lgan o‘zgartgich; O‘A— o‘lchov asbobi, integrator va hokazo; R — qarshilik.

    1.3-rasm. O’zgaruvchan magnit maydonli induktsion sarf o’lchagich.
    Quvur 1 ning nomagnit qismi ichida elektromagnit 4 yordamida teng bo‘linmali magnit maydon hosil bo‘ladi. Suyuqlikda magnit maydoni ta’sirida hosil bo‘lgan EYuK suyuqlik sarfiga to‘g‘ri mutanosib bo‘lib, elektrodlar 2 va 3 orqali oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichiga uzatiladi, bu yerda,n sarfga mutanosib kuchlangan signal chiqadi.
    Kuchlangan signal sarf birligida darajalangan o‘lchash asbobiga keladi. Unifikatsiyalashgan elektr chiqish signalining (O...5mA) mavjudligi ikkilamchi nazorat asboblarini qo‘llashga imkon beradi. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bular inersion emas, bu hol tez o‘zgaruvchan sarflarni o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida ishlatishda juda muhim. O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi zarrachalar va gaz pufakchalari ta’sir qilmaydi.
    Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga (qovushqoqlik, zichlik) va oqim harakteriga (laminar, turbulent) bog‘liq emas. Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning kamchiliklariga o‘lchanayotgan muhit elektr o‘tkazuvchanligi qiymatining minimalligiga qo‘yilgan talabni kiritish lozim, bu ularni qo‘llanish doirasini cheklaydi. O‘lchash sxemasining murakkabligi. Induksion sarf o‘lchagichlar 1...2500 m3 /soat va undan katta chegarada diametri 3...1000 mm va undan katta quvurlarda, suyuqlikning chiziqli tezligi 0,6... 10 m/s gacha bo‘lganda, sarf o‘lchashlarni ta’minlay oladi. Asboblarning aniqlik sinfi 0,6; 1; 1,5; 2; 2,5.
    Ultratovushli sarf o‘lchagichlar. Ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklar, shuningdek, tez o‘zgaruvchan va pulslanuvchi oqimlar, ayniqsa, elektr o‘tkazmaydigan suyuqliklar sarfini o‘lchashda induksion sarf o‘lchagichlarni ishlatib bo‘lmagan hollarda ultratovushli qurilmalardan foydalaniladi. Sarf o‘lchashning ultratovushli usuli trubaga nisbatan ultratovush tezligining oqim tezligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tovush to‘lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi fakat tovushning tezligiga emas, balki harakat qiluvchi muhitning tezligi bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Sarfni o‘lchashning ultratovushli prinsipi shunga asoslangan. Agar tovush to‘lqini oqim yo‘nalishida harakat qilsa, ularning tezligi qo‘shiladi, tovush oqimga qarshi yo‘nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. Ultratovushning oqim bo‘yicha va unga qarshi yo‘nalishdagi tezligining farqi oqim tezligiga, binobarin, oqayotgan suyuqlik sarfiga proporsional. Ultratovushli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi quyidagilarga asoslangan: 1) ultratovushning oqim bo‘ylab va unga 120 qarshi yo‘nalish- dagi vaqt tafovutini o‘lchash; 2) ultratovush tebranishlarining oqim bo‘ylab va unga qarshi yo‘nalishdagi tebranishlari fazalarining siljishini o‘lchash; 3) avtotebranishlar sxemasi vujudga keltirgan va shu bilan birga oqim bo‘ylab hamda unga qarshi yo‘nalishda hosil qilingan ultratovush tebranishlari chastotasining ayirmasini o‘lchash. Ultratovushli sarf o‘lchagichlardan birining tuzilish sxemasi 2.4-rasmda ko‘rsatilgan. Bu asbob ikki kanalli fazaviy sxema bo‘yicha ishlaydi. Ultratovushli sarf o‘lchagichlar quyidagi asosiy qismlardan iborat: UTG- ultratovush generatorining ta’minlash manbai; NO‘1, va NO‘2 nurlanuvchi o‘zgartkichlar;
    QP1 va QP2-qabul qiluvchi pezoo‘zgartkichlar; FQ-faza o‘zgartiruvchi qurilma, fazaviy siljishlarni o‘zgartgichlar kanali assimmetriyasi yo‘li bilan bartaraf etadi; Kelektron kuchaytirgich, O‘A - o‘lchash asbobi. O‘lchash asbobi sarf birligida darajalanadi. Pezoelementlar sifatida, ko‘pincha, bariy titanatdan ishlangan plastinkalar ishlatiladi.


    Download 290,3 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 290,3 Kb.