• Yakor cho’g’ami bilan
  • Parallel uyg’otishli o’zgarmas tok mashinalari.
  • Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari.
  • Parallel uyg‘otishli generator.
  • E = I y ( R y + g ya )
  • Ўзгармас ток генераторлари
  • Ўзгармас ток двигателлари
  • Elektrotexnika




    Download 3,87 Mb.
    bet12/15
    Sana25.12.2019
    Hajmi3,87 Mb.
    #4967
    TuriРеферат
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

    Uyg‘otish qutblari. Statorida doimiy magnitlari bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinalarining quvvati kam bo’ladi, chunki doimiy magnitlar hosil qiladigan magnit maydon ancha zaif bo‘ladi. Hozirgi zamon mashinalarining ko‘pchiligida magnit maydonni o‘zgarmas tokning mahsus elektromagnitlari, ya’ni uyg‘otish qutblari hosil qiladi.

    O’zgarmas tok mashinasining uyg‘otish qutblari (2.2.2-rasm ) magnitlovchi g‘altakdan 1 va ikkita uchlari 2 bo‘lgan po‘lat o‘zakdan 3 iboratdir. Uncha katta bo‘lmagan mashinalar qutblarining o‘zaklari po‘latdan yasaladi, yirik mashinalarniki esa po‘lat plastinkalardan yig‘iladi. Uyg‘otish qutblari cho‘yan yoki po‘latdan yasalgan 4 staninaning ichki sirtiga maxkamlanadi. Stanina ichi g‘ovak silindr shaklida bo‘ladi. Staniiaga uyg‘otish qutblaridan tashqari podshipnikli shchitlar ham maxkamlanadi. Bu shchitlardan birida cho’tka tutqich turadi.



    Mashina qutblarining magnitlovchi g‘altaklari odatda bir-biriga ketma-ket ulanib uyg‘otish cho‘lg‘amini hosil qiladi.

    6.4 - rasm.Uyg‘otish qutblarining magnitlovchi g‘altaklari:

    1-magnitlovchi g‘altak, 2 -po‘lat o‘zak, 3-o‘zakniig uchlari,

    4- stanina


    Yakor cho’g’ami bilan uyg’otish cho’lg’amini ulanish usullari. Uyg‘otish cho‘lgamining zanjiri toeti maxsus tok manbaidan olishi va yakor cho‘lg‘amiga elektrik bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin. Bunday mashinalar mustaqil uyg‘otishli mashinalar deb ataladi (2.2.3-rasm). Ammo, odatda uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga elektrik bog‘langan bo‘ladi.

    Yakor cho‘lg‘ami bilan uyg‘otish cho‘lg‘amining ulanish usuliga qarab, o‘zgarmas tok mashinalari uch turga bo‘linadi.



    Parallel uyg’otishli o’zgarmas tok mashinalari. Uyg‘otish cho‘lg‘amining ikkala klemmasi kollektor ustiga qo‘yilgan cho‘tkalarga bevosita ulangan bo‘ladi (2.2.3b-rasm). Bu mashinalar qutb g‘altaklarining o‘ramlari ko‘p bo‘lib, ingichka simdan yasaladi. Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari shuntli mashinalar deb ham ataladi, chunki uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor qutblariga shunt shaklida ulangan.

    6.5 -rasm. O’zgarmas tok mashinalarida uyg‘otish cho‘lg‘amini

    yakor cho‘lg‘amiga ulanish usullari:

    a) mustaqil uyg‘otishli



    b) parallel uyg‘otishli

    v) ketma - ket uyg‘otishli

    g) aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarining sxematik ko‘rinishi.


    Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari. Uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga ketma-ket ulanadi ( 6.5v- rasm). Bu mashinalarning qutb g‘altaklari yo‘g‘on simdan yasalib, o‘ramlari soni kam bo‘ladi. Ketma-ket uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalari series mashinalar deb ham yuritiladi.

    Bu mashinalarning tubidagi har bir o‘zakda ikkitadan g‘altak bo‘lib, bulardan biri shunt tipidagi, ikkinchisi esa series tipidagi g‘altaklardir. Aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarida shunt uyg‘otish cho‘lg‘ami yakor cho‘lg‘amiga parallel ulanadi, series cho‘lg‘ami esa yakor cho‘lg‘amiga ketma -ket ulanadi (2.2.3g-rasm ). Aralash uyg‘otishli o‘zgarmas tok mashinalarida asosiy magnit maydonni shu cho‘lg‘amlardan biri hosil qiladi, ikkinchisining ta’siri esa qo‘shimcha bo‘ladi.



