Uch fazali transformatorlar




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/148
Sana13.01.2024
Hajmi7,5 Mb.
#136300
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   148
Bog'liq
ELEKTROTEHNIKA VA ELEKTRONIKA oquv qollanma

10.3 
Uch fazali transformatorlar. 
Uch fazali transformatorlarning tuzilishi 10.4-rasmda keltirilgan. Ularning ishlatilishida ko‘pincha bir 
fazali iste’molchilarning transformator uchala fazalariga notekis taqsimlanishi, shuningdek, bir fazali va 
ikki fazali qisqa tutashuvlar natijasida hosil bo‘luvchi avariya rejimlari yoki biror faza o‘tkazgichining 
uzilishi natijasida transformatorning uchala fazasida toklarning notekis taqsimlanishini ko‘rish mumkin. 
Buning natijasida transformator ikkilamchi chulg‘ami kuchlanishining nosimmetrik iste’molchilarda 
ko‘pgina noqulayliklar tug‘diradi.
10.4 – rasm. Uch fazali kuch transformatorining tuzilishi. 


129 
Masalan, o‘zgaruvchan tokli uch fazali yuritgichlarni nosimmetrik kuchlanish bilan ishlatilsa, uning 
quvvati kamayadi; cho‘g‘lanma lampalar oshirilgan kuchlanishda ishlasa, uning xizmat muddati keskin 
qisqaradi, pasaytirilgan kuchlanishlarda esa yorug‘lik kuchi keskin kamayadi. Nosimmetrik yuklanish 
transformatorlarning o‘ziga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi: ayrim chulg‘amlarda o‘ta yuklanish vujudga 
keladi; faza kuchlanishlar oshib ketadi va magnit o‘tkazgichlarning o‘ta to‘yinishiga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun transformatordagi nosimmetrik yuklanish jarayonlarini o‘rganish muhim amaliy 
ahamiyatga ega, chunki u yoki bu nosimmetrik yuklanishning natijalarini oldindan bilish, iste’molchi va shu 
bilan birga, transformatorning normal ishlash qobiliyatlari, nosimmetrik yuklanishning qanday 
qiymatlarigacha saqlanishi haqida takliflarni ishlab chiqishga imkon beradi. 
Transformatorning nosimmetrik rejimlarini o‘rganishdan maqsad birlamchi liniya kuchlanishlari 
CA
BC
AB
U
U
U



,
,
va yukning nosimmetrik to‘la qarshiliklari berilgan bo‘lsa, transformator ishini 
xarakterlovchi hamma boshqa qiymatlarni ikkilamchi faza va liniya toklari va kuchlanishlari, birlamchi faza 
va liniya toklari va faza kuchlanishlarini aniqlashdir.
Transformatorning nosimmetrik yuklanishini o‘rganishda simmetrik tashkil etuvchilar usuli keng 
qo‘llaniladi. 
Transformatorlar ishlashi jarayonida ular shikastlanganda (avariya) yoki ta’mirlash ishlarini olib 
borganda iste’molchini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash masalasi turadi. Buni amalga oshirishda 
ikki (yoki undan ko‘p) transformatorlarni parallel ulash usuli keng qo‘llaniladi. Undan tashqari, bunday 
ulash natijasida parallel ishlayotgan transformatorlarning sonini o‘zgartirib, ularning maksimal FIK lari 
bilan, hamda ularning har birini optimal ishlashlarini ta’minlash mumkin. 
Transformatorlar parallel ulanganda, ular har birining birlamchi chulg‘amlari ta’minlovchi 
tarmoqqa, ikkilamchisi esa iste’molchining tarmog‘iga ulanadi. 
Transformatorlarni parallel ulash uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 
1) parallel ulanayotgan transformatorlarning birlamchi nominal kuchlanishlari o‘zaro va 
ikkilamchi nominal kuchlanishlari o‘zaro teng bo‘lishlari kerak, 
2)
parallel ulanayotgan transformatorlarning ulanish guruhlari bir xil bo‘lishi shart; 
3)
qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv va induktiv tashkil etuvchilari o‘zaro teng 
bo‘lishlari kerak. 


130 

Download 7,5 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   148




Download 7,5 Mb.
Pdf ko'rish