• Dermatozlar.
  • EtiologiyaSI: ilgari tuxum hujayra ekzotoksinlar manbai deb hisoblanganligi uchun toksikoz deb nomlanardi, lekin hozircha hech kim toksin topmagan. Patogenezi




    Download 168 Kb.
    bet9/25
    Sana25.03.2017
    Hajmi168 Kb.
    #2199
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
    PATOGENEZI: estrogenlar og`iz bo’shlig`ining epiteliysiga aktiv ta’sir qiladi, so’lak ajralishini kuchaytiradi, ishtaha kamayadi, umumiy holsizlanish, labda va lab burchaklari terisida masterastiya holatlari kuzatiladi va suvsizlanish belgilari paydo bo’ladi.

    So’lak oqishiga qusishdagi kabi davo qilinadi. Ayolga sharoit yaratib berish, psixoterapiya, fizioterapiya usullaridan foydalanish lozim. Davo stastionar sharoitida olib boriladi. Bu erda bemorga tinchlantiruvchi, asab sistemasini tartibga soluvchi dorilar (sedativ), vitaminlar, glyukoza va boshqalar buyuriladi. Og`izni marmarak, moychechak, mentol eritmasi bilan chayish ham yordam berishi mumkin. Agap so’lak ko’p oqsa, atropindan 0,0005 grammdan kuniga 2 marta berish mumkin. Lab, lunj sohalari bichilganda vazelin, Lassar pastasi surtish lozim. Odatda muolajalardan so’ng so’lak oqishi kamayib, ayolda homiladorlik normal davom etadi.

    HOMILADORLIKDA KAM UChRAYDIGAN TOKSIKOZLAR

    Tetaniya (tetania gravidarum). Bo’qoq bezi faoliyati buzilishi natijasida kalstiy almashinuvi izdan chiqadi va ayolda tetaniyaga moyillik tug`iladi. Ba’zi olimlarning aytishicha, bo’qoq bezi faoliyatining ilgarigi etishmovchiligi homiladorlikda yaqqol namoyon bo’ladi.

    Kasallikda qo’l muskullari («akusher qo’li»), oyoq («balerina oyog`i»), ba’zan yuz, tana, hiqildoq muskullarining tirishishi kuzatiladi. Homiladorlik tugashi bilan bu holatlar yo’qoladi. Davolashda kalstiy preparatlari, paratireoidin, vitamin D2 ishlatiladi.

    Toksikoz og`ir kechganda homiladorlikni muddatidan ilgari to’xtatish lozim bo’ladi.

    Dermatozlar. Homiladorlikdagi dermatozlar teri kasalliklari hisoblanib, asosan homiladorlik davrida paydo bo’ladi, homiladorlik tugagandan keyin o’z-o’zidan yo’qolib ketadi. Dermatozlar odatda qichishish bilan kechadi, ba’zan ekzema, eshakem, eritema, uchuq kabilar toshadi.Dermatozning ko’proq uchraydigan turi (pruritus gravidarum) homiladorlikning birinchi oylarida yoki oxirida paydo bo’lishi mumkin. Odatda u jinsiy a’zolar sohasiga yoki butun tanaga tarqaladi. Dermatozga diagnoz qo’yish unchalik murakkab emas. Ammo albatta qon kasalliklari, gijja, ovqat moddalari va doriga allergiya bo’lgan hollarda ehtiyot bo’lib davolash lozim. Davo asosan asab sistemasini tinchlantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Bundan tashqari, organizmning qarshilik ko’rsatish kuchini yaxshilash, buning uchun diprazin (pipolfen), dimedrol, kalstiy xlor, vitaminlar va ultrabinafsha nurlar yaxshi yordam beradi.

    Ekzema (eczema gravidarurn). Bu ham homiladorliqda uchrab turadi va iz qoldirmay tuzalib ketadi, ammo keyingi homiladorlikda yana qaytalashi mumkin. Ekzemaning ko’krak bezi, qorin, son, qo’l terilarida bo’lishi kuzatiladi.Davo choralari asosan, dermatologlar bilan birgalikda olib boriladi. Ko’pincha natriy brom, kofein, kalstiy xlorid va boshqa desensibillovchi moddalardan foydalanish yaxshi natija berishi mumkin.

    Homiladorlikdagi kam uchraydigan toksikozlarga uchuq ko’rinishidagi (herpes simplex, herpes zoster) kasalliklar kirib, kamdan-kam hollarda impetigo (impetigo herpetifornus) hodisasi kuzatilishi mumkin.

    Ba’zan homiladorlarda tez o’tib ketadigan eshakem, eritema kuzatiladi.

    Homiladorlikda uchraydigan jigarning o’tkir sariq distrofiyasi. Bu kasallik juda kam uchrab, ayolning hayoti uchun juda katta xavf tug`diradi. Bunday patologiyaning kelib chiqishi hali aniq emas. Bunda kasallik tobora avj olib, jigar faoliyati susaya boradi. Bundan tashqari, qon tomirlarda qon tiqilib qoladi, gemorragik belgilar kuzatiladi, oliguriya (hatto anuriya), shish paydo bo’ladi, oqsil kamayib ketadi. Bemor qayt qiladi, tirishadi, ba’zan koma ro’y berib, kasallik o’lim bilan tugashi mumkin.



    Davolash. Darhol homiladorlikni to’xtatish, intoksikastiyaga qarshi preparatlar: gemodez, glyukoza, oqsilli va lipotrop va xoliretik (strolesim) preparatlardan foydalanish lozim bo’ladi.



    Download 168 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




    Download 168 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    EtiologiyaSI: ilgari tuxum hujayra ekzotoksinlar manbai deb hisoblanganligi uchun toksikoz deb nomlanardi, lekin hozircha hech kim toksin topmagan. Patogenezi

    Download 168 Kb.