Tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarning tahlili




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/57
Sana05.05.2023
Hajmi5.5 Mb.
#56882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57
Bog'liq
TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA
1-ma\'ruza , Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2), Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 5152-Article Text-9980-1-10-20230304, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish, 3-mavzu
 
2.2. Tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarning tahlili 
Tarixiy manbalarga qaraganda drenajlardan foydalanish uch bosqichda
amalga oshirilgan. Birinchi bosqichda toshli va trubali drenajlar qo„llanilgan. 
Ma‟lumki XVI asrning o„rtalarida drenajlardan foydalanish bir oz chetlab o„tildi, 
ya‟ni foydalanilmay qo„yildi. 1650-yillardan boshlab Angliyada yana drenajlarning 
yog„och, tosh (gravir) kabi materiallardan foydalangan holda qo„llanila boshlandi. 


18 
Keyinchalik Shotlandiyada, Germaniyada drenajlar qurilishida turli materiallardan 
foydalanila boshlandi. Shuningdek gonchar trubali drenajlardan keng foydalanish 
amalga oshirila boshlandi. 1840-yillarga kelib Angliyada gonchar drenaj kashf 
etilib, keyingi paytlarda Yevropa bo„ylab keng tarqaldi.
Oxirgi yuz yildan ortiq davrda drenaj hosil qilish jarayonida trubalarni 
yotqizish qo„lda bajarilib kelingan. Drenajlarning parametrlari empirik yo„l bilan, 
ya‟ni agromeliorativ dala tajribalari va tuproqlarni o„rganish yordamida aniqlanib 
borilgan. O„z navbatida birinchilardan bo„lib, Germaniyaning meliorativ qurilishi 
bo„yicha qo„mitasi, 1978-yildan boshlab suv xo„jaligi va meliorativ qurilish 
birlashmasi shug„ullangan. 1940-yillarda Niderlandiya va AQSHda nemis va 
shveysariya tadqiqotchilari tomonidan tuproqni quritish bo„yicha fizik-matematik 
nazariyaga asos solindi. Keyinchalik drenaj bo„yicha namni gidravlik nazariy 
harakati keng tarqaldi. 
Meliorativ ishlarning to„liq mexanizatsiyalashtirilishi meliorativ mashina-
larni maqbul hisoblanishiga asoslanadi va bu kam mehnat sarflab, yuqori ish sifati 
va unumini ta‟minlaydi. Meliorativ ishlarni bajarish uchun maxsus meliorativ va 
qishloq xo„jalik mashinalaridan foydalaniladi.
O„zbekiston qishloq xo„jaligidagi eng muhim agromeliorativ tadbirlardan 
biri tuproqlarning haydalma qatlam ostida tuynukli drenaj hosil qilishdir. Yer osti 
sizot suvlarini drenaj-quvurlarga, ochiq zovurlarga perpendikulyar yo„nalishda
yo„naltirish uchun ishlatiladigan ishchi organlar turkumiga kiruvchi meliorativ 
mashinalarni o„rganib chiqishni taqazo etadi: tuynukli drenaj hosil qiluvchi 
maxsus ishchi organ yordamida tuproq qatlamining 0,6-0,8 m chuqurligida silindr 
ko„rinishidagi bo„shliqlar hosil qilish. Mashina ish organining shakliga qarab 
tuynukli drenajlar dumaloq (ko„rsichqon inisimon) va yassi (tirqishlar) ko„rinishida 
bo„ladi. Dumaloq tuynuklar hosil qiladigan mashinalar tuynukli drenaj mashinalari 
yoki tuynuk qazgichlar deb ataladi. Tuynukli drenajlar haydalma qatlam ostida
suvlarini kamaytirish va ularni aeratsiya qilish, bu qatlamlarning namligini rostlab 
turish, tuproqning issiqlik va oziq rejimlarini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Yer 
maydonlarining yuzasi notekis bo„lsa, suv to„planib qolmasligi uchun drenajlar 


