Pedagogik texnologiyani qo’llash
Elektrotexnika fani bo’yicha trening
«Skarabеy» tеxnologiyasi
“Skarabеy” intеraktiv tеxnologiya bo’lib, u o’quvchilarda fikriy bog’liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur tеxnologiya o’quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o’rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavurlarni aniqlash imkonini bеradi. U, ayni paytda turli g’oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog’liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. “Skarabеy” tеxnologiyasi har tomonlama bo’lib, undan o’quv matеrialining turli bosqichlarini o’rganishda foydalaniladi:
Boshida – o’quv faoliyatini rag’batlantirish sifatida;
Mavzuni o’rganish jarayonida – uning mohiyati, tuzilish va mazmunini bеlgilash, ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xaraktеrini aniqlash, mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
Oxirida – olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida;
“Skarabеy” tеxnologiyasini o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, rеflеktiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega.
Mazkur tеxnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yеngillashtiruvchi chizma shakllaridan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
“Skarabеy” alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o’quv jamoalarida qo’llanilishi mumkin.
7 – ma'ruza
Elеktr ta'minoti va
elеktr stantsiyalari
Rеja:
1. Elеktr stantsiyalari.
Elеktr enеrgiyasini ishlab chiqarish.
2. Elеktr enеrgiyasini ishlab chiqarish turlari. GES, GRES, KES, TES, AES.
3. Enеrgеtik sistеmalar.
4. Transformatorlar podstantsiyalari va ularning turlari.
ADABIYOTLAR:
1. Kasatkin A. S. “Elеktrotеxnika asoslari” Toshkеnt 1989 y.
2. Еvdakimov “Umumiy elеktrotеxnika” Toshkеnt, 1995 y. 3 – 24 bеtlar
3. Inog’omov S. “Elеktrotеxnika asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. ToshFarmi, kutubxona, Ma'ruzalar matnining elеktron varianti
7 боб. Электр станциялари
Электр станцияларини асосан улар ўзгартирадиган энергия турига қараб классификациялаш қабул қилинган ва қуйидаги электр энергияси ишлаб чиқариш турларига бўлинади:
ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI
Issiqlik energetikasi - issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin.
Zamonaviy I. e. ning asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi.
Issiqlik elektrostansiya turlari
Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxm. 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.
Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-a. 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr stansiyalar kurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkand, Andijon, Koʻqon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir.
IESda qozon agregatida organik yoqilg‘ini yondirish orqali hosil qilingan issiqlik energiyasi yordamida suv qizdirilib, yuqori bosim ostidagi suv bug‘iga aylantiriladi. Yuqori bosim ostidagi suv bug‘i quvur orqali turbinaga kirib keladi va u yerda juda tez kengayadi. Buning natijasida suv bug‘i molekulalari katta kinetik energiyaga ega bo‘ladi. Elektr generatorida rotorning kinetik energiyasi elektr energiyasiga o‘zgartiriladi. Bunday stansiyalarda turbinaning parraklariga urilganidan so‘ng undan chiqib ketuvchi bosimi pasaygan suv bug‘i kondensatorda sovutilib, suvga aylantiriladi va qizdirib, yuqori bosimli bug‘ga aylantirish uchun nasos yordamida qaytadan qozonga haydaladi. Chunki, zamonaviy katta quvvatli IESlarda bunday jarayonda foydalaniluvchi ko‘p miqdordagi suvni maxsus qurilmalar yordamida tozalash katta hajmdagi ish va energiyani talab etadi. Hozirgi davrda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 85-90 foizi IESlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Demak, olimning gaplaridan ko‘rinib turibdiki, elektr energiyasi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun 90 foiz tabiiy gaz ishlatiladi. 10 foizini mazut va ko‘mir tashkil etadi. Endilikda xarajatlarni yanada kamaytirish uchun sa’y-harakatlar davom ettirilayapti. Ayni paytda «O‘zbekko‘mir» ochiq aksiyadorlik jamiyati yiliga 3 mln. tonna ko‘mir qazib olayotgan bo‘lsa, shuning 85 foizi GRESlarga sarflanmoqda. Elektr hosil qilish katta mehnat, sarf-xarajat talab etadi.
