• Kuchlanish transformatorlari
  • O‘lchov transformatorlari -




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

    O‘lchov transformatorlari - Oddiy elektr o‘lchov asboblarini to‘g‘ridan–to‘g‘ri yuqori kuchlanishli 
    (masalan: 10, 35, 110 kV) va katta tokli (masalan: 200, 400, 600 A va hokazo) zanjirlarga ulash mumkin 
    emas. Yuqori kuchlanish va katta tokni to‘g‘ridan–to‘g‘ri o‘lchaydigan elektr o‘lchov asboblari amalda 
    ishlatilmaydi. SHuning uchun elektr o‘lchov asboblari yuqori kuchlanishli va katta tokli zanjirlarga maxsus 
    o‘lchov transformatorlari orqali ulanadi. O‘lchov transformatorlari elektr o‘lchov asboblariniig o‘lchash 
    chegaralarini kengaytirish hamda o‘lchash zanjirlarini yuqori kuchlanishlardan ajratish uchun ishlatiladi.
    O‘lchov transformatorlari ikki xil bo‘ladi: 
    1. Kuchlanish transformatorlari;
    2. Tok transformatorlari.
    1. Kuchlanish transformatorlari o‘lchanishi lozim bo‘lgan yuqori kuchlanishni o‘lchanishi qulay 
    bo‘lgan past kuchlanishga, ya’ni 100 V gacha(yoki 100/
    V gacha); tok transformatori o‘lchanishi lozim 
    bo‘lgan katta tokni o’lchash qulay bo‘lgan kichkina tokka, ya’ni 1 yoki 5 A gacha kamaytirib beradi. 
    Kuchlanish transformatori po‘lat o‘zak va ikkita chulg‘amdan iborat kichik quvvatli oddiy 
    transformatordir. Uning o‘ramlar soni ko‘p bo‘lgan birlamchi chulg‘ami (qismalari 
    A - X
    ) ga o‘lchanishi 
    lozim bo‘lgan yuqori kuchlanish 
    U
    1
    beriladi. O‘ramlar soni kichik bo‘lgan ikkilamchi chulg‘amiga ichki 
    qarshiligi katta bo‘lgan o‘lchov asboblari (masalan, voltmetr, vattmetr yoki schyotchiklarning kuchlanish 
    g‘altaklari) parallel ulanadi (10.7–rasm).
    Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ulanadigan o‘lchov asboblarining
    qarshiliklari katta (masalan, 1000 Om va undan ortiq) bo‘lgani uchun bu zanjirda tok juda kichkina 


    133 
    bo‘ladi. Demak, kuchlanish transformatori oddiy kuch transformatorining salt ishlash sharoitiga yaqin 
    sharoitda ishlaydi. Kuchlanish transformatorining birlamchi chulg‘amiga turli qiy–matli katta kuchlanish 
    berilganda uning ikkilamchi chulg‘amining kuchlanishi Ů
    2
    100 V bo‘ladi. Demak, kuchlanish 
    transformatori o‘lchanishi lozim bo‘lgan yuqori kuchlanishni 100 V gacha kamaytirib berar ekan. 
    10.7 – rasm. Kuchlanish transformatorining ulanish sxemasi. 
    Kuchlanish transformatorida tok qiymati juda kichkina bo‘lgani uchun uning chulg‘amlari 
    qarshiligida kuchlanish pasayishini e’tiborga olmasa ham bo‘ladi. Bunda: Ů
    1
    -Ė
    1
    va Ů
    2
    =Ė
    2
    bo‘ladi. 
    Kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: 
    .
    2
    1
    2
    1
    2
    1
    U
    U
    Е
    Е
    К
    к
    (10.5) 
    Transformatsiya koeffitsienti transformatorning pasportida ko‘rsatiladi. Ikkilamchi chulg‘amiga 100 
    V li voltmetr ulanadi. U holda birlamchi (yuqori) kuchlanish quyidagicha aniqlanishi mumkin: 
    Ů
    1
    =
    K

    ∙ Ů
    2
    . (10.6) 
    Kuchlanish transformatori ishlaganda uning chulg‘amlaridan kichkina tok o‘tib turadi. Bu sharoitda 
    Ů
    1
    Ė
    1
    va 
    U
    2

    E

    bo‘ladi. Bunday o‘lchashda xatolikka yo‘l qo‘yiladi. O‘lchashdagi nisbiy xatolik quyidagicha 
    aniqlanadi: 
    %
    100
    1
    1
    2
    U
    U
    К
    U
    f
    к
    н
    (10.7) 
    Kuchlanish transformatorlari ikkilamchi chulg‘amining nominal quvvati 20 . . . 100 VA gacha boradi. 
    Kuchlanish transformatorining yuqori va past kuchlanish chulg‘amlari umumiy o‘zakda joylashadi. 
    Chulg‘amlar izolyatsiyasi buzilsa ikkilamchi chulg‘amda yuqori kuchlanish hosil bo‘lishi mumkin, bu 


    134 
    xodimlar uchun juda xavflidir. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va transformatorning 
    magnit o‘tkazgichi yerga ulab qo‘yilishi kerak. Odatda, 6 kV gacha kuchlanishli transformatorlar quruq 
    transformatorlar hisoblanadi, ya’ni ular havo bilan sovitiladi. Undan ortiq kuchlanishda moy bilan 
    sovitiladigan kuchlanish transformatorlari qo‘llaniladi. Kuchlanish transformatorlari ham bir va uch fazali 
    bo‘ladi. Uch fazali transformatorning chulg‘amlari yulduz usulida ulanadi. NOM–b, NOM–10, NTM–10 va 
    hokazo rusumli kuchlanish transformatorlari ko‘p ishlatiladi. Kuchlanish transformatorlari birlamchi 
    chulg‘amining kuchlanishi 380 V dan 400 kV gacha bo‘lishi mumkin. 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish