F. O‟. Jo‟rayev, Y. J. Rajabov tuynukli drenaj hosil qiluvchi mashinalar o‟quv qo‟llanma




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/57
Sana05.05.2023
Hajmi5.5 Mb.
#56882
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA
1-ma\'ruza , Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2), Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 5152-Article Text-9980-1-10-20230304, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish, 3-mavzu
Taqrizchilar:
N.S.Bibutov – Buxoro Muxandisliл Texnologiya instituti “Mexanika asoslari va
YUTT” kafedrasi dotsenti, t.f.n. 
I.S.Hasanov - TIQXMMI Buxoro filiali “Qishloq xo‟jaligini mexanizatsilash”
fakulteti dekani, t.f.n., dotsent.



KIRISH  
Jahonda 
sho„rlangan tuproqlar meliorativ holatini yaxshilashning 
resurstejamkor texnologiyasi va texnika vositalarini ishlab chiqarish etakchi o„rinni 
egallamoqda. 
«Dunyo miqyosida qishloq xo„jaligi ekinlari ekiladigan 
maydonlarning 44-46 foizi turli darajada sho„rlanganligini hisobga olsak», 
sho„rlangan va sizot suvlari yaqin joylashgan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilashda qo„llaniladigan, sho„rlangan yerlarda tuynukli drenaj hosil qiladigan 
texnik vositalarni ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanmoqda. Shu jihatdan, 
sho„rlangan yerlarda kuzgi sho‟r yuvishdan oldin tuynukli drenaj hosil qiladigan 
mashinalarni qo‟llash va agregatlarni ishlab chiqishga katta e‟tibor qaratilmoqda. 
Sho„rlangan yerlar haydalma qatlami ostida tuynukli drenaj hosil qilishning 
resurstejamkor texnologiyalari va ularni amalga oshiradigan texnika vositalarining 
yangi ilmiy-texnikaviy asoslarini ishlab chiqishga yo„naltirilgan ilmiy-tadqiqot 
ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo„nalishda, jumladan, sho„rlangan tuproqlar 
haydalma qatlami ostida tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarning konstruktiv 
sxemasini ishlab chiqish va texnologik jarayonlarini asoslash, sho„rlangan 
tuproqlar haydalma qatlami ostida tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarning 
ishchi qismlari ish jarayonida resurstejamkorlikni ta‟minlashi muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Shu bilan birga meliorativ holati yomon, sho„rlangan yerlarning 
sizot suvlarini qochirish uchun tuynukli drenaj hosil qiladigan qurilmalarni ishlab 
chiqish zarur hisoblanmoqda. 
Respublikamiz qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishida energiya sarfini 
kamaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo„jalik ekinlarini 
ilg„or texnologiyalar asosida etishtirish va yuqori unumli meliorativ mashinalar 
ishlab chiqish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2017-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo„yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan, «...2030 yilga qadar yalpi ichki 
mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko„paytirish, ...2017-2020 yillarga 
mo„ljallangan ekin maydonlarini optimallashtirish, yer va suv resurslaridan oqilona 
foydalanish, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni joriy etish» vazifalari 



belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, tuynukli drenaj 
hosil qiladigan qurilmalar yordamida, sho„rlangan yerlarga ishlov berish va sho„r 
yuvish samaradorligini oshirish muhim masalalardan hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 
PF-4947-son «O„zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo„yicha 
Harakatlar strategiyasi to„g„risida»gi Farmoni va 2016 yil 23 dekabrdagi 
PQ-2694-son «2016-2020 yillar davrida qishloq xo„jaligini yanada isloh qilish va 
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi, 2017 yil 7 iyuldagi PQ-3117-son 
«Qishloq xo„jaligi mashinasozligi sohasida ilmiy-texnikaviy bazani yanada 
rivojlantirish chora tadbirlari to„g„risida»gi Qarorlari [1] hamda mazkur faoliyatga 
tegishli boshqa me‟yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga 
oshirishga ushbu olib borilgan tadqiqotlari muayyan darajada xizmat qiladi.
Tuynukli drenaj hosil qiluvchi mashinalar (Yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilashda qo‟llaniladigan mashinalar) nomli ushbu o‟quv qo‟llanma lotin 
yozuvida, ta‟lim jarayonida foydalanish uchun qo‟llanmaga kiritilgan ko‟plab 
xorijiy qurilmalar, patent izlanishlarning loyihalari, meliorativ mashinalar va bu 
yo‟nalishda ishlagan qator olimlarning faoliyati hamda muallifning uzoq yillar 
davomida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari ham o‟rin olgan holda 
nashrga tayyorlangan va kamchiliklardan holi deb hisoblamaymiz.
Shu sababli ushbu o‟quv qo‟llanmaning kamchiliklarni tuzatish va uni 
takomillashtirish yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalarni mualliflar 
mamnuniyat bilan qabul qiladi, fikr bildirgan o‟quvchi va shu soha mutaxassis-
lariga oldindan minnatdorchilik bildiramiz.




Download 5.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. O‟. Jo‟rayev, Y. J. Rajabov tuynukli drenaj hosil qiluvchi mashinalar o‟quv qo‟llanma

Download 5.5 Mb.
Pdf ko'rish