EtiologiyaSI: ilgari tuxum hujayra ekzotoksinlar manbai deb hisoblanganligi uchun toksikoz deb nomlanardi, lekin hozircha hech kim toksin topmagan. Patogenezi




Download 168 Kb.
bet7/25
Sana25.03.2017
Hajmi168 Kb.
#2199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
DAVOLASh

  • Parhez.

  • Davolovchi-himoyalovchi rejim.

  • Gipnosuggestiv terapiya, markaziy elektroanalgeziya, igna sanchish terapiyasi, refleksoterapiya.

  • Medikamentoz terapiya: M-xolinolitiklar (atropin), antigistaminlar (pipolfen, diprazin, tavegil), neyroleptiklar (galoperidol, droperidol), dofamin antagonistlari (reglan, sterukal). Infuzion moddalar (kristalloidlar, kolloidlar, glyukoza, albumin, natriy bikarbonat 4 %), metabolizmni kuchaytiruvchi moddalar (KKB, riboksin, vitaminlar).

Qayt qilishga bir qator omillarni hisobga olgan holda davo qilinadi. Bular quyidagilardan iborat:

  • Qayt qilish markazi faoliyatini normallashtirish.

  • Qayt qilish markazini ta’sirlovchi xemoresteptor zonasini blokirovka qilish.

  • Me’daning reflektor qo’zg`aluvchanligini qisman susaytirish hamda uning qisqarish faolligini oshirish.

Ilgarilari qayt qilish markazi faoliyatini susaytirishda sedativ va uyqu dorilar ishlatilgan. Hozirgi kunda qayt qilishni to’g`ridan-to’g`ri to’xtatish uchun xolinolitik, antigistamin va neyroleptik preparatlar buyuriladi.

Qusishga qarshi ishlatiladigan preparatlar qayt qilish markazi va xemoresteptor zonaning neyromediator sistemasiga, xolinolitik hamda atropinga o’xshash preparatlar (masalan, skopolamin) qusish markazining xolinergik resteptorlariga ta’sir qiladi, ammo etarli yordam bera olmaydi, bunda bir qator qo’shimcha holatlar: og`iz va tomoqning qurishi, chanqash, qo’zg`aluvchanlik, gallyustinastiya va boshqalar kuzatiladi. Qayt qilishga qarshi antigistamin preparatlardan: dimedrol, pipolfen, diprazin va boshqalar qo’llaniladi. Bu preparatlarning asosiy ta’siri sedativ xolinolitik komponentlardir.Gistaminga o’xshash ta’sir etadigan preparatlar kuniga 2 marta 1- 2 ml dan qo’llaniladi.

Neyroleptik preparatlardan fenotiazin va butirofenon ham yaxshi yordam beradi, markaziy nerv sistemasining xemoresteptor zonasiga qaratilgan. Aminazin, etaperazin, metalerazin, triftazin va boshqalar qayt qilishda yaxshi ta’sir etadi. Droperidol qayt qilishda aminazindan ko’ra ancha kuchliroq ta’sir ko’rsatadi, ammo uning nojo’ya ta’siri bo’lganligi tufayli ishlatishda juda ehtiyot bo’lish kerak. Droperidol qon bosimini pasaytirib yuborishi mumkin. Ortostatik kollaps ro’y bermasligi uchun preparat yuborilgandan keyin kamida 2- 3 soat yotish kerak. Droperidolni qo’llagandan so’ng ekstrapiramidal buzilish holatlari — titrash, mushaklarning tortishib qolishi, psixomotor buzilishlar kuzatiladi. Bunday holat ro’y berguday bo’lsa, neyroleptik preparatlar bilan birga atropindan 0,5 ml ukol qilish zarur.

Shunday qilib, bu preparatlar ta’sirida erta yuz beradigan toksikozga xos bo’lgan me’da-ichak atoniyasi ham yo’qoladi, ammo bunda sekrestiya o’zgarmaydi. Dofaminning antagonisti ko’p neyroleptiklarda qayt qilish markazining xolinoreaktiv holatiga ta’sir etmaydi. Shu sababli qayt qilishni to’xtatish uchun xolinolitik preparatlarni ular bilan birgalikda buyurish ham yaxshi yordam beradi. Neyroleptiklar va antigistamin preparatlarni birga buyurish yaxshi natija beradi. Masalan, sterukal va dimedrol yoki droperidol va pipolfenlarni buyurish ham foydali. Bular sutkasiga 1-2 ml dan, antigistamin esa 2 ml dan buyuriladi.

Me’daning reflektor qo’zg`alishini normallashtirish uchun novokain ichish buyuriladi. Bundan tashqari, adrenalin ham me’da muskullari tonusini normallashtiradi. Buning uchun 0,1% li adrenalin eritmasi 1—2 osh qoshiqdan kuniga bir mahal ichiladi. Qayt qilishga davo qilishdan maqsad uni to’xtatish bo’lib qolmasdan, balki moddalar almashinuvi va zlektrolitlar muvozanatini yaxshilashga qaratilgan bo’lishi zarur.Qayt qilish natijasida ayniqsa glikogen (turg`un bo’lmagan energiya manbai) kamayib ketadi, ketoz holati vujudga keladi.

Toksikoz vaqtida yog` kislotalarning yig`ilishi natijasida astidoz paydo bo’ladi. Siydik bilan birga ko’p miqdorda keton tanachalari ajraladi, ketonuriya holati kuzatiladi.

Yuqorida aytib o’tilgan o’zgarishlarni normaga keltirish uchun
infuzion davolash usullaridan foydalanish lozim. Bu asosan uch
yo’l bilan amalga oshiriladi: kolloid eritmalar, kristalloid
eritmalar va ovqat rastionini to’g`ri belgilash.

Kristalloid eritmalar: glyukoza, osh tuzi, kaliy xlorid, Ringer-Lokk eritmasi, natriy bikarbonat, glyukoza bilan novokain aralashmasi va boshqalardan iborat. Bu preparatlar asosan organizm qayt qilish natijasida suvsizlanganda buyuriladi.

Parenteral ovqatlantirish uchun glyukoza, aminokislotalarning konstentrlangan eritmasi, albumin, plazmadan foydalaniladi. Infuzion davo bemorning ahvoliga qarab olib boriladi. Qancha suyuqlik yuborish bemorning siydik ajratish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Sutkalik diurez 1000 ml dan kam bo’lmasligi lozim. Bemorning gematokrit ko’rsatkichi 39% dan kam bo’lmasligi kerak. Bemor qayt qilganda ko’p miqdorda kaliy tuzini yo’qotadi. Natijada gipokaliemiya vujudga keladi. Bu holat elektrolit almashinuvi muvozanatini va yurak-tomir sistemasi faoliyatini izdan chiqaradi.



Download 168 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Download 168 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



EtiologiyaSI: ilgari tuxum hujayra ekzotoksinlar manbai deb hisoblanganligi uchun toksikoz deb nomlanardi, lekin hozircha hech kim toksin topmagan. Patogenezi

Download 168 Kb.