• GLOSSARY............................................................................ 330
  • Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/172
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,25 Mb.
    #232823
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   172
    Bog'liq
    Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S

     
     
    TEST 
    QUESTIONS 
    ON 
    THE 
    DISCIPLINE 
    "MARKETING".................................................................... 
     
    290 
     
     
     
    GLOSSARY............................................................................ 
    330 
     
     
     
    REFERENCES ...................................................................... 
    344 


    12 
    K I R I SH 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport 
    qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni 
    takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan 
    qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy 
    marketing usullaridan faol foydalanish...”
    1
    alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
    O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – 
    iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, 
    chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.
    Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. 
    Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p 
    qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi 
    juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.
    Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan 
    ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor 
    muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash 
    yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, 
    boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi. 
    2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
    yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat 
    zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, 
    texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil 
    etish”
    2
    bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari 
    respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat 
    korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar 
    1
    Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Маҳаллий экспорт қилувчи 
    ташкилотларни янада қўллаб – қувватлаш ва ташқи иқтисодий фаолиятни такомиллаштириш чора – тадбирлари 
    тўғрисида”ги қарори Халқ сўзи, 2017 йил 22 июнь, №123 
    2
    Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон 
    Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги
    ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz. 


    13 
    ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga, balki tashqi 
    bozorlarga eksport qilish zarurligini
    3
    ta’kidlab o‘tdi.
    Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish 
    hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat 
    zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga 
    oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida 
    ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, 
    korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish
    muhim o‘ringa egadir. 
    Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi 
    barcha ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit 
    tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi 
    sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni 
    muhtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo 
    etadi.
    Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish 
    uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli 
    echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, 
    iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga 
    keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va 
    prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z 
    oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. «Marketing asoslari» fani korxonalar (firmalar)ni 
    bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar 
    hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi. 
    Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning 
    oltmishinchi yillari o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha maqolalar 
    tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‘rganish XX asrning 
    3
    Мирзиёев Ш.М. Халққа хизмат қилиш, одамларнинг манфаатларини таъминлаш-раҳбарлар 
    фаолиятининг асосий мезонидир. - // Халқ сўзи, 2017 йил 13 апрель, №73 (6767). 


    14 
    saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta-
    sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan 
    bu yo‘nalishda faol harakat qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari 
    uchun mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida 
    «Marketing asoslari» fanini o‘rganishga kirishishdi. 
    «Marketing asoslari»ni o‘rganish hamda o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish 
    bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing asoslari» 
    fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‘rganilayotgan bo‘lsa, shunday qabul 
    etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‘siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat, 
    iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabul 
    ham eta olmaydi. Chunki, O‘zbekistonda bozor munosabatlari so‘nggi davrlarda 
    rivojlana boshladi. Shuning uchun ham biz «Marketing asoslari» fani rivojlanishining 
    boshlang‘ich bosqichlariga ko‘proq e’tiborni qaratib, uning shunday bosqichlarini 
    topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati darjasiga ko‘proq javob 
    bersin.
    Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‘pgina mutaxassislar marketingdan faqat 
    bozor tovarlarga mo‘l-ko‘l bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb 
    hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‘lganda samaralidir. Lekin, 
    «Marketing asoslari» fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi 
    ahamiyati juda katta.
    Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar 
    uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rgatadigan asosiy fan. 
    Marketing eng avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. 
    U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. «Marketing asoslari» - bu 
    faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o‘rganish, 
    tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni 
    o‘rganadigan fandir. 
    Iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va mijozni 
    unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi hamda 


    15 
    amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy marketingni maqsadi, mijozlar 
    ehtiyojini qondirishdan iborat. 
    Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi 
    va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir. 
    Hozirgi kunda, oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga 
    bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni «Marketing» fani 
    orqali singdiriladi. 
    Faqat «Marketing asoslari» fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo‘lgan 
    «raqobat» tushunchasini to‘g‘ri yoritadi. Biz raqobatni tushunib etishimiz va uning 
    qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni o‘rganishimiz zarur.
    «Marketing asoslari» fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini 
    modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni, 
    reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi.
    «Marketing asoslari» fani bozorni xo‘jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni 
    ularni u erda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. SHu tufayli 
    barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u 
    erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak. 
    Shuni qayd etish lozimki, «Marketing asoslari» bo‘yicha xorijiy tajribani 
    korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish juda 
    cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq holda, ya’ni 
    bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati 
    o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga 
    milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shart-sharoitlarni 
    hisobga olgan holda yondashish zarur. 
    «Marketing asoslari» fani keng qirradagi oliy ma’lumotli zamonaviy 
    raqobatbardosh 
    iqtisodchilarni 
    (marketologlarni) 
    shakllantiradigan 
    asosiy 
    mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga 
    marketingni asosiy uslublarini va tamoyillarini o‘rgatishdan iboratdir. 
    Mazkur darslik uchinchi marta qayta nashr etilmoqda. Avvalgilaridan farqli 
    ravishda ushbu darslik 13 ta bobdan iborat bo‘lib, unda marketing asosari fanining 


    16 
    predmeti, mazmuni va vazifalari, marketingni rivojlanish evolyusiyasi va 
    konsepsiyasi, marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari, marketing faoliyatini 
    axborot ta’minoti, marketing tizimi va sohasi, marketing faoliyatini rejalashitirish, 
    talabni qondirishni tadqiq qilish va prognoz qilish, bozor segmentasiyasi va tovarni 
    bozorda pozitsiyalashtirish, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya siyosatlari, raqobat 
    va raqobatbardoshlik kabi bob va mavzular qayta ishlandi, tubdan takomillashtirilgan. 
    Ushbu darslikning 5,13 - boblarini tayyorlashda Ziyaeva M.M., 4, 12 – boblarini 
    tayyorlashda dos. Samadov A.N. 2, 6 – boblarini tayyorlashda kat.o’qit. Sharipov 
    I.B.lar ishtirok etdi. 


    17 

    Download 3,25 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   172




    Download 3,25 Mb.
    Pdf ko'rish