    O’zgarmas tok generatorining ishini xarakterlovchi eng muxim kattaliklardan biri uning cho‘tkalaridagi kuchlanishdir. Bu kuchlanishning kattaligi tashqi zanjirdagi tokka bog‘liq. Generator kuchlanishning nagruzka zanjiridagi tokka bog‘lanish grafigi generatorning tashki xarakteristikasi deb ataladi. Tashki xarakteristikada yakorning aylanish tezligi o‘zgarmas va mashinaning pasportida ko‘rsatilgan nominal tezligiga teng bo‘lgan hol uchun yasaladi. O’zgarmas tok mashinalarining pasportida ko‘rsatilgan miqdorlar nominal miqdorlar deb ham ataladi. Quyida biz parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining ishlash printsipini va xarakteristikasi bilan tanishamiz.

    Parallel uyg‘otishli generator. Parallel uyg‘otishli generatorning ishlashi uchun yordamchi tok manbai talab etilmaydi. (6.6 -rasm). Bunday generatorning uyg‘otish cho‘lg‘amida tok o‘z-o‘zidan uyg‘otilish protsessida paydo bo‘ladi.

    6.6- rasm. Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorining‘ sxemasi



    Parallel uyg‘otishli o‘zgarmas tok generatorida uyg‘otilish protsessi qanday hosil bo‘ladi. Mashina zavodda tayyorlangandan keyin uning magnit zanjiri magnitlab qo‘yiladi. Buning uchun uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Uyg‘otish cho‘lg‘ami o‘zgarmas tok manbaidan - ajratilganda stator qutblari o‘zaklarida va yakor o‘zagida kuchsiz magnit maydon qoladi. Mashinaning magnit zanjirida qoladigan kuchsiz magnit maydon qoldiq magnitlanish maydoni deb ataladi. Agar yakor aylantirilsa Fq qoldiq magnitlanish oqimi yakor cho‘lg‘amining parallel tarmoqlarida juda kuchsiz Yek elektr yurituvchi kuch hosil qiladi. Hosil bo‘lgan elektr yurituvchi kuchning o‘zi yakorga ulangan uyg‘otish cho‘lg‘ami zanjirida boshlang‘ich tok hosil qilish uchun yetadi. Boshlang‘ich uyg‘otish toki qutblarni magnitlaydi. Uyg‘otish oqimi Fu oshadi, shu bilan birga yakor cho‘lg‘amining elektr yurituvchi kuchi ham oshadi. Bundan keyin uyg‘otish toki yana ko‘payadi, magnit oqimi va elektr yurituvchi kuch unga bog‘liq holda oshib boradi. Shu tariqa parallel uyg‘otishli generatorda uyg‘otish protsessi hosil bo‘ladi.

    6.7-rasm. Uyg‘otish cho‘lg‘amini yakorga parallel ulash.

    Generator hosil qilayotgan elektr yurituvchi kuch uyg‘otish cho‘lg‘ami va yakor cho‘lg‘amining Ry = gya qarshilikka ega bo‘lgan zanjiridagi kuchlanish pasayishiga teng bo‘lishi bilan, ya’ni:

    E = Iy ( Ry + gya )

    Uyg‘otish tokining va yakor cho‘lg‘ami E elektr yurituvchi kuchining oshishi to‘xtaydi. Uyg‘otilish protsessi shu tariqa to’xtaydi, ya’ni uyg‘otish cho‘lg‘amidagi tok miqdori o‘zining‘ nominal qiymatiga erishadi.



    6.8-rasmda parallel zgyg‘otishli generatorning tashki xarakteristikasi tasvirlangan.

    6.8-rasm. Parallel uyg‘otishli generatorning

    tashqi xarakteristikasi.
    Ўзгармас ток mашиналарининг конструкцияси. Уларни халқ хўжалигида ва саноатда ишлатилиши.

    Ўзгармас ток генераторлари

    Ўзгармас ток генераторларининг тузилиши ва ишлаш принципи. Генераторларнинг турлари ва тавсифлари. Уйғотиш қутблари. Мустақил уйғотишли ва параллел уйғотишли ўзгармас ток генераторлари.



