• Payvandlash transformatorlari
  •   Maxsus transformatorlar




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/148
    Sana13.01.2024
    Hajmi7,5 Mb.
    #136300
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   148
    Bog'liq
    ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

    10.4 
    Maxsus transformatorlar. 
    Amalda turli sohalarda juda ko‘p xil transformatorlar ishlatiladi. Avtotransformatorlar, bir yoki uch 
    fazali uch chulg‘amli transformatorlar, o‘lchov transformatorlari, payvandlash transformatorlari
    o‘zgaruvchan tok chastotasini o‘zgartiruvchi transformatorlar, fazalar sonini o‘zgartiruvchi 
    transformatorlar, sinov transformatorlari; radio, televidenie, aloqa va avtomatika qurilmalarida 
    ishlatiladigan transformatorlar maxsus transformatorlar hisoblanadi. 
    Payvandlash transformatorlari - payvandlashning turiga qarab turli konstruktsiyada 
    tayyorlanadi. Ular elektr yoyi yordamida yoki kontakt usulida payvandlash qurilmalarida ishlatiladi. 
    Payvandlash transformatori tarmoq kuchlanishini pasaytiruvchi oddiy bir fazali ikki chulg‘amli 
    transformatordir. Bunday transformator uchun ikkilamchi chulg‘amning qisqa tutashish sharoitida 
    ishlashi normal sharoit hisoblanadi. Qisqa tutashish tokining qiymatini kamaytirish maqsadida 
    chulg‘amlarning induktiv qarshiligi katta qilib tayyorlanadi. Shuning uchun payvandlash 
    transformatorlarining quvvat koeffitsienti kichkina bo‘ladi. Induktiv qarshilikni kattalashtirish uchun 
    bunday transformatorlarda maxsus konstruktsiyadagi chulg‘am yoki ikkilamchi chulg‘am zanjiriga 
    qo‘shimcha induktiv qarshilik ulanadi.
    Chulg‘amning induktiv qarshiligini kattalashtirish uchun sochilish oqimi qiymatini kattalashtirish 
    lozim. Buning uchun chulg‘am o‘zakning ikkita yoki bitta sterjenida turli balandlikda o‘rnatiladi. Magnit 
    o‘tkazgichda magnit shuntlarni qo‘llash ham sochilish oqimini va chulg‘amning induktiv qarshiligini ancha 
    oshiradi (10.5–rasm, a).
    Payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘amining kuchlanishi 60 . . .70V va nominal yuklama 
    bilan ishlaganda 30 V bo‘ladi. Elektr yoyning uzluksiz va turg‘un yonib turishi uchun zanjirda tok deyarli 
    o‘zg‘armasligi, induktivlik esa ancha o‘zgarishi lozim. Payvandlash zanjirida tokni rostlash uchun 
    transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga magnit o‘tkazgichli induktiv g‘altak ketma–ket ulanadi (10.5.–
    rasm, b). 
    Payvandlash toki induktiv g‘altakning reaktiv qarshiligini o‘zgartirib rostlanadi. Tok qiymati elektrod 
    diametriga qarab tanlanadi. Induktiv g‘altakning o‘zagi qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan iborat. 
    G‘altakning reaktiv qarshiligi uning qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan o‘zaklari orasidagi masofaga bog‘liq 
    bo‘ladi. 


    131 
    Havo oralig‘i (δ) katta bo‘lsa, g‘altakning reaktiv qarshiligi kamayadi, zanjirda tok qiymati oshadi va 
    aksincha. Havo oralig‘ini o‘zgartirib zanjirda payvandlash tokini 70 A dan 300 A gacha o‘zgartirish mumkin. 
    Payvandlash vaqtida ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi 30 V gacha kamayishi mumkin.
    10.5-rasm. a – magnit shuntli payvandlash transformatiri, b – reaktiv g’altakli 
    payvandlash transformatiri, c - payvandlash transformatirining tashqi tavsifi. 
    Bitta transformator bir nechta payvandlash apparatni ta’minlashi mumkin, lekin har bir apparat 
    o‘zining alohida reaktiv g‘altagiga ega bo‘lishi kerak. Reaktiv g‘altak payvandlash qurilmasining tashqi 
    tavsifni keskin tushuvchi qilib uning egriligini oshiradi (10.5.–rasm, c) Amalda induktiv g‘altak 
    transformator bilan bir butun qurilma sifatida tayyorlanishi ham mumkin.
    Turli sohalarda STE–22, STE–34, STN–500 va boshqa markali payvandlash transformatorlari keng 
    ishlatiladi. (10.6 – rasm) STE–34 markali payvandlash transformatorining texnik tavsifi quyidagicha: 
    P
    n
    =30 
    kVA; 
    U
    1
    /
    U
    2
    = 220/60 V; 
    I
    1
    /
    I
    2
    =147/500 A; salt ishlash toki 3,4%; o‘zak markasi E41 = 0,5; FIK 93%; tok 
    zichligi 3,2 A/mm
    2
    . Induktiv g‘altakniki: kuchlanishi 50 V, po‘lat markasi 341-0,5; tok zichligi 3,48 A/mm
    2



    132 
    10.6-rasm. Payvandlash transformatorining tuzilishi. 

    Download 7,5 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   148




    Download 7,5 Mb.
    Pdf ko'rish