• Erituvchilar
  • Erituvchilar




    Download 41.46 Kb.
    bet2/5
    Sana10.11.2023
    Hajmi41.46 Kb.
    #97127
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    16-tema
    Taqdimot (3), 1-MAVZU, Qishloq xojaligi va sanoat sohasidagi ozgarishlar reja Xalq x, Nisbiylik nazariyasi - Vikipediya, 2-maruza.Togri chiziq, 6-MAVZU, sardor, 7xLJgIjGNzgMGzxSVezSCv4VaBSF42b9Rx4R4vu8 (1), oliy-talim-muassasalari-talabalarini-musta-il-fikrlashga-y-naltirish, Автоматизация контрол1, 1-qism dasturlash mustaqil talim, Леди Осень
    Organik erituvchilarga uglevodorodlarning galogenli hosilalari, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, ketonlar, nitrobirikmalar va b. kiradi.
    Noorganik erituvchilarga suv, suyuq ammiak (ishqoriy metallar uchun yaxshi erituvchi). suyuq sulfit angidrid (SO₂, suyuq.T. -75.5°C, qayn.T. -10°C, koʻplab organik va noorganik moddalar erituvchisi), brom uchftoridi (BrF3, suyuq.T. 9°C, qayn.T. 126°C), sulfurilxlorid (SO2Cl2, suyuq.T. -55°C, qayn.T. 69°C), tionilxlorid (SOCl2, suyuq.T. -105°C, qayn.T. 76°C) va b. kiradi.
    Qayn. T. 100°C gacha boʻlgan erituvchilar past haroratda qaynaydigan (masalan, etil spirti, metilatsetat), qayn.T. -140°C dan yuqori boʻlgan erituvchilar yuqori haroratda qaynaydigan erituvchilar (masalan, ksilollar) deyiladi. Uchuvchanligiga koʻra uchuvchan, o’rtacha uchuvchan va qiyin uchuvchan erituvchilar farq qilinadi. Qovushqoqligiga koʻra kam qovushqoq (2 mPa-s dan kam), oʻrtacha qovushqoq (2-10 mPa·s) va qovushqoqligi yuqori (10 mPa-s dan katta) erituvchilar bo’ladi.

    Erituvchilar


    Erituvchilar individual kimyoviy birikmalar yoki ularning aralashmasi boʻlib, turli moddalarni eritish xususiyatiga ega, ya’ni ular bilan ikki yoki undan ortiq bir jinsli, oʻzgaruvchan tarkibli sistemalar hosil qiladi. Erituvchilar gomogen muhit hosil qilib, oʻzaro ta’sirlashuvchi zarrachalar orasidagi to’qnashishni ta’minlaydi, kimyoviy reaksiyalar mexanizmiga, tezligiga va muvozanat o’rnatilishiga ta’sir qiladi. Ekzotermik jarayonlarda erituvchilar oʻzaro ta’sirlashayotgan moddalar konsentratsiyasini kamaytirgan holda ortiqcha issiqlikning yoʻqotilishiga xizmat qiladi.
    Ixtiyoriy modda boshqa moddaga nisbatan erituvchi boʻlishi mumkin. Lekin amaliyotda ayrim talablarga javob beradigan moddalargina erituvchi deb yuritiladi. Ular avvalo yaxshi eritish xossasiga ega va eritilayotgan moddaga nisbatan yetarlicha inert boʻlishi talab etiladi. Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar oson topilishi, arzon va xavfsiz boʻlishi zarur. Sanoatning tarmog’iga qarab erituvchilarga maxsus talablar ham qoʻyiladi.
    Erituvchilarni klassifakatsiyalashda ma`lum prinsiplarga amal qilinadi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra organik va noorganik erituvchilar, agregat holatiga koʻra gaz, suyuq va qattiq erituvchilar bo’ladi. Erituvchilarni miqdoriy va yarim miqdoriy klassifikatsiyalash usullari ham bor .

    Download 41.46 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 41.46 Kb.