) Ko’p uchraydigan homiladorlik toksikozlari




Download 168 Kb.
bet4/25
Sana25.03.2017
Hajmi168 Kb.
#2199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
1) Ko’p uchraydigan homiladorlik toksikozlari: qusish, ko’ngil aynishi,so’lak oqishi.

2) Kam uchraydigan homiladorlik toksikozlari: Homiladorlik dermatozlari, homiladorlik bronxial astmalari, homiladorlik gepatozlari (homiladorlik yog`li gepatozigacha).

Ilk toksikozlarning eng ko’p uchraydigan shakli bu – qusish.

Qusish klinik holatiga, laborator ko’rsatkichlarga va uchrashiga ko’ra Z ta darajaga bo’linadi: engil, o’rtacha og`ir va og`ir daraja.

PATOGENEZI. Homiladorlikda qusish moddalar almashinuvi va elektrolitlar balansi buzilgan homilador va homila holatida degidratastiyaga olib keladi. Qusishning kelib chiqishida gormonal muhit disbalansi muhim rol o’ynaydi. Bunga esterogenlar etishmasligi, XG miqdorining yuqoriligi, kortikosteroidlar sekrestiyasining kamayishi va parasimpatik nerv sistemasi faolligining ortishi sabab bo’ladi. Ona va homilaning immunologik mos kelmasligi ham muhim ahamiyatga ega. Eng ko’p homiladorlik qusishi oshqozon - ichak yo’lida patologiyasi bo’lgan homiladorlarda uchraydi. Qusish elektrolitlar yo’qotilishiga va degidratastiyaga olib keladi. Suvsizlanish buyrak faoliyati pasayishiga sabab bo’ladi: koptokchalar filtrastiyasi tezligi kamayishi tufayli, sutkalik diurez kamayadi.

Qon plazmasida kaliy va natriy ionlari konstentrastiyasi ortadi, hujayra tashqarisidagi suyuqlik kamayadi. Ochlik rivojlanishi natijasida gipoproteinemiya yuzagakeladi.


Asosiy ozuqa manbai yog`lar hisoblanadi,organizmda glikogenning sarflanishi yog`lar parchalanishini kuchaytiradi, bu esa o’z navbatida keton tanachalari to’planishiga, lipoliz tezligi ortishigi,erkin yog` tanachalarining ko’payishiga sabab bo’ladi.

Erkin yog` kislotalari jigarda keton tanachalariga aylanishi natijasida og`ir giperlipidemiyadan to jigar yog`li infiltrastiyasigacha kuzatilishi mumkin. Ketoastidozning o’zi ham qusishga sabab bo’lib, degidratastiya va elektrolitlar balansi buzilishlarini kuchaytiradi. Qo’shimcha hujayra ichi va hujayradan tashqaridagi suyuqliklarning kamayishi to’qima va a’zolar gipoksiyasiga, mochevina konstentrastiyasi ortishiga, gematokrit ko’rsatkichi ortishiga (degidratastiya tufayli), eritrostitlar va gemoglobin miqdorlarining mos kelmasligiga sabab bo’ladi. Gemoglobin va gematokritning yuqori miqdorlari homiladorlik ilk toksikozining og`ir darajada ekanligidan darak beradi. Bu jarayonlar natijasida metabolik astidoz bilan gipokaliemiya rivojlanadi. Homiladorlikda qusish og`irlik darajasini aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlarni o’tkazish kerak:

1- qon klinik tahlillari: gematokrit ortishi, gemoglobin, eritrostitlar, SOE ortishi.

2- qon biokimiyoviy tahlillari: umumiy oqsil va uning frakstiyalari miqdori, fibrinogen,trombostitlar ko’rsatkichi, jigar fermentlarini aniqlash.

3- siydik tahlili: nisbiy zichligining ortishi,sutkalik diurezning ortishi, mochevina, kreatinin miqdorini, buyrakdagi jarayon darajasini aniqlash uchun.

4- bu hamma patologik jarayonlar EKG buzilishiga olib keladi, bu esa o’z elektrolitlar balansi buzilishi darajasini ko’rsatadi, EEG .

5- sutka davomida qayt qilishlar sonini sanash va sutkalik diurez bilan taqqoslash.

6- umumiy holatini baholash : shikoyatlari , pulsi , teri quruqligi va boshqalar. Qusishning engil darajasini davolamasa ham bo’ladi. Og`ir va o’rta og`ir darajalarini davolash shart.





Download 168 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 168 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) Ko’p uchraydigan homiladorlik toksikozlari

Download 168 Kb.