• O„lchash vositalarining asosiy elementlari.
  • I-BOB. Sath va sathni o„lchash qurilmalari haqida umumiy




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/12
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,47 Mb.
    #123132
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    KURS ISHI NAMUNA
    3-амалий машғулот, istochniki-rekonstruktsii-drevnih-karavannyh-putey-v-stepyah-tsentralnoy-evrazii, РУССКИЙ, 1. уланович umk psiholingvistika, nazariy1, 22-133 G\'aniboyev Nursaidbek (Ta\'limotlar tarixi), biometriya(fan dastur), @KutubxonaaN1Jorj Oruell-Molxona, 9-Mavzu. Texnik loyihalash va modellashtirishning moddiy sharoit, nomoz123, 1 kunlik sayohat, Kiberxavfzislik fanidan-fayllar.org, 4, 2-laboratoriya ishi
    I-BOB. Sath va sathni o„lchash qurilmalari haqida umumiy 
    ma‟lumotlar. 
    1.1. O„lchash va tekshirish xakida umumiy tushunchalar. 
    Texnologik jarayonlarni boshkarish, tekshirish va rostlash mexnat qurolining 
    sifatini va ob‟ektning texnologik parametrlarini maqsadga muvofiq o„zgarishi 
    to„g„risidagi va shuningdek energiya xamda moddiy resurslarning miqdor 
    o„zgarishlari to„g„risidagi ko„p sonli o„lchov axborotlariga ishlov berish asosida 
    mavjud bo„ladi. Ishlab chiqarish jarayonlari borishida texnologik parametrlarning 
    (tem-ra, bosim, og„irlik, zichlik, namlik, mexaniq ko„chish, kuchlanish, tezlik va 
    boshkalar) o„zgarishi to„g„risidagi axborot o„lchov asboblari yordamida olinadi. 
    SHu tufayli avtomatlashtirish masalasini xal qilishda o„lchash usullari, texnik 
    vositalar to„g„risidagi fan metrologiyaga va o„lchash texnikasi to„g„risidagi 
    qonunlarga amal qilib, o„lchash aniqliklarini oshirishga katta e‟tibor beriladi. 
    Ma‟lumki, xodisa yoki jarayonni xarakterlovchi miqdor to„g„risidagi 
    axborotni o„lchov asbobi orqali xosil qilish "o„lchash",- deb ataladi. 
    O„lchashning asosiy tenglamasi quyidagicha. 
    A=nq
    (1.1.) 
    bu erda: 
    A- o„lchanadigan miqdor: 
    n- o„lchanadigan miqdorning son kiymati: 
    q- o„lchov birligi. 
    Agar o„lchov birligi va o„lchanadigan miqdorning o„lchovi bir turli 
    bo„lmasa, bunday xollarda o„lchash uchun "o„lchov o„zgartgich" deb ataladigan 
    o„lchov asboblari ko„laniladi. 
    O„lchash vositalarining asosiy elementlari. 
    O„lchash o„zgartgichlari - bu keyinchalik o„zgartgich, qayta ishlash, 
    saqlashni uzatish uchun mo„ljallangan o„lchash vositalari xisoblanib, axborotni 
    to„g„ridan-to„g„ri kuzatuvchi tomonidan qabul qilishning imkonini bermaydi. 
    O„lchash o„zgartgichlari kuyidagilarga bo„linadi: 



    1. Birlamchi o„zgartgichlar - bular o„lchanayotgan kattalik bilan bevosita 
    munosabatda bo„ladi. O„lchash zanjirida bu o„zgartgichlar birinchi bo„lib, 
    o„lchanayotgan fizik kattalikni keyinchalik foydalanishga qulay ko„rinishga 
    (xolatga) dastlab o„zgartirishga mo„ljallangan. 
    2. Oralik 
    o„zgartgichlar 

    bular 
    o„lchash 
    zanjirida 
    birlamchi 
    o„zgartgichlardan keyin joylashib, barcha kerakli o„zgartirishlarni amalga 
    oshirishga mo„ljallangan (ko„paytirish, to„g„rilash, tekislash va xokazo). 
    3. Uzatuvchi o„zgartgichlar - bular o„lchashdan olingan axborotlarni 
    masofaga uzatish uchun mo„ljallangan. 
    O„lchov asboblari - o„lchash axborotini kuzatuvchi qabul qilishiga qulay 
    ko„rinishdagi signal tarikasida uzatish uchun mo„ljallangan (elektrik, pnevmatik
    optik va x). Asboblar oniy xamda rakamli turlarga bo„linadi. 
    Oniy asboblar - ularning ko„rsatishga o„lchanayotgan kattalikning uzluksiz 
    funksiyasi xisoblanadi. 
    Rakamli asboblar - ularda ko„rsatish uzlukli bo„lib, rakamlar ko„rinishida 
    ko„rsatiladi . 
    O„lchanayotgan axborot ko„rinishiga nisbatan o„lchov asboblari 
    kuyidagi guruxlarga bo„linadi: 
    1. Ko„rsatuvchi asboblar - fakat ko„rsatish xisobini ta‟minlaydi. 
    2. Kayd etuvchi asboblar - fakat ko„rsatishni kayd etishni ta‟minlaydi. Bu 
    asboblar ikki asosiy turdan iborat:
    O„ziyozar asboblar - ular ko„rsatishni grafik tasvir ko„rinishida ifodalaydi. 
    Pechatlovchi asboblar - ular ko„rsatishni rakamlar orkali ifodalaydi (yozadi). 
    3. Integrallovchi asboblar - bularda o„lchanayotgan kattalik vakt bo„yicha 
    yoki unga boglik bo„lmagan o„zgaruvchi ta‟sirida integrallanadi. 
    4. Kushuvchi asboblar - bularda turli kanallar orkali kelayotgan ikki yoki 
    undan ortik kattaliklar yigindisi - asbob ko„rsatishi bilan funksional boglikdir. 

    Download 1,47 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I-BOB. Sath va sathni o„lchash qurilmalari haqida umumiy

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish