Organik erituvchilar misollar




Download 41.46 Kb.
bet4/5
Sana10.11.2023
Hajmi41.46 Kb.
#97127
1   2   3   4   5
Bog'liq
16-tema
Taqdimot (3), 1-MAVZU, Qishloq xojaligi va sanoat sohasidagi ozgarishlar reja Xalq x, Nisbiylik nazariyasi - Vikipediya, 2-maruza.Togri chiziq, 6-MAVZU, sardor, 7xLJgIjGNzgMGzxSVezSCv4VaBSF42b9Rx4R4vu8 (1), oliy-talim-muassasalari-talabalarini-musta-il-fikrlashga-y-naltirish, Автоматизация контрол1, 1-qism dasturlash mustaqil talim, Леди Осень

Organik erituvchilar misollar


Skipidar – terpen va terpenoidlar aralashmasi. Uning harakatchan va siqilgan turlari boʻladi. Harakatchan skipidar rangsiz yoki och-sariq rangli suyuqlik. Zichligi 0.86-0.87. Qayn.T. 152- 155 dan 180°C gacha. Siqilgan skipidarning oʻtkir hidi boʻladi va u quyuqroq bo’yalgan. Moy laklari, boʻyoqlar, gruntovkalar va shpatlevkalarni suyultirish uchun ishlatiladi. Smola va moylarni yaxshi eritadi. Efirlar, spirtlar va xlorli hosilalar bilan aralashadi. Moysimon qoplamalarning qurishini tezlashtiradi. Mum mastiklari tayyorlashda qoʻllanilishi mumkin. Yuzalarni nam shlifovkalashda ishlatilishi mumkin. Mum, oltigugurt, fosfor, yog’ va smola (linoleatlar, rezinatlar va b.) kislotalarining metall tuzlarini eritadi.
Uayt-spirit. Neftni haydashda benzin va kerosin orasida olinadigan fraksiya boʻlib, shaffof. Zichligi 0.970, qayn.T. 165°C dan katta emas. Uchuvchan, neytral. Moysimon boʻyoq va laklar erituvchisi sifatida skipidardan keyingi o’rinda turadi.
Benzin. Neftni haydab olinadigan uchuvchan fraksiya. Yong’indan xavfli. Havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Oson uchuvchanligi va yonish xavfi borligi sababli mum va moylar erituvchisi sifatida cheklangan miqdorda ishlatiladi.
Benzin. Neftni haydab olinadigan uchuvchan fraksiya. Yong’indan xavfli. Havo bilan portlovchi aralashma hosil qiladi. Oson uchuvchanligi va yonish xavfi borligi sababli mum va moylar erituvchisi sifatida cheklangan miqdorda ishlatiladi.
Benzol. Harakatchan, uchuvchan va rangsiz suyuqlik. Uning 90% li va 50% li (solventnafta) turlari boʻladi. Odatda qoʻshimcha sifatida toluol va ksilollar saqlaydi. Suvda erimaydi. Kanifol, mum, kauchuk, kamfora va b. moddalarni yaxshi eritadi. Benzol bug’lari zaharli. Moy laklari quyuqlashishining oldini olishda, nitrolaklar uchun boshqa erituvchilar bilan suyultiruvchi aralashma holida ishlatiladi.
Metil spirti – rangsiz harakatchan suyuqlik. Odatda atseton, yuqori molekulyar ketonlar va efirlar saqlaydi. Zaharli. Ayrim smolalar va moylarni eritadi.
Etil spirti – rangsiz harakatchan suyuqlik. Lak sanoatida 90% dan yuqori spirt ishlatiladi. Nitrolaklar uchun boshqa erituvchilar bilan suyultiruvchi aralashma holida ishlatiladi. Butil spirti – nitrotsellyuloza laklari uchun yaxshi erituvchi. Etiletilenglikol – rangsiz, hidsiz harakatchan suyuqlik, qovushqoqligi yuqori. Suv bilan ixtiyoriy nisbatda aralashadi. Nitrotsellyulozalar uchun yaxshi erituvchi. Bugʻlanish tezligi kam. Tabiiy va sun’iy smolalar asosidagi laklar erituvchisi.
Murakkab efir erituvchilariga asosan metil-, etil-, butil- va amilatsetatlar kiradi. Ular asosan nitrotsellyulozalar erituvchisi, nitrolaklarning suyultiruvchisi sifatida ishlatiladi.

Download 41.46 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41.46 Kb.