Hozir O'zbekiston elektr stansiyalarining ja'mi o'rnatilgan quvvati 12,3 mln kVtga tengdir. Uning tuzilmasida gidroelektrostansiyalar 11,5% ni, issiqlik elektr stansiyalari 86% ni tashkil etadi, bu "O'zbekenergo" kompaniyasining qudratidan dalolat berib turibdi, ja'mi elektr stansiyalarning faqatgina 2,5% boshqa idoralar qaramog'ida ishlatilmoqda.
IES ning afzalligi. Elektr energiyasining asosiy qismini ekologiya nuqtai nazaridan qaraganda juda qulay yoqilg'i balansiga ega bo'lgan issiqlik elektr stansiyalari ishlab chiqaradi, unda gazning salmog'i 85% ni tashkil qiladi.
Energetika tizimining asosini quvvati 3000 MVt bo'lgan Sirdaryo IESi, 1860 MVt bo'lgan Toshkent IESi, 2100 MVt bo'lgan Yangi Angren IESi va 1250 MVt bo'lgan Navoiy IESi kabi yirik elektr stansiyalar tashkil qiladi. Bu nurxonalarda bir yo'la quvvati 150 MVtdan 300 MVtga yetgan necha o'nlab energetika bloklari o'rnatilgan.
Mamlakatning gidroenergetikasi beshta kaskadga birlashgan 28 ta GESdan iborat. Bular orasida eng yiriklari - suv omborlari bo'lgan, stansiyalar quvvatni tartibga solib turish rejimida ishlay oladigan, quvvati 600 MVtli Chorbog' va quvvati 165 MVtli Xo'jakent GESlaridir. Qolgan GESlar suv oqimi bo'yicha bazis rejimda ishlaydi. Energiya ta'minoti va irrigatsiyaga oid kompleks masalalarni xal etayotgan bu nurxonalar nisbatan arzon elektr energiyasini hosil qilmoqdalar.Bundan kelib chiqadiki IESlar eng ko`p elektr yetkazib beradi.
Gidroelektr stansiya
Gidroelektr stansiya (GES) -suv oqimining energiyasini gidravlik turbinalar yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika inshootlari va energetika majmui. Gidrotexnaik inshootlari toʻgʻon yonidagi, derivatsion va aralash turlarga boʻlinadi. Toʻgʻon yordamida suv sathi koʻtarilib, kerakli bosim hosil qilinadi. GES binosi 3 xil joylashtiriladi: 1) toʻgʻon yonida; 2) toʻgʻondan chetrokda; 3) toʻgʻondan pastda, daryo oʻzanida. Toʻgʻon yonida va daryo oʻzanida quriladigan GES larda suv bosimini toʻgʻon hosil qiladi. Bunday GES lar suvi koʻp boʻlgan, tekis oqadigan togʻ daryolariga, soyliklarning toraygan joyiga quriladi. Bularga Qayroqqum, Tuyamoʻyin va Chordara GESlarini koʻrsatish mumkin. Derivatsion (GES ning stansiya uzeliga suv kuvurlari, kanal yoki tunnel vositasida olib kelinadigan) GESlar oʻrta va yuqori bosimli boʻlib, bosim derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. Bunday GES larga Chorvoq, Farhod va Boʻzsuv kanalidagi GESlar kiradi. Aralash GES larda bosim, asosan, daryodagi gidrotexnika inshootlari va qisman derivatsiya kanali yordamida hosil qilinadi. GES inshootlari majmuiga daryo oʻzanini toʻsib bosim hosil qiladigan bosh inshoot (toʻgʻon), GES binosiga suv yetkazib beradigan kanal, stansiya bosim uzeli (SBU) yoki bosim suv quvuri, suv sathini va sarfini tartibga solib turadigan, ortiqcha suvni chiqarib tashlaydigan va b. avtomatik qurilmalardan iborat inshootlar; suv energiyasini bevosita elektr energiyaga aylantirib beradigan gidroagregat (turbina bilan generator) oʻrnatilgan mashina zali va foydalanib boʻlingan suvni chiqarib tashlaydigan inshootlar kiradi. Maxsus gidrotexnika inshootlari bilan GES turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish gʻildiragini, unga oʻrnatilgan oʻqni va oʻq bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr energiya hosil boʻladi. Elektr energiya maxsus