135
Ikkilamchi chulg‘am zanjiriga ulangan asboblarning qarshiliklari juda kichkina bo‘lgani
uchun tok
transformatorlari normal sharoitda qisqa tutashish sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Ikkilamchi
chulg‘am zanjiriga istalgancha ko‘p o‘lchov asboblari ulab bo‘lmaydi, bunda yuklama ko‘payib
ketishi
natijasida tok transformatorining aniqligi buziladi. Tok transformatorlarida yuklama qarshiligi 0,2 ... 2 Om
dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Har bir tok transformatorining pasportida yuklamaning nominal qarshiligi
ko‘rsatiladi. Tok transformatorida ikkilamchi chulg‘amning nominal quvvati 5 Vt dan 100 Vt gacha bo‘ladi.
Tok transformatori ishlaganda uning po‘lat o‘zagida juda kichkina magnit oqimi hosil bo‘ladi, bu
oqimni hosil qiladigan magnitlovchi kuch ham kichkina bo‘ladi.
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti:
.
1
2
2
1
I
I
К
Т
(10.8)
Har bir tok transformatori pasportida uning transformatsiya
koeffitsienti K
t
ko‘rsatiladi. Unda
birlamchi chulg‘am toki:
I
1
=
K
T
∙
I
2
(10.9)
Demak, ampermetr ko‘rsatayotgan tokni transformatsiya koeffitsientiga ko‘paytirib birlamchi
chulg‘amdan o‘tayotgan katta tok qiymatini aniqlash mumkin ekan. Ko‘pincha elektr o‘lchov
asboblari
ulangan zanjir yuqori kuchlanpshli zanjirdan tok transformatori vositasida ajratiladi. Birlamchi chulg‘am
izolyatsiyasi buzilsa, yuqori kuchlanishning ikkilamchi chulg‘am zanjiriga o‘tishi juda xavfli. SHuning uchun
ikkilamchi chulg‘am qismalaridan biri va po‘lat o‘zak yerga ulangan bo‘lishi kerak. Tok transformatori
ishlab turganda ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib qolsa, birlamchi chulg‘amdagi katta tok magnitlovchi tok
bo‘lib qoladi, oqibatda magnit oqimi ko‘payib ketadi. Normal sharoitda juda kichkina bo‘lgan
ikkilamchi
chulg‘am kuchlanishi juda ko‘payib ketadi, bu esa xodimlar uchun juda xavflidir. Po‘lat o‘zakda quvvat isrofi
ko‘payib ketishi natijasida transformator qizib ketadi va buziladi. Ikkilamchi chulg‘am zanjiri uzilib
qolmasligi uchun bu maqsadda ko‘ndalang qirqimi 2,5...4 mm bo‘lgak yo‘g‘on mis simlar ishlatilishi kerak.
Agar birlamchi chulg‘amdan tok o‘tib turganda ikkilamchi chulg‘amga o‘lchov asboblari ulan–maydigan
bo‘lsa, bu chulg‘am qisqa tutashtirib qo‘yilishi lozim. Agar tok transformatorining yuklamasi ko‘payib
ketsa, o‘lchashdagi xatolik ko‘payib ketadi. Tokni o‘lchashdagi xatolik quyidagicha aniqlanadi:
%
100
/
1
1
1
2
2
1
I
I
I
f
(10.10)
136
Klassi 0,2; 0,5; 1; 3; 10 bo‘lgan tok transformatorlari uchun birlamchi
tok nominal qiymatga ega
bo‘lganda, o‘lchashdagi xatolik mos holda 0,2; 0,5; 1; 3 va 10% dak ortmasligi kerak.
Bundan tashqari, tok transformatorlarida burchak xatoligi δ
1
ham bo‘ladi. Burchak xatoligi 0,2; 0,5
va 1 klass tok transformatorlari uchui,
mos holda, 10, 40 va 80 min dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Magnitlovchi tok ortsa, transformatorning ikkala xatoligi ham ortadi.
O‘lchov transformatorlari yordamida quvvat va sarflanadigan energiya ham o‘lchanadi. YUqori
kuchlanishli va katta tokli zanjirlarga vattmetr va schyotchiklar kuchlanish hamda tok transformatorlari
orqali ulanadi. Bunda ularning tok g‘altaklari tok transformatoriga, kuchlanish g‘altaklari esa kuchlanish
transformatoriga ulanadi. Birlamchi zanjir quvvatini aniqlash uchun vattmetr ko‘rsatayotgan qiymatni (W)
tok va kuchlanish transformatorlarining transformatsiya kozffitsientiga ko‘paytirish lozim, ya’ni:
P
1
=
W
∙
K
k
∙
K
t
. (10.11)