    Ўзгармас ток двигателлари

    Mtxanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan o’zgarmas tok mashinalari o’zgarmas tok dvigatellari deb ataladi. O’zgarmas tok dvigatelining umumiy ko’rinishi 6.9-rasmda tasvirlangan. Dvigatel validagi foydadi quvvat va moment har xil qurilmalar yordamida o‘lchanadi. Bunday qurilma sifatida, masalan, 6.10-rasmda tasvirlangan tormoz sistemasidan foydalanish mumkin. Dvigatelning vali yoki shkivi a va v qoliplar bilan qamrab olinadi; bu qoliplarga s posangili d richag shunday biriktiriladiki, butun tormoz sistemasining markazi valning aylanish o‘qidan o‘tadigan vertikal



    6.9-rasm. O’zgarmas tok dvigatelining umumiy ko’rinishi:

    1-podshipnik shchiti; 2- cho’tka tutqich bilan cho’tka; 3- kollektor plastinkasi; 4- uyg’otish qutbi; 5- stamina; 6 yakor cho’lg’ami; 7 – ventilyator; 8- val.

    to‘g‘ri chiziq bilan ustma-ust tushadigan bo‘lsin. Qoliplar val (yoki shkiv)ni qismay turgan vaqtda richag gorizontal vaziyatda bo‘ladi. Chunki aylanayotgan val bilan qoliplar orasidagi ishqalanish kuchi arzimagan darajada kichikdir. Qoliplar 1 vintlar yordamida bir-biriga qisila borgani sari qoliplar bilan val orasidagi Fishq ishqalanish kuchi oshadi. Buning natijasida richagni qoliplari bilan birga soat strelkasi yo‘nalishida burib yuborishga intiluvchi Mayl aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi. Bu aylantiruvchi momentning kattaligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:

    Mayl = FishqR1

    Bunda, R1 — val (shkiv) radiusi.

    Aylantiruvchi momentni o‘lchash uchun richagning uzun yelkali uchiga F kuch bilan (yuk osib) ta’sir qilish kerak. Bu kuch ishqalanish kuchining momentiga teng, ammo qarama-qarshi yo‘nalgan Mtes qarshilik momenti hosil qilgan bo‘lardi:



    6.10-rasm. Qolipli tormoz sxemasi.


    Mайл=Mакс.таъ

    Bu holda richag gorizontal vaziyatda bo‘ladi. Agar richagga ta’sir etuvchi F kuch aylanish o‘qidan L masofada qo‘yilgan bo‘lsa, u holda





    Dvigatel validagi quvvatni aniqlash uchun quvvatning mexanika bo‘limida beriladigan
    N = Fv

    formulasidan foydalanish kerak.

    Dvigatelning vali bir tekis aylanib turganda valda hosil bo‘ladigan quvvatni

    yuqoridagi N = Fv formulaga asosan hisoblab topish mumkin. Bu quvvat Fishq ishqalanish kuchini val (shkiv) aylanishining chiziqli tezligiga ko‘paytirib topiladi. Tegishli shakl o‘zgarishlarni bajarib, quvvatni topamiz:




    FuR=Fl bo’lgani uchun

    1.027FuRnv1.027Mtesn=P2vt
    Shunday qilib, d richag gorizontal vaziyatda turganda F kuchning momentini o‘lchab va valning aylanish teziligini bilgan holda dvigatel validagi foydali quvvatni hisoblab topish mumkin. 2.3.2-rasmda tormoz qurilmasining boshqa turi ko‘rsatilgan. Bunda dvigatelning vali (shkivi)ni uchlarida ikkita D dinamometri bo‘lgan tormozlovchi L lenta qamrab oladi. Lenta (va dinamo-metrlar) G gaykalar yordamida taranglanadi. Tormoz lentasi bo‘sh turganda val bilan lenta orasida ishkalanish bo‘lmaydi. Dinamometrlardan ixtiyoriy bittasini (masalan, 2.3.1-rasmda o‘ngdagisini) tortish bilan lenta valga siqiladi va lenta ishkalanish kuchi tufayli valning aylanish tomoniga ergashtiriladi. Bunda lenta o‘ng tomondagi dinamometrning prujinasini cho‘zib, ikkinchi dinamometrning prujinasini qisadi. Lenta bilan val orasidagi ishqalanish kuchi dinamometrlar ko‘rsatishlarining ayirmasiga teng bo‘ladi, qarshilik kuchlari momenti esa quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
    Mtes = (F1-F2)R
    Bunda, R-valning radiusi, F1 va F2 dinamometrlarning ko‘rsatishlari.

    Endi dvigatel hosil qiladigan mexanik quvvatni hisoblash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi:



    N=1.027Rn(F1-F2)vt=P2

    6.11-rasm. Dinamometrln lentali tormoz sjemasn.

    Ўзгармас ток двигател-ларининг тузилиши, ишлаш принципи. Ўзгармас ток двигателларининг турлари, уланиш схемалари ва ишлатилиши. Мустақил уйғотишли ва параллел уйғотишли ўзгармас ток двигателлари.


    Download 3,87 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 3,87 Mb.