140
sifatida ishlatiladi. Ularning ishlash tamoyili o‘zgarmas tok mashinalarining ish tamoyiliga yaqin.
O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari amalda kam ishlatiladi.
Elektr mashinalarning ferromagnit o‘zagi (magnit o‘tkazgichi) va chulg‘amlari uning asosiy aktiv
qismlaridir. Qolganlari
mashinaning pishiqligini, mustahkamligini, uning aylanishini va sovitilishini
ta’minlovchi konstruktiv qismlardir (11.1-rasm) .
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. Bunday mashinalarning statori
uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki tomonidan berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda
statorning korpusi ichida maxsus yupqa elektrotexnika po‘lat plastinkalaridan yig‘ilgan pulat o‘zakdan
iborat. Po‘lat o‘zak pazlariga, fazoda bir–biriga nisbatan I20°
siljigan, uchta chulg‘am o‘rnatilgan. Bir fazali
mashinalar statorida bitta chulg‘am bo‘ladi.