19 
0,002 gacha qiyalatib yotqiziladi. Tuynukli drenaj hosil qilish ochiq tarmoq yoki 
drenaj bilan birgalikda kanallar bilan drenajlar oralig„ini uzaytirishga imkon 
beradi. Natijada zax qochirish tarmog„iga sarflanadigan xarajatlar kamayadi.
Tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarning ayrim turlari bilan tanishib 
o„tamiz. DKG-100 tuynuk ochuvchi–drenaj mashinasi, torf va mineral gruntlarda 
drenaj yotqizish uchun mo„ljallangan bo„lib, tuproqning suv-havo rejimini 
yaxshilash uchun xizmat qiladi. S-100B yoki S-100GS traktoriga agregatlanib 
tuynuk ochuvchi–drenaj mashinalari sifatida ishlatiladi. DKG-100 tuynuk 
ochuvchi drenaj mashinalar P-simon shakldagi ramaning shveller prokatidan 
payvandlash orqali tayyorlangan qurilma quyidagi qismlardan iborat. Mashinada 
ikkita almashtiriluvchi po„latdan tayyorlangan og„ir pichoq ko„rinishidagi ish 
organlar mavjud. Bulardan biri torf gruntlarda drenaj ochish uchun, ikkinchisi-
mineralli yerlarda qo„llash uchun mo„ljallangan. Pichoqning yuqori qismi 
ko„ndalang o„qqa olib kelingan, shuningdek ular sharnir yordamida mashina 
ramasining kronshteyniga mahkamlangan. Pichoqning yuqori suyanchiq qismida 
shtok bilan ikkita gidrotsilindrga ulovchi moslama mavjud. Pichoqning ostki 
qismida quloqchaga po„lat arqon yordamida drenaj ochuvchi moslama o„rnatiladi. 
To„rtta pichoq bilan almashtiriluvchi ish organ tuproq ostida tuynukli drenaj hosil 
qilish uchun mashinaning P-shakldagi ramasiga o„rnatiladi. Ishchi organlar traktor 
kabinasidan turib gidrotsilindrlar yordamida boshqariladi. Gruntni kesib ishlash 
jarayonida egatning qiyaligi avtomatik tarzda gidrotsilindrda hosil bo„ladigan 
kuchlar ta‟sirida rostlanadi. Gidrotsilindrdagi bosim sarfi qo„l bilan boshqargich 
yordamida holatni o„zgartirish orqali rastlanadi. Bu texnikani namlik yuqori 
bo„lgan yerlar sharoitida qo„llash tavsiya etilgan.
Shuningdek tuynuk qaziydigan D-657 qurilma mineral tuproq (grunt)larda 
0,7 m gacha torfli tuproqlarda 0,7-1,5 m chuqurlikda tuynukli drenajlar yotkizish 
uchun mo„ljallangan. DT-75B traktoriga uch nuqtali sxemaga asosan agregatla-
nadi. O„rnatma, almashma ish organi (pichoq va drenyor), chuqurlik ko„rsatkich, 
tortish zanjiri, gidrosistema va qurilmani transport holatida qotirish (bog„lash) 
qurilmasidan tashkil topgan.


20 
Ishchi organi pichoq, diametri 200 mm li tuynuk hosil qilgich va tortish 
zanjiridan tashkil topgan. Mineral gruntlarda (toshsiz) drenaj yotqizish uchun 80 
va 100 mm diametrli tuynuk hosil qilgich ishlatiladi. Pichoq tuproqni vertikal 
tekislikda drenajning bo„ylama o„qi bo„yicha kesish uchun qo„llaniladi. Uning 
uzunligi 2500 mm, qalinligi 20 mm bo„lgan V-simon po„lat plastinadan tayyorlan-
gan. Pichoqni mustahkam qilish uchun uning yuqori qismiga ikkala tomonidan 
po„lat metaldan tayyorlangan 10 mm qalinlikdagi ustquymalar parchin mixlar bilan 
mahkamlangan. Pichoqning old tomoni ikki tomonidan 25

burchak ostida 
charxlangan, uning ustquymasi esa faqat tashqi tomondan charxlangan. Pichoqning 
pastki qismiga parchin mixlar yordamida yo„naltiruvchi konus mahkamlangan, u 
tuynukni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ushbu konusning quloqchalariga 
sharnir barmoqlar zanjir orqali mahkamlangan bo„lib, uning bir uchi drenyorga 
biriktirilgan. Chuqurlik ko„rsatkich esa drenaning yotqizilishini nazorat qilish 
uchun ishlatiladi. 
MD-5 tayanchli MD-4 drena yotkizgich ko„pi bilan 0,4 m diametrli toshlari 
bo„lgan va diametri 10 sm dan oshmaydigan shox-shabbalar ko„milib yotgan I-II 
toifalardagi gruntlarda 1,8 m gacha chuqurlikda tuynuklar ochish hamda ayni 
chog„da plastmassadan yasalgan drenaj trubalarini yotqizib ketish uchun 
mo„ljallangan. Drenaj yotkizgich tekislangan maydonlarda tuproq ostida sifatli 
qilib yotkizilishini ta‟minlaydi. Bunda mahalliy notekisliklarning balandligi 
(chuqurligi) 5 m uzunlikda 0,2 m dan, dalaning ko„ndalang qiyaligi esa 3