qurilmalar vositasida isteʼmolchilarga yetkazib beriladi. Hozir barcha GES larning ishi avtomatlashtirilgan. Bir necha avtomatlashtirilgan GES lar uzoqdan turib (qoʻshni GES dan yoki energosistemaning boshqarish pultidan) boshqariladi. GESning belgilangan quvvatiga koʻra kam (5 MVt gacha), oʻrta (5—25 MVt) va katta (25 MVt dan yuqori) quvvatli xillarga boʻlinadi. Daryoning energetika resurslaridan toʻlaroq foydalanish uchun GES lar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum masofada joylashtiriladi. Bunday GES kaskadlariga Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, Oqtepa, Shayxontohur GES lari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, GES-ZB, GES-5B) GES kaskadlari kiradi. GES lar ichida gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya (GAES) va koʻtarilish suv elektr stansiya (PES) alohida oʻrin tutadi. GAES lar yirik energetik tizimlarda koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlardagi energiyani toʻldirib turish uchun quriladi. GAESning energiyani akkumulyatsiyalash xususiyati energetik tizimdagi baʼzi vaqt oraligʻida boʻsh boʻlgan elektr energiyadan foydalanishga asoslangan. Bu vaqtda GAES nasos rejimida ishlab, suvni pastki hovuzdan yuqorigi hovuzga haydaydi; tigʻiz vaqtda esa yigʻilgan suvdan elektr energiya hosil qiladi. Oy va Quyosh gravitatsiya kuchlari suv massasini tortishi natijasida dengiz yoki okean suvlari sathi sutkada bir vaqtda ikki marta dam koʻtariladi, dam pasayadi. Ana shu koʻtarilgan suv energiyasini PES elektr energiyasiga aylantiradi. Bularda elektr energiya ishlab chiqarishda jiddiy farq yoʻq. Alohida GES yoki GES kaskadi, odatda kondensatsiyey elektr stansiya (KES), issiqlik elektr markazi (TETS), atom elektr stansiya (AES) bilan bir tizimda ishlaydi. Bunda energosistemadagi nagruzka grafigini qoplashda qatnashishiga qarab GES bazisli, koʻp energiya talab qiladigan (tigʻiz) vaqtlarida ishlaydigan boʻlishi mumkin.
GESlar elektr energiya berish bilan birga daryo oʻzanini loyqalanishdan asraydi, koʻplab ekin maydonlarini sugʻorishga imkon beradi (yana k,. Gidroenergetika) Soli Majidov.
Atom elektr stansiyalari
1.АЕСнинг тузилиши;
2. AЕСнинг схемаси;
3. AЕСнинг ишлатилиии.
Атом электр станцияларида – радиоактив элементларни парчаланишида ажралиб чиққан энергия ёрдамида электр энергияси ишлаб чиқарилади.АЭС лар асосан 4 та цехдан иборат :
1 – цех: реактор цехи деб аталади. Реактор ичида занжир реакция юз беради ва жуда катта иссиқлик ажралиб чиқади. Реакторда манба сифатида уран, радий, полоний каби радиоактив элементлардан фойдаланилади.
2 – цехда буғ генератори ўрнатилган. Буғ генераторига реакторнинг актив зонасидан трубалар орқали иссиқлик келади. Иссиқлик ташувчи сув, газ ёки суюқ металл бўлиши мумкин. Буғ генераторида исиган иссиқлик ташувчи муҳитга труба қўйилган бўлади. Бу трубада сув буғга айланади.
3 – цехда буғ турбинаси ўрнатилган бўлади. Буғ турбинасига трубада ҳосил бўлган буғ келади. Буғ турбинаси турбогенераторни ҳаракатга келтиради ва шу тариқа электр энергияси ишлаб чиқарилади.
4 – цех асосан ишлаб чиқарилган электр энергиясини кучайтириш истеъмолчига узатиш ва тақсимлаш цехи ҳисобланади.
Атом електро стансиясининг асосий кисми атом козони яни атом реактори АЭСида копинча атом реакторларининг 4 типи кулланилади
1)Сув-сувли
2) Графит- сувли
3)Огир сувли
4) Графит- газли
|