Erituvchilar




Download 41.46 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi41.46 Kb.
#97127
1   2   3   4   5
Bog'liq
16-tema
Taqdimot (3), 1-MAVZU, Qishloq xojaligi va sanoat sohasidagi ozgarishlar reja Xalq x, Nisbiylik nazariyasi - Vikipediya, 2-maruza.Togri chiziq, 6-MAVZU, sardor, 7xLJgIjGNzgMGzxSVezSCv4VaBSF42b9Rx4R4vu8 (1), oliy-talim-muassasalari-talabalarini-musta-il-fikrlashga-y-naltirish, Автоматизация контрол1, 1-qism dasturlash mustaqil talim, Леди Осень
Organik erituvchilarga uglevodorodlarning galogenli hosilalari, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, ketonlar, nitrobirikmalar va b. kiradi.
Noorganik erituvchilarga suv, suyuq ammiak (ishqoriy metallar uchun yaxshi erituvchi). suyuq sulfit angidrid (SO₂, suyuq.T. -75.5°C, qayn.T. -10°C, koʻplab organik va noorganik moddalar erituvchisi), brom uchftoridi (BrF3, suyuq.T. 9°C, qayn.T. 126°C), sulfurilxlorid (SO2Cl2, suyuq.T. -55°C, qayn.T. 69°C), tionilxlorid (SOCl2, suyuq.T. -105°C, qayn.T. 76°C) va b. kiradi.
Qayn. T. 100°C gacha boʻlgan erituvchilar past haroratda qaynaydigan (masalan, etil spirti, metilatsetat), qayn.T. -140°C dan yuqori boʻlgan erituvchilar yuqori haroratda qaynaydigan erituvchilar (masalan, ksilollar) deyiladi. Uchuvchanligiga koʻra uchuvchan, o’rtacha uchuvchan va qiyin uchuvchan erituvchilar farq qilinadi. Qovushqoqligiga koʻra kam qovushqoq (2 mPa-s dan kam), oʻrtacha qovushqoq (2-10 mPa·s) va qovushqoqligi yuqori (10 mPa-s dan katta) erituvchilar bo’ladi.
Dipol momentiga ega yoki ega emasligi va dielektrik singdiruvchanligi kattaligiga ko`ra qutbli va qutbsiz erituvchilar farq qilinadi. Dielektrik singdiruvchanligi va donor-akseptorlik xossalariga ko’ra erituvchilar 4 guruhga bo’linadi:

  • 1. Proton erituvchilar – proton donorlari boʻlib, erigan modda bilan mustahkam H bog’lar hosil qiladi. Suv, spirtlar, suyuq ammiak, karbon kislotalar va b. Ular yuqori dielektrik singdiruvchanlikka ega epsilon > 15 ) .

  • 2. Aproton bipolyar erituvchilar: geksan, CCl4, benzol, xloroform, ketonlar (atseton), ayrim aproton amidlar (DMFA), sulfoksidlar (DMSO). Ular yuqori dielektrik singdiruvchanlikka ega, ammo donor-akseptorlik xossalariga ega emas.

  • 3. Elektrondonor erituvchilar: efirlar.

  • 4. Dielektrik singdiruvchanligi kichik bo’lgan qutbsiz erituvchilar (epsilon < 15) Bu turga CS2. uglevodorodlar kiradi. Ular proton va elektronga nisbatan donor-akseptorlik xossalari namoyon qilmaydi.

Kislota-asosli xossalariga ko’ra erituvchilar kislotali (masalan, sirka kislota), asosli (masalan, piridin) va neytral (masalan, benzol) turlarga boʻlinadi. Yuqorida ko’rib o’tilganidek, erituvchilarning klassifakatsiyasi turli tumandir. Organik erituvchilar plastmassalar, laklar, bo’yoqlar, sintetik tolalar, smolalar, yelimlar ishlab chiqarishda; poligrafiyada, rezina sanoatida, oʻsimlik yogʻlarini ekstraktsiya qilishda, kiyimlarni kimyoviy tozalashda ishlatiladi. Shuningdek, ular kimyoviy birikmalarni qayta kristallab tozalashda, moddalarni xromatografiya usulida ajratishda, maʼlum muhit hosil qilish maqsadlarida ham qo’llaniladi.
Mebel sanoatida asosan uglevodorodlar, spirtlar va murakkab efirlar ishlatiladi. Uglevodorod erituvchilariga benzin, uayt-spirit (lak kerosini), skipidar, benzol va b. kiradi. Ular olovga nisbatan xavfli, suvda erimaydi, yogʻlar, moylar, ayrim smolalar, kauchuklarni yaxshi eritadi, sellyuloza efirlarini eritmaydi.

Download 41.46 Kb.
1   2   3   4   5




Download 41.46 Kb.