dan 
oshmasligi lozim. MD-4 drena yotqizgichi traktor bazasi, o„rnatma jihoz, 
gidrosistema va boshqarish sistemasidan iborat. Drenaj yotqizgichning bazasi kuch 
va harakatlantirish agregatlaridan iborat bo„lib, ular T-130.1.G-1 traktori, zanjir 
aravachalari, zanjirlar reduktori, zanjir lentalari va balansirlardan tashkil topgan. U 
gruntda chuqurlikda va qiyalikda tirqish ochishga hamda shu tirqishga 
plastmassadan ishlangan drenaj trubasini yotqizishga mo„ljallangan.
KN-1200 osma tuynuk qazgich. Tuynuk qazgich (Krot – ko„rsichqon 
inisimon tuynuk). Insimon tuynuk qurishga moslashtirilgan. Bu moslama 
yordamida torf va botqoqli mineral gruntlarni quritishda ishlatiladi. DT-75A 


21 
traktoriga agregatladi, botqoqliklarda ham harakatlanishi mumkin. Shvellerdan 
payvandlangan rama, KN-700 tuynuk hosil qiluvchi ramasi bilan takomillash-
tirilgan. Rama traktorning (pastki tortma osmasiga) osma qismiga mahkamlangan. 
Chiqaruvchi gidrotsilindrlar o„zining asosi bilan tuynuk hosil qiluvchi qo„zg„almas 
tayanch ramasining yuqori qismiga va kronshteyn osmasiga shtok orqali 
mahkamlanadi. Ishchi organ silliq pichoqdan quyma va yo„nish orqali 45 mm 
diametrli, unga sharnir orqali biriktirilgan almashtiriluvchi kengaytirgich va 
tuynukni shakllantirish uchun mo„ljallangan silindrdan tashkil topgan. Pichoq 
ikkita quloq bilan sharnir yordamida ramaga tuynuk hosil qiluvchi qismini 
mahkamlaydi. Bu pichoqni (traktorning harakat yo„nalishi o„zgarganda) 10

burchakka chap yoki o„nga sharnir orqali buralishini ta‟minlaydi. Pichoq keskich 
ish vaqtida manfiy burchakda joylashib 125

ga teng bo„lib, (traktorning 
harakatlanish tekisligiga nisbatan) shu orqali tuproqda ishqalanib kesishni 
ta‟minlaydi. Tuynuk qazuvchi moslamaning qiyaligi ko„z orqali kuzatish bilan 
traktor kabinasidan rostlanadi. Maxsus kuzatuv moslamadan foydalanib, tuynuk 
hosil qiluvchining ramasiga mustahkam ulanadi va ikkita kuzatuv moslamasi bilan 
kollektor kanali orqali mahkamlanib, tuynukning boshlanishi hosil qilinadi. Shu 
bilan asosiy gidrotsilindr orqali pichoqning chuqurligi o„zgartiriladi va 
harakatlanuvchi yuza bo„ylab har doim holatdan chiqaruvchiga nisbatan rostlab 
boriladi.
T.X.Pazova tomonidan ilmiy asoslanib Kabardino-Balkar respublikasi 
sharoiti uchun mo‟ljallangan tuproq eroziyasiga qarshi kurash agregatini ishlash 
jarayonining sxematik ko„rinishi (2.1-rasm) va tajriba jarayoni (2.2-rasm) 
keltirilgan bo„lib, bu jarayonda tuproq eroziyasiga qarshi kurash agregati tuproqni 
kesish bilan birgalikda tuynukli drenaj hosil qiladi.
Agregat quyidagi tuzilishga ega, 1 pichoq, tortqich arqon 2 va almash-
tiriluvchi drenyor 3 dan tashkil topgan bo„lib, nazariy tadqiqotlar jarayonida uning 
ish organiga quyidagi kuchlar ta‟sir etishi va tortishga qarshiligi quyidagi formula 
yordamida aniqlangan [5; 11-25-b.]: 

Download 5.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   57




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarning tahlili

Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish