Gipokaliemiyaning klinik belgilari




Download 168 Kb.
bet8/25
Sana25.03.2017
Hajmi168 Kb.
#2199
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Gipokaliemiyaning klinik belgilari: taxikardiya, qo’shimcha paroksizm, yurak sohasida og`riq paydo bo’lishi, yurakning tez-tez urishi, «yurakning titrashi», EKG da taxikardiya, aritmiya, miokardda ishemiya belgilari kuzatiladi.

Gipokaliemiyani davolash uchun kaliy xlorid eritmasi, panangindan 250-300 ml fiziologik eritmaga aralashtirib yuboriladi.«Disol» preparati ham gipokaliemiyani davolashga yordam beradi, uni 400—800 ml dan kasallik alomatlari yo’qolguncha tomchilatib venaga yuboriladi. Erta toksikozlarni davolash asosan organizmdagi barcha o’zgarishlarni normallashtirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Vitamin preparatlaridan ham to’g`ri foydalanish zarur. Buning uchun ayniqsa, bosh miya hujayralari faoliyatini yaxshilovchi moddalar zarur, ular qon orqali hujayralarga etib boradi. Bunda glyukozaning ahamiyati katta. Vitaminlardan V, S ham juda zarur.

Bemorga kokarnit 1 ampula (3ml) dan 1% 1ml lidakain bilan birga m/o ga har kuni 6-12 kun davomida yaxshi yordam beradi.Kokarboksilaza 100 mg, 0,5% li lipoid kislotadan 4,0 ml, 20% li kalstiy pantotenatdan 2,0 ml, 5% li askorbin kislotasi 6-8 ml tepi ostiga yuboriladi.

Essenstial preparatdan 7—10 kun 10 ml dan ukol qilingandan keyin, bemorga ikkinchi turdagi kompleks preparatlar: piridoksilfosfat 0,02 dan 3 mahal, folat kislotasi 0,001 dan kuniga 3 mahal, metionin 1 tabletkadan 3 mahal ichishga buyuriladi. Doprokin (domperidon) 10 mg 2 tabletkadan kuniga 3-4 marta va kechasiga 3 – 5 kun, keyin 1tabl. dan 3-4 mahal kuniga tayinlanadi.

Ovqat xillarini buyurishda organizmning ketoastidoz holatiga ahamiyat berish lozim, buning uchun ovqatda uglevodlar, oqsil hamda yog` miqdori etarli darajada bo’lishi lozim. Erta paydo bo’ladigan toksikozlarni davolashda bemorga tayinlanadigan ovqat tarkibi toksikozni paydo qilgan omillarga qarshi qaratilgan bo’lmog`i zarur.Ovqat juda issiq bo’lmasligi, me’dani kimyoviy va reflektor jihatdan ta’sirlamasligi zarur. Ayol sutkasiga 6—8 marta oz-ozdan iliq holdagi ovqatni o’rinda yotgan holda iste’mol qilishi kerak. Unga qovurilgan, marinadlangan ovqatlar, piyoz, sarimsoq, garmdori, konditer mahsulotlar, moy (sariyog`dan tashqari) tavsiya etilmaydi. Bemorga qaynatilgan, bug`da pishirilgan ovqatlar, turli bo’tqalar, shirin tvorog, bug`da pishirilgai go’sht, kartoshka pyure berish mumkin. Asal, ilitilgan tuxum, qotirilgan non bersa ham bo’ladi. Mineral suvlarni gazini chiqarib ichish lozim. Yuqorida aytib o’tilgan ovqatlar engil turdagi toksikozda buyuriladi. Qayt qilish kamaygandan 7 kun o’tgach ayol asta-sekin ovqatlar xilini o’zgartirishi mumkin. O’rtacha va og`ir turdagi toksikoz bilan ayol stastionarga yotqiziladi. Asosan parenteral yo’l bilan ovqatlantirish, glyukoza, elektrolitlar, oqsil moddalari, intoksikastiyaga qarshi preparatlar, qon o’rnini bosadigan preparatlardan buyuriladi. Asta-sekin suyuqlik miqdori oshiriladi. Ovqat bemorning ahvoliga qarab belgilanadi. Qayt qilish to’xtagandan keyin ham 10 kungacha shu xilda davolashni davom ettirish kerak bo’ladi.Bemorning umumiy ahvoli yaxshilangani qayt qilmayotganligi, vaznining ortib borishiga qarab aniqlanadi. Davo natijasi kasallik varaqasiga yozib boriladi.

Quyidagi holatlar homiladorlikni to’xtatishga ko’rsatma bo’ladi:

Umumiy holatning og`irligi.

yaqin 6-12 soat ichida davolash samara bermasa.

Adinamiya, umumiy holsizlikning kuchayishi, eyforiya.

Taxikardiya, 1 minutda 120 gacha.

Gipotenziya 80 mm sm ust.

Teri sarg`ayishi.

O’ng qovurga ostidagi og`riqlar.

Diurezning kamayishi sutkada 300-400 ml.

Giperbilirubinemiya 100 mkmol\l, qoldiq azot, mochevina miqdori ko’payishi.

Kompleks davo samaradorligi 1-3 sutka davomida yo’qligi.

So’lak oqishi . So’lak oqishi gestozning og`ir turida ko’proq uchraydi. Bir kecha-kunduzda bir litrcha so’lak oqishi mumkin. So’lakning doimiy ravishda oz-ozdan oqib turishi bemorning tinkasini quritadi, ammo uning umumiy ahvoliga unchalik ta’sir qilmaydi. Arap so’lak ko’p oqsa, lab bichilishi mumkin, bunda bemorning ishtahasi pasayadi, umumiy ahvoli og`irlashadi, ozib ketadi, uyqusi buziladi.



Download 168 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Download 168 Kb.